1.1-jadval Sementning 28 kunlik mustahkamligiga nisbatan qotish darajasi
1.1-jadvaldagi ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, sovuq sharoitda (1-5 °C) hamda eng yuqori haroratda (40-50 °C) qorishmaning qotish tezligi sekinlashadi. Shu sababli, sovuq kunlari tayyorlanayotgan qorishmaning muzlab qolmasligi va qotish tezligining me'yorda bo‘lishi uchun kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shiladi. Issiq kunlarda esa, qorishmadagi suvning tezda bug‘lanib ketmasligi uchun unga suv sepib turiladi. Qishning sovuq kunlari tayyorlanadigan qorishmaning markasi biroz yuqori qilib olinadi. Masalan, M50 qorishma o‘rniga M75 bo‘lishi kerak bo‘ladi. Qorishmadan tayyorlangan standart namunani suvni to‘la shimdirish va muzlatish usuli bilan sinaladi.
Namunaning muzlashga chidamlilik darajasi 10, 15, 25, 35, 50, 100, 150, 200 va 300 sikllarga teng. Qorishma harakatchanligining qorishma joylanadigan asos xossasiga, qotish sharoitiga va havo haroratiga bog‘liqligi 1.2-jadvalda ko‘rsatilgan. Doimiy namlik ta'sirida va zararli muhitli joylarda mustahkamligi 10- 20 MPa bo‘lgan qurilish qorishmalari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |