3-ma’ruza: qurilish qorishmalari. Me’yoriy hujjatlar. Qo‘llanilishi bo‘yicha qorishmalar turi
-jadval Qurilish qorishmasining harakatchanligi
Download 131 Kb.
|
3-QQT (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asos g‘ovak yoki havo issiq bo‘lganda Asos zich yoki havo sovuq bo‘lganda
- Sementning markasi va turi Qorishmaning tarkibi (sement:ohak yoki sement:qum) va markalari
- Sovuqqa chidamlilik
- 10, 15, 25, 35, 50
1.2-jadval
Qurilish qorishmasining harakatchanligi
Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement, shlakoportlandsement yoki putssolansementlardan foydalaniladi. Suv ta'sirida bo‘ladigan konstruksiyalarni qurishda qorishmalarga gidrofobplastifikatlar qo‘shiladi. Doimiy suv va nam ta'sirida bo‘ladigan qorishmalarning tarkibi 1.2-jadvaldan foydalanib yoki hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Amalda ko‘p ishlatiladigan bunday qorishmalarning tarkibi 1.3-jadvalda keltirilgan.
Sement-ohak qorishmasini tayyorlashda 1 m3 hajmdagi qum uchun sement 75 kg dan, sement-gil qorishmasi uchun esa 100 kg dan kam bo‘lmasligi kerak. Qorishmaning asosiy xossalariga mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi kiradi. Zarurat bo‘lganda qorishmaning asosga yopishishi va deformativ xususiyatlari (kirishishi, elastiklik moduli) aniqlanadi. Mustahkamlik. Qotgan qorishmaning mustahkamligi mineral bog‘lovchining aktivligiga, suv-sement nisbatiga, qotish muddati va sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Qorishmaning siqilishdagi mustahkamligi (markasi) o‘lchamlari 7,07x7,07x7,07 sm bo‘lgan kublar yoki 4x4x16 sm to‘sinchalarni standart usulda 28 sut. normal sharoitda saqlangandan keyin sinab aniqlanadi. Sementli qorishmaning mustahkamligini sementning aktivligi va sement-suv nisbatiga bog‘liqligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: R28=0,4Rs(S/Suv-0,3) Ushbu formula yordamida mustahkamlikni aniqlash g‘ovak buyumlar ustiga yoyiladigan sementli qorishmalarga ta‘luqli bo‘ladi. G‘isht, beton va boshqa g‘ovak materiallarga yoyiladigan sementli qorishmalar mustahkamligi sement-suv nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, balki faqat sementning sarfiga bog‘liq bo‘ladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: R28=kRs(S-0,05)+4 Keltirilgan formula sement-ohakli qorishmalarga tegishlidir: S-sement sarfi, t/m3 qumga nisbatan; k koeffitsiyenti qumning sifatiga bog‘liq: yirik qum uchun- 2,2, o‘rtacha yiriklikdagi qum uchun-1,8 va mayda qum uchun-1,4. Sementli aralash qorishmalarning mustahkamligi qorishma tarkibiga kiritiladigan ohak yoki giltuproqning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Aralash qorishmalar mustahkamligi va plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar (ohak, giltuproq) miqdori o‘rtasidagi umumiy bog‘liqlik 2-rasmda keltirilgan. Keltirilgan grafiklarga binoan qorishmalar tarkibida mayda to‘ldirgichni ko‘paytirish mustahkamlikning pasayishiga olib keladi. Qurilish qorishmalari 28 sutkadagi siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan quyidagi markalarga bo‘linadi: 4, 10, 25, 50, 75, 100, 150, 200 va 300. Normal sharoitda sementli qorishmalar mustahkamligi beton kabi uzoq muddat davomida oshib borishi mumkin. Sementli qorishmalar mustahkamligi 7 sut 40-50%, 14sut 60-70%, 28 sut 100%, 90 sut 130% markadagi mustahkamlikka nisbatan oshib borishi mumkin. Binolarning tashqi devorlariga g‘isht, tosh tyerishda sement-ohakli va sement-giltuproqli aralash 10, 25 va 50 markadagi qorishmalar ishlatiladi. Bino karnizlari, stolbalari, dyeraza va eshik ustidagi g‘isht va toshlar tyerishda 100 markadagi qorishma ishlatiladi. Sovuqqa chidamlilik. Qorishmaning sovuqqa chidamliligi 7,07x7,07x7,07 sm namuna-kubiklarni standart usulda sinab topiladi. Sovuqqa chidamlilik bo‘yicha qorishma markasini belgilashda namunalar mustahkamligining 25% gacha va massasining 5% gacha pasayishi ruxsat etiladi. Tashqi devor g‘ishti, toshini terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar 10, 15, 25, 35, 50 markadagi sovuqqa chidamlilikga ega bo‘lishi kyerak. Muhit namligi yuqori bo‘lsa, qorishma sovuqqa chidamliligi 100, 150, 200 va 300 markalarda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Qorishmalarning sovuqqa chidamliligi minyeral bog‘lovchining turiga, suv-sement nisbatiga, qo‘shimchalarga va qotish sharoitiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. G‟isht-tosh terish va montaj qorishmalari Bino va inshootlarda g‘isht-tosh terishda va zavodda tayyorlangan yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda sementli murakkab qorishmalar turli markalarda ishlatiladi. G‘isht-tosh terishga mo‘ljallangan qorishmalarning harakatchanligi ularning ishlatilish sohasi va yotqizish usuliga qarab quyidagicha bo‘ladi: keramik g‘isht, beton, tosh va g‘ovak tabiiy toshlar terish uchun 9-13 sm, kovakli g‘isht, keramik toshlar terish uchun 7-8 sm, devorlarni beton bloklar va panellardan montaj qilishda gorizontal choklarni to‘ldirish uchun 5-7 sm, xarsang tosh va bloklarni terish uchun 4-6 sm, ular oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun 13-15 sm. Demak, zich materiallar terilsa harakatchanligi yuqori qorishmalar ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorishmaning harakatchanligini belgilashda teriladigan matyeriallarning namligini ham hisobga olish kerak Download 131 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling