Tamponaj qorishmalar. Neft va gaz quduqlarini, tonnellarni gidroizolyasiya qilishda, tog‘ jinslari yoriqlari va bo‘shliqlarini to‘ldirishda va boshqa joylarda tamponaj qorishmalar ishlatiladi. Bu qorishmalarni tayyorlashda maxsus tamponaj portlandsementi, agressiv muhitlarda esa sulfat muhitiga bardoshli portlandsement ishlatiladi. Tamponaj qorishmalar juda tez qotuvchanlik xususiyatiga ega.
Rentgen nurlaridan himoyalovchi qorishmalar. Ular barit qumi asosida tayyorlanadi. Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement va shlakli portlandsement ishlatiladi. Qorishma tarkibiga litiy, bor, kadmiy kabi yengil elementlar qo‘shimcha sifatida kiritiladi. Barit qumining eng yirik donasi 1,25 mm katta bo‘lmasligi kerak. Qorishmaning o‘rtacha zichligi 2200 kg/m3 atrofida bo‘ladi. Ular rentgen kabinalari va boshqa maxsus binolar devorlari va shiplarini suvashda ishlatiladi.
Nazorat uchun savollar:
Qurilish qorishmalari qanday klassifikastiyalanadi?
Qorishma aralashmasining asosiy xossalarini aytib bering.
Qorishmaning qotgandan keyingi xossalari haqida aytib bering.
G‘isht-tosh terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar harakatchanligi haqida nimalarni bilasiz?
Oddiy va aralash qorishmalarni tushuntirib bering.
Maxsus qurilish qorishmalari haqida aytib bering.
Quruq qorishmalar to‘g‘risida gapirib bering.
Qurilish qorishmalari tayyorlash texnologiyasi qanday jarayonlarni o‘z ichiga oladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |