3-ma’ruza: qurilish qorishmalari. Me’yoriy hujjatlar. Qo‘llanilishi bo‘yicha qorishmalar turi


Download 131 Kb.
bet2/7
Sana11.10.2023
Hajmi131 Kb.
#1697356
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-QQT (3)

QORISHMALARNING ASOSIY XOSSALARI
Qurilish qorishmasining harakatchanligi xossasi uni ishlatish uchun qulay bo‘lishligini tahminlashi kerak bo‘ladi. Tayyorlangan qorishmaga standart konusning qanday chuqurlikka botishiga qarab, uning harakatchanlik ko‘rsatkichi aniqlanadi. Standart konusning uchidagi burchagi 30° bo‘lib, og‘irligi 300 grammni tashkil etadi. Konuning uchi qorishma sirtiga tekkizilgan holda erkin cho‘ktiriladi va mil uning necha santimetrga botganligini ko‘rsatadi.



Qorishma harakatchanligini aniqlaydigan standart konus:
1-qo‘zg‘aluvchan sterjen; 2-konusning qorishmaga botish miqdorini ko‘rsatuvchi chizg‘ich; 4-kunus; 5-qorishma solingan standart kesik konusli idish.
Konusning botish chuqurligi qorishmaning ishlatilishiga qarab quyidagicha qabul qilinadi: devorbop ranel va bloklarni montaj qilishda ularning choklarini to‘ldirish uchun 5-7 sm; yirik bloklar, ichi bo‘sh g‘isht yoki boshqa buyumlarni tayyorlashda 7-8 sm; xarsangtoshlarni terishda 4-6 sm; toshlarni titratish yo‘li bilan qorishmaga zichlashtirishda 1-3 sm; quvurlar va maxsus shlanglar o‘rdamida uzatiladigan qorishmalar uchun 12 sm va undan yuqori.
Qorishmaning harakatchanligi undagi suv miqdoriga va to‘ldiruvchining suvshimuvchanligiga bog‘liq. Qorishma solingan asos g‘ovak yoki quruq holatda bo‘lsa, u suvning bir qismini shimib oladi, natijada qorishmadagi sementning to‘la gidratatsiyalanishi uchun suv yetishmay qoladi.
Agar asos namlangan bo‘lsa, undagi suvning bir qismi shimilganda ham qotgan qorishma mustahkamligi pasaymaydi.
Qorishmaning harakatchanligini oshirish uchun unga kimyoviy superlastifikatorlar bog‘lovchi massasiga nisbatan quruq holatda 0,5-1 % miqdorda qo‘shish kerak bo‘ladi. Qorishmaning mustahkamligi ham beton singari bog‘lovchining faolligiga, suv-sement nisbatiga, zichligiga va qotish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Qurilish qorishmalari mustahkamligi bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi: 4, 10, 25, 50, 100, 150, 200 va 300. Yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori bo‘lgan konstruksiyalarda (ustun va to‘sinlar) markasi 50 dan yuqori bo‘lgan qorishmalar ishlatiladi. Binolarning tashqi devorlarini qurishda markasi 50 dan past bo‘lgan qorishmalarni ishlatsa bo‘ladi. Sementli qorishmalarning mustahkamligi ularga qo‘shiladigan ohak va gil tuproq miqdoriga bog‘liq. Sementning qotish nazariyasi va tajriba natijalariga ko‘ra qurilish qorishmalarini havo harorati 1 – 40 °C atrofida bo‘lganda 28 kunlik mustahkamligiga nisbatan qotish darajasi 1.1-jadvalda keltirilgan.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling