Neft va gaz quduqlarini qurilishi


Download 156.61 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi156.61 Kb.
#1416842
  1   2   3   4
Bog'liq
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI QURILISHI


NEFT VA GAZ QUDUQLARINI QURILISHI
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1.1. Neft va gaz quduqlarining tuzilishi
1.2. Neft va gaz quduqlari konstruksuysi
1.3. Quduq tubi jihozlanishi.
KIRISH.
Neft va gaz quduqlarini qurish asoslari» fanining maqsadi – neft va gaz yo’nalishida ta‘lim olayotgan bakalavrlarga bu fanning asosiy mazmunlarini nazariy va amaliy jihatdan mukammal tushuntirishdan iborat.
Bu fanni o’rganish jarayonida talabalar professor – o’qituvchilar yordamida burg’ilash quduqlarining tuzilishi, qurilish tsikllari, burg’ilash quduq turlari, burg’ilash usullari, burg’ilash quduq – toifasiga qarab, stanok (dastgoh), dvigatel, nasoslar tanlash va ulardan foydalanish printsiplari, burg’ilash rejimlari va ulardan foydalanish printsiplari, burg’ilash rejimlari va ularning parametrlari, ish ko’rsatkichlari, jins yemiruvchi asboblar va ularning tasniflari, burg’ilash quduqlarini o’zlashtirish, sinash va tugatish, quduqlarni mustahkamlash, yuvish va tsementlash usullari, mustahkamlash va burg’ilash quvurlar birikmasining tarkibi, ishlash sharoitlari, turlari va jihozlari, qiya quduqlarning profillarini tuzish, tushirish va ko’tarish, tutish kesish, payvandlash, o’lchash, ta‘mirlash va namuna olgich asboblari, yuvish eritma va reagentlarning tarkibi, xossalari va ularga kimyoviy ishlov berish.
Eritmalarni tayyorlash va tozalash tizimlarining tuzilishi va ishlash printsiplari, burg’ilash asoratlariga, yong’inga qarshi va atrof muhitni muhofaza qilish qoidalari, burg’ilashning texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari to’g’risida yetarli darajada bilim oladilar.


I bob. Neft va gaz quduqlarining tuzilishi.
1.1. Neft va gaz quduqlarining tuzilishi
Quduq qachon va qayerda qazilganligi noma`lum. Lekin qadim-qadim zamonlardan odamlar quduqlar qazib, undan suv to`plab ichib kelishgan. Hozirgi kunlarda ham mamlakatimiz cho`lli zonalarini, shahar va qishloqlarni ichimlik, minerallashgan issiq suvlar bilan ta`minlash, ekin maydonlarini sug’orish uchun chuqurligi 150-4000 metrgacha bo`lgan 15000 dan ortiq quduq qazilgan. Shulardan 3000 dan ortig’i (5-10 metrdan 1570 metrgacha) Mirzacho`l hududiga to`g’ri keladi. Burg’ilash qudug’i bu yer po`stidagi tog’ jinslarini burg’ilab o`tadigan, uzunligi diametriga nisbatan farq qiladigan silindrga o`xshash tik, qiya va gorizontal qurilma. Uning diametri 25 mm dan 5 m gacha va undan qam ortiqroq bo`lishi mumkin. Odatda, neft va gaz quduqlarining boshlang’ich diametri esa 165 mm dan kichik bo`ladi.

Download 156.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling