Neft va gaz quduqlarini qurilishi


Quduqlarning chuqurligi har xil bo`ladi


Download 156.61 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi156.61 Kb.
#1416842
1   2   3   4
Bog'liq
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI QURILISHI

Quduqlarning chuqurligi har xil bo`ladi: sayoz - 2000 m gacha, o`rta - 4500 m gacha, chuqur - 6000 m gacha, o`ta chuqur 6000 metrdan yuqoriroq. Burg’ilash qudug’ining chuqurligi 10-15 km va undan ko`proq bo`lishi mumkin. (Skola yarim orolida 13 km dan ortiq). Burg’ilash quduqining chuqurligi oshishi bilan uning harorati va bosimi oshib boradi. Masalan, chuqurligi 13 km bo`lgan burg’ilash quduqining harorati 220 0S ga, bosimi esa 135 MPa ga teng bo`ladi. Bu quduqlar-ning asosiy maqsadi chuqurlikda joylashgan foydali qazilmalarni qidirish, razvedka qilish, tog’ jinsi va ma`danlardan namuna olish, yer po`stining geologik, fizik parametrlarini, mineral, neft va gaz xom ashyolarning paydo bo`lishini, hamda tarqalish qonuniyatlarini, ularni ilmiy va amaliy maqsadlarda o`rganishga qaratilgan.
Quduqlarni burg’ilash quruqliklarda va dengizlarda amalga oshiriladi.
Quduqlar quyidagi elementlardan tashkil topgan:
quduq og’zi - burg’ilash quduqining yer yuzasini kesib o`tgan joyi;
quduq tubi - burg’ilash jarayonida chuqurlanuvchi quduqning tubi. Ular ishlaydigan va ishlamaydigan tublarga bo`linadi. U halqasimon, yaxlit, yassi, pog’onali bo`lishi mumkin;
quduq devori - burg’ilash qudug’ining yon yuzasi;
quduq stvoli - quduq devori bilan chegaralangan bo`shliq.
Barqaror tog’ jinslaridan iborat quduq devorlari mustahkamlanadi, natijada quduq devorlari torayadi.
quduq o`qi - quduq tubi markazidagi geometrik nuqta joyi.
quduq diametri - jins yemiruvchi asboblarning tashqi diametridan hisoblanadi.Quduqning haqiqiy diametri yemiruvchi asbobning diametridan kattaroq bo`ladi.
quduq chuqurligi - quduq o`qi bo`yicha quduq oo’zidan quduq tubigacha bo`lgan masofa.
Har bir inshoatni tuzilmasi ya`ni konstruktsiyasi bo`lgandek neft va gaz quduqlarining ham o`ziga xos konstruktsiyasi bo`ladi.
Neft va gaz quduqlarining devorini mustahkamlash, suvli, neft yoki gazli qatlamlarni bir-biridan ajratish maqsadida ichma-ich tushirilgan po`lat quvurlar, ularning diametri va uzunligi, ortidagi tsement halqasining balandligini ko`rsatuvchi belgilarni quduqlar konstruksiyasi yoki tuzilmasi deb aytiladi.
Quduq konstruktsiyasi yo`naltiruvchi, konduktor, oraliq mustahkamlovchi va ekspluatatsiyagа mo`ljallangan po`lat quvurlar birikmasidan iborat bo`ladi.

Download 156.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling