7-amaliy. Tosh-g’isht ishlari hajmini va mehnat sarfini hisoblash. G’isht terish qamrovlari va bo’linmalariga ajratish


Download 313.5 Kb.
bet2/3
Sana16.05.2020
Hajmi313.5 Kb.
#106855
1   2   3
Bog'liq
7-amaliy.-1


G’isht-tosh terish uchun materiallar. G’isht-tosh terish uchun qorishmalar. G’isht-tosh terish qoidalari. Terimni bog’lash sistemalari va turlari . Choklarni bog’lash sistemalari.
Plastik zichlab tayyorlangan sopol oddiy g’isht, uning mustahkamligi, namga, sovuqqa chidamligi va o’zining unga zich emasligi tufayli binolarning asosiy yuk ko’taruvchi qismlari (tayanch devor, ustun) tutun mo’rilari va boshqa yer osti va usti inshootlarini barpo qilishda qo’llaniladi.

Silikat g’ishtlar, yorim quruq zichlangan oddiy sopol g’ishtlar va ichi bo’sh oddiy sopol g’ishtlar nam gruntli yerlarda yer osti inshootlari konstruktsiyalari, shuningdek namlik yuqori xonalarning tashqi devorlarini barpo qilishda va tutun hamda so’rish kanallarini terishda ishlatiladi.

Ichi bo’sh yoki g’ovak - ichi bo’sh sopol g’ishtdan terilgan konstruktsiyaning issiqlik o’tkazuvchanlik xossasi kamligi va yengilligi tufayli ularni qalinligini oddiy loy g’ishtdan terilgan devorga qaraganda 20-25% yupqalashtirish shu hisobiga konstruktsiyalar massasi 20-30% kamayish imkoni tug’iladi.



Beton toshlardan (og’ir betondan tayyorlangan toshdan) teriladigan konstruktsiyalar o’zining mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi bilan ajralib, ular bino va inshootning yer osti va usti qismlarini tiklashda keng qo’llaniladi.

Ichi bo’sh va yengil beton toshlar binoning tashqi, ichki devorlari va pardevorlarini barpo qilishda keng qo’llaniladi. Ular o’zining sovuqqa chidamliligi, material tejamliligi bilan ajrab turadi. Lekin shlak beton toshlarning esa o’ziga xos kamchiligi bor, ya’ni ular namni ko’p shimiydi shuning evaziga sovuqqa chidamliligi kamayadi.

Silikat toshlardan terish qachonki yuk katta bo’lsa, lekin issiqlik o’tkazuvchanlik yuqori bo’lsa ham bo’laverdigan konstruktsiyalarda ishlatiladi, chunki ular zich bo’lgani tufayli issiqlik o’tkazishi yuqori.

To’g’ri shaklli tabiiy tosh va blok materiallar o’zining mustahkamligi yuqori, sovuqqa va nurashga chidamliligi, ya’ni uvalanmasligi bilan tashqi ko’rinishi ko’rkamligi bilan ajralib turadi. Ular bino poypesh qismi, devor qismi, shuningdek yer osti poydevor qismlariga ishlatilishi mumkin. Lekin yengil g’ovakli (chig’anoq, g’ovak tuf va x. k.) arralangan toshlar esa kam yuk ko’taradigan ichki devorlarga, ya’ni namlik kam bo’ladigan konstruktsiyalarga ishlatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Harsangtosh va harsangtosh - betonlardan ularning issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori va ko’p qo’l mehnati talab qilinishini inobatga olib imkoni boricha kam qo’llaniladi. Lekin ular maxalliy material bo’lganligi tufayli qo’llash iqtisodiy samaralidir. Ular yordamida bino poydevori, omborxona devorlari va ayrim qishloq yoki tog’li rayonlarda bir qavatli binolar devorlarini ko’tarishda ham qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurish qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan 530-95 UzRST ga asosan sopol g’isht va toshlar paralellopiped shaklida tayyorlanib, o’lchamlarga qarab quyidagi turlarga bo’linadi va quyidagi o’lchamlilari ishlatiladi:

  • Yakka g’isht: 250x120x65mm

  • Qalin g’isht: : 250x120x88mm

  • Modul yakka g’isht 288x138x63mm

  • Modul o’lchamli qalin g’isht: 288x138x88mm

  • Bo’shliqlari ufqiy joylashgan qalin g’isht:

250x120x88mm

  • Bo’shliqlari ufqiy joylashgan qalin g’isht:

250x120x138mm

  • Tosh o’lchamlari: 250x120x138mm

  • Modul o’lchamli tosh: 288x138x138mm

  • Modul o’lchamli yirik tosh: 288x288x88mm

  • Yirik tosh: 250x250x138mm

  • 250x250x188mm

  • 250x200x80mm

379-95 Uz RSTga asosan silikat g’isht va toshlar paralellopiped shaklida tayyorlanib, o’lchamlarga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:


  • yakka dona o’lchamlari: 250x120x65mm

  • tosh o’lchamlari 250x138x88mm



Qurilish qorishmalari deb oldindan me’yorlab olingan noorganik bog’lovchi modda, mayda to’ldiruvchi, suv va shuningdek plastiklashtiruvchi qo’shimchani aralashtirib olingan aralashmaga aytiladi. Bunday aralashma vaqt o’tishi bilan qotish davomida birlashtirayotgan material yoki konstrutsiya bilan birlashib ketadi.

G’ish-tosh terish ishlarida ishlatiladigan qurilish qorishmalari tarkibi va sifati O’zbekiston Respublikasi Davlat Arxetektura va qurilish qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan QMQ 3.03.06-99 da belgilangan.

Qorishmalar quyidagi turlarga bo’linadi:


  • zichligi bo’yicha: og’ir - zichligi 1500 kg/m3 va undan yuqori; yengil - zichligi 1000 kg/m3 dan kam;

  • bog’lovchilar turi bo’yicha: tsementli, oxakli va aralash (tsement-oxakli, tsement tuproqli va boshqalar);

  • siqilishga bo’lgan mustahkamligi bo’yicha (vaqtinchalik qarshiligi bo’yicha) tamg’alarga: M4, M10, M25, M75, M100, M 150, M200. M4 va M10 tamg’alari asosan oxakli asosan oxakli va maxalliy bog’lovchilardan (oxak-toshqolli, oxak putsoolan va shunga o’xshash) tayyorlanadi. Tuproqdan tayyorlagan devorbop materiallarni terish uchun loy qorishmalari qo’llaniladi;

Qorishmalarning bog’lovchilari ishlatish joyi, unga qo’yiladigan talablar, qotish sharoiti va ular qo’llanilgan inshoot yoki konstruktsiyadan foydalanishiga qarab qanday tamg’alar ishlatilishi quyidagi 4.1-jadvalda keltirilgan. Yengil qorishmalar uchun to’ldiruvchi sifatida tabiiy va sun’iy yengil to’ldiruvchi: tuf, terass, oxak, toshqol, keramzit, agloporit va boshqalarni tuyib ishlatiladi. Qorishma uchun ishlatiladigan suv qorishmani me’yorida qotishini ta’minlashga qarshilik qiluvchi qo’shimchalarsiz bo’lishi zarur. Agar past va o’rta tamg’ali (tamg’asi M50 gacha bo’lgan) qorishmalar tayyorlash uchun yuqori tamg’ali (M400 va undan ortiq tamg’ali) tsement ishlatilsa tsement sarfini kamaytirish, shuningdek qorishma qo’zg’aluvchanlik oshirish hamda zichligini o’zgartish maqsadida maydalab tuyilgan qo’shimchalar qo’shilishi mumkin.

Qurilishda g’isht va tosh ishlarida ishlatiladigan qorishmalar

uchun bog’lovchilar

4.1-jadval



Qo’llanilish

ko’lami


Qorishma tamg’asi

Bog’lovchi

Tavsiya etiladi

Ruxsat beriladi

Namligi kam asosga qurilgan bino nisbiy namligi 60% gacha yer usti inshootlari uchun

4 va 10

Havoy va gidravlik oxak. Oxak-toshqolli romantsement qismining qurilish qorishmalari uchun tsement.

Oxak -putsoolanli

Oxak - kulli



25 va yuqori

Portland tsement platiklashtirilgan - suvga chidamli portlandtsement.

Toshqol portlandtsement.



Putsoolan portlandtsement magnizeollar va toshqol magnizeol portlandtsement.Oxak-toshqol Qurilish qorishmasi uchun tsement

O’ta nam asosga qurilgan, xona namligi 60%dan ortiq bo’lgan yer usti inshootlari uchun

10

Oxak toshqol

Remanttsement

Qurilish qorishmalari uchun tsement


Oxak putsoolanli

Oxak kulli

Gidravlik oxak


25 va ortiq

Putsoolan portlandtsement shlak portlandtsement plastiklashtirilgan va suvga chidami portlandtsement

Portlandtsement



Oxak toshqolli

Qurilish qorishmalari uchun tsement


Qorishmaga yuqori qo’zg’aluvchanlik va suv ushlab turish maqsadida qorishma tarkibiga organik va noorganik plastiklashtiruvchi qo’shimchalar qo’shiladi. Bunday qo’shimchalar bo’lib: milonaft, TSNPS-1 plastifikatori, sovun ishqori, konefol, shuningdek SDP xizmat qiladi.



G’isht terish ishlarida chok bostirish - bu g’ishtlarni (toshlarni) bir-biriga nisbatan joylashishidir. Qurilishda xozirgi kunda eng ko’p qo’llanib kelinayotgan chok bostirish usullariga: bir qatorli (zanjirli) chok bostirish (rasm 4.3.a) va ko’p qatorli chok bostrish (rasm 4.3.b) kiradi.

Rasm 4.3. Ikki g’isht qalinlikdagi devorni terishda mustahkamlik grafigi.

a - bir qatorli (zanjirli) chok bosish; b - ko’p qatorli chok bostbrish; v - uch qatorli chok bostirish.

Bir vaqtda g’isht terish tashqi qismini qoplash bilan olib borish qachonki uni tashqi agressiv muxitdan saqlash yoki unga me’moriy tashqi ko’rinish berish uchun yuzalarni maxsus g’isht, sopol yoki beton koshinlar bilan qoplanadi.



Maxsus qoplama g’isht oddiy boshqa rangda yoki glazurlangan bo’ladi. Ularni rangi turlicha bo’lishi mumkin. G’isht terish ishlarini bajarishda tashqi qator qoplama g’ishtni oddiy g’isht bilan bir vaqtda terib borish quyidagi (rasm 4.4.)da berilgan.


қатор

қатор

қатор

Rasm 4.4. Devor yuzasini qoplama g’isht bilan qoplash misollari.

a - reja; b - ko’ndalang kesim; 1 - qoplama g’isht qalinligi 65 mm,

2 - oddiy g’isht qalinligi 88 mm.

Bunday chok bostirish usuliga yarimtalik g’isht kam ishlaydi, bu esa g’isht sindirishni kamaytrish va mehnat unumdorligini ortirishga olib keladi.


Download 313.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling