7-amaliy. Tosh-g’isht ishlari hajmini va mehnat sarfini hisoblash. G’isht terish qamrovlari va bo’linmalariga ajratish


Download 313.5 Kb.
bet1/3
Sana16.05.2020
Hajmi313.5 Kb.
#106855
  1   2   3
Bog'liq
7-amaliy.-1


7-amaliy. Tosh-g’isht ishlari hajmini va mehnat sarfini hisoblash. G’isht terish qamrovlari va bo’linmalariga ajratish
G’isht-tosh terish deganda g’isht-toshlarning oralarini qurilish qorishmalari bilan ma’lum bir qalinlikda to’ldirib, terib chiqilishiga aytiladi va bunday konstruktsiya yuqoridan va o’z massasidan tushadigan yukni qabul qilishi, binoni issiq – sovuqdan, shuningdek tovushdan himoyalaydi

Bino va inshootlar qurilishida terishning quyidagi turlari qo’llaniladi: oddiy g’ishdan, sun’iy beton keramik va silikat toshlardan (yoki ularni terib tayyorlangan yirik bloklardan), tabiiy toshlarni yo’nib, arralab, tayyorlangan to’g’ri shaklli tabiiy toshlardan, yo’nilmagan tabiiy harsang toshlardan, harsang tosh terilib, ustidan yo’nilgan tabiiy toshlarni qoplab koshinlab terish, harang tosh – beton, shuningdek g’ishtni ikki chetiga terib, orasi turli yengil materiallar bilan (engil beton, yengil to’ldiruvchi va x.k.) to’ldirilgan yengillashtirilgan xillari mavjud.

Yuqoridagi terish xillari barpo qilinayotgan konstruktsiya vazifasi, qanday sharoitda ishlashi, binoning mustahkamligi, sinfi, qo’llaniladigan materiallarning samaraliligiga qarab qabul qilinadi.

To’g’ri turtburchak shakldagi g’isht yoki tosh 6 qirrali bo’ladi (Rasm 4.1.a). Rasm 4.1.b da g’isht devor terish elementlari nomlangan. G’isht yoki toshlar terilayotganda gorizontal qatorlab teriladi. Terimda konstruktsiyalarni sirtini hosil qiladigan g’isht yoki toshlar chekka qatorlar (versta)deb ataladi. Binoning tashqi old tomoni qatori tashqi qator, xona ichki tomoni ichki qator deyiladi. Ular o’z navbatida ko’ndalang yoki bo’ylama bo’lishi mumkin. Tashqi va ichki qator orasiga terilgan g’isht yoki toshlar oraliq (to’ldiruvchi) qator deyiladi. Odatda g’ishtli devorlar qalinligi yarim g’isht yoki tosh qirrasi bo’yicha o’zgarib boradi, ya’ni bir, bir yarim, ikki, ikki yarim g’isht va x.k.



Rasm 4.1. Tosh terish elementlari.

a - g’isht-tosh tomonlari; b - devor terishdagi elementlar.

Pardevorlar esa yarim 120 mm va chorak g’isht 65 mm qalinlikda teriladi. Devorning me’moriy detallariga esa bo’rtish, kirim, chiqig’, plyastr, tokcha, devor oralari va shtrablar kiradi. Devor va pardevorlar terib borishni uzluksiz barcha uchastkada tashkil qilib bo’lmaydi, ya’ni o’zilish sodir bo’ladi. Vaqtincha to’xtatilgan qismni yangi teriladigan qismga chok bostirib ulab ketish uchun qoldirilgan detali - bu shtrabadir (rasm 4.2.)






Rasm 4.2. Shtrabalar.

a - qochirma, b - vertikal, v - g - ko’p qatorli vertikal va yakka qatorli vertikal, d - qochirma burchak shtraba, ye - yaxlit devorga oraliq qochirma shtraba.


Download 313.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling