3-ma’ruza: qurilish qorishmalari. Me’yoriy hujjatlar. Qo‘llanilishi bo‘yicha qorishmalar turi


Download 131 Kb.
bet1/7
Sana11.10.2023
Hajmi131 Kb.
#1697356
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-QQT (3)


3-MA’RUZA: QURILISH QORISHMALARI. ME’YORIY HUJJATLAR. QO‘LLANILISHI BO‘YICHA QORISHMALAR TURI.
Ushbu bandda qurilish qorishmalari uchun ishlatiladigan xomashyo materiallar tavsifi va me'yoriy hujjatlar keltirilgan. Ishlatilgan xomashyo materiallar quyidagi usullar yordamida tadqiq etiladi:

  • kul va mis eritish toshqolining xossalari GOST 10538.0-72, GOST 25818- 91 talabi bo‘yicha aniqlanadi;

    • dispers materiallarning solishtirma yuzasi PSX-4 uskunasida havo o‘tkazuvchanlik usuli bilan aniqlanadi;

    • inert to‘ldiruvchilar-daryo yoki tog‘ jinslarini maydalashda olinadigan qumning xossalari GOST 8736-2014. «Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar» bo‘yicha aniqlanadi;

  • portlandsement GOST 10178-85 «Portlandsement va shlakoportlandsement. Texnik shartlar» va GOST 310.1-76, 310.3-76, 310.4-76 «Sementlar. Tadqiq etish usullari» talablarida keltirilgan usullar yordamida tadqiq etiladi;

  • qorishmalarning harakatchanligi GOST 5802-96. «Qurilish qorishmalari. Sinash usullari» orqali aniqlanadi. Mayda donadorli to‘lg‘azuvchi qorishmalarning harakatchanligini aniqlash uchun massasi 300 g, konus balandligi 145 mm, asos diametri 75 mm va yuqori burchagi 300 teng bo‘lgan strandart metall konusidan foydalaniladi.

Qotgan qorishmalarning xossalarini sinash ishlari o‘lchami 7,07x7,07x7,07 sm bo‘lgan kub namunalar va o‘lchami 4,0x4,0x16,0 sm bo‘lgan to‘sincha namunalarda bajariladi. Qorishma qoliplarga zichlanmasdan quyiladi. Tajriba namunalarning qotish jarayoni 20 0C haroratda, nisbiy namligi 95 % bo‘lgan gidravlik yopqichli vannada 7, 28, 60, 90 va 180 sutka davomida amalga oshiriladi. Namunalar sinov ishlaridan oldin ko‘zdan kechiriladi, chiziqli o‘lchamlari o‘lchanadi, tarozida tortiladi va ularning zichligi aniqlanadi.
Qorishma asosida tayyorlangan namunalardan uchtadan olinib, ularning egilishga bo‘lgan mustahkamligi MII-100 asbobida, qolgan oltita yarimtalik namunalarning siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 10 tonnalik PSU-10 gidravlik pressida sinab aniqlanadi va o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi.
Qumli qorishma sement, qum, suv va turli xil qo‘shimchalar asosida qorishtirib tayyorlanadi. Qurilish qorishmalari suvoqchilikda, tosh, g‘isht, bloklar va boshqalardan devorlar qurishda, devorbop bloklar, plitalar tayyorlashda keng ishlatiladi. Bunda to‘ldiruvchilar yirikligi 5 mm dan ortmasligi lozim bo‘ladi.
Qurilishda zichligiga ko‘ra oddiy-zichligi 1500 kg/m3 dan katta va yengil - zichligi 1500 kg/m3 dan kichik bo‘lgan qurilish qorishmalari ishlab chiqariladi. Oddiy qorishmalar uchun to‘ldiruvchi chifatida zichligi (1500 kg/m3) dan katta bo‘lgan daryo toshlaridan maydalab olingan qumlar, yengil qorishmalar uchun g‘ovak to‘ldiruvchi qumi (keramzit, agloporit) qo‘llaniladi.
Qorishmalarning plastikligini oshirishda plastifikator qo‘shimchalarning ahamiyati katta bo‘lib, g‘rvak asosga (g‘isht, yengil beton) yupqa qorishma bilan g‘isht terganda yoki suvoq qilganda u o‘zidagi suvni saqlagan holda qotishini ta'minlamasa asos suvni tezda o‘ziga singdiradi va qorishmaning mustahkamligi keskin kamayadi. Qorishmaning suv plastikligini ta'minlashda noorganik va organik qo‘shimchalar ishlatiladi. Suv va namni o‘zida saqlab turadigan qo‘shimchalar (ohak, kul, gil, diatomit, tuyilgan toshqol va boshqa) qorishmaning plastikligini oshiradi. Bunday qo‘shimchalar organik aralashmalar, qotgan qorishma yuzasida oq dog‘lar hosil qiluvchi tez eruvchan tuzlar bo‘lmasligi kerak. Gil qorishmaga suvli quyqa holatida qo‘shiladi.
Qurilish qorishmalariga sirti faol plastiklovchi va havoni o‘ziga singdiruvchi organik qo‘shimchlardan Poliplast SP-1, Poliplast SP-1 VP, Poliplast SP 2 VU, Poliplast SP-3, LINAMIKS P-120, Poliplast Retard, Relamiks, Poliplast-R supperplastifikatorlar qo‘shiladi. Bunday qo‘shimchalarning afzalligi, ular qurilish qorishmasining harauatchanligini, mustahkamligini va sovuqqa chidamliligini oshiradi, suvshimuvchanligi va kirishishini kamaytiradi, sement sarfini tejaydi.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling