3-ma’ruza: qurilish qorishmalari. Me’yoriy hujjatlar. Qo‘llanilishi bo‘yicha qorishmalar turi
G‘isht-tosh terishda va montaj qorishmalarining tarkibi (hajm bo‘yicha)
Download 131 Kb.
|
3-QQT (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- PARDOZLASH QORISHMALARI
G‘isht-tosh terishda va montaj qorishmalarining tarkibi (hajm bo‘yicha)
Quruq issiq iqlim sharoitida qorishmaning suvsizlanmasligini ta‘minlash zarur. Zavodda tayyorlangan qorishma tashilayotganda va qurilish maydonida vaqtincha saqlanganda suvning bug‘lanishini oldini oladigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, qorishmani yopiq idishda saqlash, to‘kma holatda bo‘lsa o‘rama materiallar bilan berkitish va sh.k. usullardir. Qorishma material ustiga yoyilganda tezda qurib qolmasligi uchun ularni namlash tavsiya etiladi. Qish mavsumida g‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari isitilgan holda ishlatilishi tavsiya etiladi. Bunda tayyorlangan qorishma yoki qorishma komponentlari (suv, sement va qum yoki qum) bug‘ yoki elektrotenlar yordamida 60-80 0C haroratgacha isitiladi. Yirik uysozlik panellarni montaj qilishda sement- qum pastasi (1:1 nisbatda portlandsement va qum) ishlatiladi. Sement-qum pastasi 28 sutkada 400 marka mustahkamlikka yerishadi.Qorishmalar va pastaning muzlash haroratini pasaytirish uchun tarkibiga kalstiy xlorid, natriy xlorid, natriy nitrati kabi tuzlarning 5% suvdagi eritmasi ishlatiladi. PARDOZLASH QORISHMALARI Pardozlash qorishmalari sementlar, ohak, gips, sement-ohak, ohak-gips, gipssementpuststolan va boshqa bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi. Pardozlash qorishmalari ikki asosiy turga: odatdagi suvoq qorishmalari va manzarali qorishmalarga bo‘linadi. Ishlatilish sohasiga ko‘ra suvoq qorishmalari tashqi suvoq va ichki suvoq qorishmalariga bo‘linadi. G‘isht-tosh va beton asosida qurilgan bino va inshootlarni tashqi tomondan suvash uchun sementli, sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Quruq issiq iqlim sharoitida yog‘och yuzalarni suvashda ohak-gipsli qorishmalar ishlatilishi mumkin. Doimo nam va suv ta‘sir etadigan binolarning stokol, karniz va boshqa qismlarida tarkibiga gidrofob moddalar qo‘shilgan sementli va sement-ohakli qorishmalar ishlatish maqsadga muvofiqdir. Xonalar havosining nisbiy namligi 60% gacha bo‘lganda binolar ichki devorlari va qavatlararo yopmalarni suvash uchun ohakli, gipsli, ohak-gipsli va sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Suvoq qorishmalarining harakatchanligi standart konusning cho‘kishi chuqurligi bilan aniqlanadi. Mexanizastiyalashtirilgan usulda suvashda ichki qatlam uchun qorishma harakatchanligi 6-10 sm ni, qo‘l bilan suvashda esa 8-12 sm tashkil etadi. Bunda qumning eng yirik donasi 2,5 mm oshmasligi kerak. Pardozlash qatlamining harakatchanligi 8-12 sm bo‘lishi kyerak. Bu qorishmalarda qumning eng yirik donasi 1,25 mm bo‘ladi. Manzarali qorishmalar olishda bog‘lovchi sifatida oq, rangli va oddiy portlandsementlar, binolarning ichki devorlari uchun esa ohak va gips ishlatiladi. Manzarali qorishmalar tayyorlashda mayda to‘ldirgich sifatida toza kvars qumlari, granit, marmar, ohaktosh, xarsangtosh va boshqa oq va rangli tog‘ jinslarini maydalab olingan qum ishlatiladi. Manzarali qorishma tarkibiga bezash faolligini oshirish maqsadida ozgina miqdorda slyuda, vermikulit, pyerlit, shisha maydasi kiritiladi. Ichki bezakda pardoz qatlamiga dekorativ ko‘rinish berish uchun rangli polimer donachalar ham qo‘shilishi mumkin. Manzarali qorishmalarga rang berish uchun ishqor muxitiga chidamli va quyosh nuriga bardoshli tabiiy va sun‘iy pigmentlar (lazur, ultramarin,oxra,temirli surik, mo‘miyo va boshq.) ishlatiladi. Temirbeton panellarni pardozlash uchun kamida 150 markali, yengil betonlardan tayyorlangan panellarni pardozlash hamda binolarning fasadlarni suvash uchun 50 markali qorishmalar ishlatiladi. Manzarali qorishmalarning sovuqqa chidamliligi kamida M35 markada bo‘lishi kyerak. Qorishmaning massa bo‘yicha suv shimuvchanligi 8% oshmasligi zarur. Yirik panellar va bloklarni zavodda manzarali qorishmalar asosida fakturali ishlanishi tavsiya etiladi. Mahsus qorishmalar Download 131 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling