7-amaliy. Tosh-g’isht ishlari hajmini va mehnat sarfini hisoblash. G’isht terish qamrovlari va bo’linmalariga ajratish


G’isht teruvchini ish joyini tashkil etish va materiallar bilan ta’minlash


Download 313.5 Kb.
bet3/3
Sana16.05.2020
Hajmi313.5 Kb.
#106855
1   2   3
Bog'liq
7-amaliy.-1


G’isht teruvchini ish joyini tashkil etish va materiallar bilan ta’minlash.
G’isht terish jarayoni asosiy va qo’shimcha ishlardan tashkil topadi. Qo’shimcha ishlar: havoza, to’siqlar qurish, material va qorishmalarni ish o’rniga uzatib berishdan iborat.

Asosiy ishlar ish joyining o’zida bajariladi, bunda material va ish qurollari, asbob uskunalari ishlatilib, g’isht-tosh, shuningdek qorishmalardan g’isht-tosh konstruktsiyalari barpo qilinadi. G’isht-tosh terish jarayoni quyidagi tartibda bajariladigan operatsiyalarni o’z ichiga oladi: qatorlagich (poryadovka) o’rnatish; g’ishtlar to’g’ri terilishi uchun ip tortish; g’ishtni devorga uzatish va taxlash; qutidagi qorishmalarni aralashtirish; devorga qorishmani uzatish va uni tashqi qatorga yoyish; tashqi qatorni terish, qorishmani ichki qatorga yoyish; ichki qatorni terish oraliq qatorga qorishmani yoyish; oraliq qatorni terish; terilgan g’isht qatorlarini tekshirish; tashqi va ichki g’isht qatorlarini boshqaga terish usullari ham mavjud, u chok bostirish sistemasiga bog’liq.

G’isht- tosh terish ishlarini samarali va sifatli bajarilishiga g’isht teruvchi qo’lida mahsus asbob va moslamalar bo’lgandagina erishiladi. Asbob va moslamalar ikki turga: ish bajaruvchi, ya’ni ishchi u yordamida zarur operatsiyani bajaradi va tekshiruv-o’lchov, ular yordamida bajarilgan ishning sifati tekshiriladi. Asosiy ish bajarishga ishlatiladigan asboblar (rasm 4.5) da keltirilgan


Rasm 4.5. G’isht teruvchining asosiy ish bajarish asboblari.

a - kelma, b - qorishma kurakchasi, b-v - tekislagichlar,

g - bolg’a tesha.

Kelma yog’och dastali po’lat kurakcha, u g’isht terayotganda qorishmani yozish va vertikal choklarni to’ldirish uchun ishlatiladi.

Tekislagich - bilan choklarga ishlov beriladi, ya’ni ular ma’lum shaklga keltiriladi. Tekislagichlar ko’ndalang kesimi ko’rinishiga qarab qavariq yoki botiq bo’lishi mumkin.

Bolg’a-tesha - g’isht teruvchi g’ishtni chorakkam, yarim va chorak qismga bo’lish, shuningdek g’ishtni yo’nishda ishlatiladi.


Tekshiruv o’lchov va asboblar va moslamala quyidagi 4.6-rasmda keltirilgan

Qatorlagich - kesimi burchak shakldagi, har 77 mm (g’isht va qorishma qalinligi) ga teshiklar qoldirilgan, devorga changak va tutgichli vint bilan mahkamlanadigan maxsus qotirgichli moslama. Ular devor burchagi va tashqi devorga ichki devor tutashadigan joylarga o’rnatiladi. Ip qatorlagichlarga tortiladi va u terilgan g’ishtni to’g’ri chiziqli va gorizontalligini ta’minlaydi. Ip sifatida eshilgan Ø 2 mm 3 mm li ipdan foydalaniladi.

Shayton yordamida terilgan g’isht vertikalligi va gorizontalligi, shovun yordamida esa vertikallik tekshiriladi.

Gunya - ko’tarilayotgan burchakning to’g’riligini tekshirishda ishlatiladi.

Rasm 4.6. Tekshirib-o’lchovchi asbob va moslamalar.

a- inventar qatorlagich o’rnatish sxemasi; b- shovun, v- ruletka; g- buklama metr; d- gunya; ye- shayton; j- dyuralyuminiy to’g’rilagich; 1- qatorlagich; 2- ip; 3- changak; 4- surilgich; 5- shayton amulasi.

Deraza oraliqlarini terish uchun maxsus sirpanuvchi qolipli shablon qo’llanilib, u deraza oraliqlarini tekis va zarur o’lchamda aniq terilishi imkoniyatini yaratadi (Rasm 4.7).




Rasm 4.7. Deraza oraliqlarini terish uchun sirpanuvchi qolipli shablon.


Foydalaniladigan asosiy adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1. M.K.To`irov, R.A.Norov. Qurilish jarayonlari texnologiyasi - 176 bet, Fan va texnologiya nashriyoti, 2007. O`quv qo`llanma.

2. X.I.Yusupov, V.Rasulov, A.T.Ilyasov va b. "Qurilish texnologiyasi". O`quv qo`llanma, "Arxitektura qurilish integratsiya va innovatsiya markazi" TAQI, 2015 yil. 170 b.



3. Bozorboev N., Umurzokov E. "Qurilish ishlab chikarishi texnologiyasi" fanidan "Amaliy mashg‘ulotlar", o‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2005. -89 bet.

Qo’shimcha adabiyotlar


  1. Texnologiya stroitelnыx protsessov: V 2 ch. CH. 1.: Ucheb. dlya stroit, vuzov / V. I. Telichenko, O.M.Terentev., A.A.Lapidus - 2-e izd., ispr. i dop. - M.: Vыssh. shk., 2005. - 392 s: il.

  2. Texnologiya stroitelnыx protsessov. V 2 ch. CH. 2: Uchebnik/ V.I. Telichenko, O.M. Terentev. A,A. Lapidus,— 2-e izd., ispr. i dop.— M.: Vыssh. shk., 2005 — 392 s: il.

  3. Xamzin S. K., Karasev A. K. Texnologiya stroitelnogo proizvodstva. Kursovoe i diplomnoe proektirovanie. Ucheb. posobie dlya stroit, spets. vuzov. — M.: OOO «BASTET», 2006. - 216 s.: il.

  4. I.G.Sovalov, YA.G.Mogilevskiy. Jelezobetonnыe rabotы pri vozvedenii mnogoetajnыx zdaniy. M, Stroyizdat, 1984.

  5. N.Bozorboev. SHaxsiy uy-joy kuruvchilar uchun 1001 maslaxat. Toshkent, Mexnat, 1990.

  6. Bozorboev N. Qurilish ishlab chikarish texnologiyasi 1-kism, T., 2000.

  7. Bozorboev N., Xodjaev A.A., Akbarov O. «Qurilish ishlab chikarishi texnologiyasi». 11-kism, T., 2001.

  8. Umurzokov E.K., Xamidova M.A. "Qurilish ishlab chikarishi texnologiyasi", O‘quv qo‘llanma, Farg‘ona - texnika, 2001 y.

  9. KMK 3.03.01-98. YUk kutaruvchi va to‘suvchi konstruksiyalar. Toshkent, 1998.

  10. KMK 3.01.02-00. Qurilishda xavfsizlik texnikasi. Toshkent, 2000.

  11. SHNK 3.01.01-03. Organizatsiya stroitelnogo proizvodstva. Toshkent, 2003.


Internet saytlari
1. www.taqi.uz

2. http//ziyonet.uz/
Download 313.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling