Neft va gaz quduqlarini qurilishi
Neft va gaz quduqlari konstruksuysi
Download 156.61 Kb.
|
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI QURILISHI
1.2. Neft va gaz quduqlari konstruksuysi
Neft va gaz quduqlarining muvaffaqiyatli parmalanib tugashi ko`p jihatdan ularning konstruktsiyasiga bog’liq. Quduqlarning konstruktsiyasi ularning o`rnatilgan maydonning geologik tuzilishiga qarab tanlanadi va quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Quduqni loyihada ko`rsatilgan chuqurlikgacha falokatsiz yetqazib borish. 2. Parmalash sur`atini tezlashtirish va tan narxini arzonlashtirish. 3.Mustahkamlovchi quvurlar qatorini, ularning uzunligini, metall sarfini kamaytirish. 4.Neft, gaz yoki suv fontanlariga va grifon paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik. 5.Quduq devorlarini tashkil etgan tog’ jinslarini bosim ta`sirida yorilib ketmasligini ta`minlash. Quduqlarning tuzilishini tanlash o`tqaziladigan geologik-geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish mobaynida aniqlangan mahsuldor qatlam tarkibi, tuzilishi va tavsifiga mos holda baholanadi hamda hisob-kitob ishlari asosida amalga oshiriladi. Neft va gaz quduqlarining tuzilishi loyiha ko`rsatkichlari asosida qat’iy tarzda olib borilib, asosan quyidagi tartibda bajariladi. - Yo`naltiruvchi kolonna - 426 mm quvurlar 10 m chuqurlikgacha tushiriladi va buta sementlanadi. Ushbu kolonnani tushirishdan maqsad, yer ustki tog’ jinslarining bo`shoqligini hisobga olib, quduq ichiga o`pirib tushmasligining oldini olishga qaratilgan. - Konduktor - 324 mm li quvurlar 300 m chuqurlikka tushirilib, semenlanadi. Konduktorni tushirishdan maqsad ushbu oraliqlarda mavjud bo`lgan sho`rlangan yer osti qatlam suvlarining quduqqa ta`sirini to`xtatishga qaratilgan. - Texnik kolonna - 219 mm li quvurlar, 2582 m li chuqurlikka tushirilib, buta mustahkamlanadi. Ushbu kolonnalar mahsuldor uyum yuqori qismiga tushirilib, asosan mavjud tuz qatlamlarining kolonnalarni qisib qolmasligi maqsad etib qo`yilgan. - Ishlatish kolonnasi - 3083 m chuqurlikkacha 140 mm li quvurlar tushirilib, buta tsementlanadi. Ushbu quvurlarni tushirishdan asosiy maqsad teshish ishlarini amalga oshirib, quduqqa keluvchi oqimni hosil qilishdan iboratdir. Har bir konda mahsuldor qatlam sharoiti va ko`rsatgichlariga qarab quduqlar tuzilishi tanlanib, asosan quyidagi ko`rsatgichlariga amal qilish belgilangan: - Boshlang’ich qatlam bosimini aniq hisobini bilish. - Neft va gaz tarkibi va tasnifini tahlil etish. - Tog’ jinslarining tuzilishini tekshirish. - O`rnatiladigan quvurlarni mos tanlash. - Semonlash ishlarini sifatli olib borish. - Quduqlarni loyiha asosida burg’ilash ya`ni GTN asosida ish yuritish. - Favvoralanishning oldini olish choralarini ko`rish. - Tushirilgan quvurlarni sinash. Ushbu qoidalar asosida ish yuritish konlarni ishlatish davrini uzaytirib, mahsulot olishni ijobiy yuritilishiga olib keladi. Konduktorga o`rnatiladigan quvur birikmasi boshchasi konduktorni, texnik va ishlov quvurlar birikmasini bir tizimga jamlaydi va quduqqa tushirilayotgan ishlov quvurlariga tayanch vazifasini bajarib unga quduq usti uskunasini o`rnatish uchun xizmat qiladi. Quduq konstruktsiyasi tanlangandan so`ng parmalash jihozi va uskunalari, parmalash quvurlari, dolota va uning aylantiruvchi usullari, mashinalari tanlanadi. Neft, gaz va suv qatlamlari qandaydir bosimga ega bo`ladi, buni qatlam bosimi deyiladi. Shuning uchun quduqga tushirilgan va sementlab qo`yilgan quvurlar ichki va tashqi bosimlar ta`sirida bo`ladi. Quvurlar tanlashda va ularni hisoblashda ko`rsatilgan dalillar e`tiborga olinadi. Quduqga tushirish kerak bo`lgan mustahkamlovchi quvurlarning boshmog’i o`rnatiladigan chuqurlik quyidagi formula bilan aniqlanadi: (12.1) bunda: h-quvurlar birikmasini tushirish chuqurligi,(boshmoq o`rnatilgan chuqurlik),m H - boshmoqdan pastda uchraydigan neft, gaz yoki suv qatlamlarining chuqurligi, m; - qatlamning bosim gradienti, MPa/m; - qatlamni yutish bosim gradienti, MPa/m; K - ehtiyotlik koeffitsienti (K=0,90-0,95); psm - gaz, suv yoki neft aralashib qolgan quduqdagi parmalash qorishmasi zichligi, g/sm3. Quduq konstruktsiyasini tanlash. Quduq konstruktsiyasini tanlash ekspluatatsiyaga mo`ljallangan quvurlardan boshlanadi. Parmalash korxonasi geologiya xizmati yoki konni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot quduqga tushiriladigan ekspluatatsiyaga mo`ljallangan quvurlar diametrini ko`rsatib bergandan so`ng boshqa mustahkamlovchi quvurlar va quduq diametrlari aniqlanadi. Quvurlar tushirilishi kerak bo`lgan quduq diametri quyidagi formula bilan aniqlanadi: Download 156.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling