Transfert - pulni bir moliyaviy muassasadan boshqasiga yoki davlatdan davlatga o’tkazish.
Transfert baho – korxona tarkibidagi bir javobgarlik markazidan boshqa javobgarlik markaziga o’tkaziladigan mahsulot (materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar) yoki xizmatlar bahosini aniqlash uchun foydalaniladigan baho.
Transfert bahoni takllantirishga nisbatan xarajatlar yondashuvi – transfert bahoni mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflantan xarajatlar asosida shakllantirish.
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan faol yondashuv – transfert bahoni boshqarish orqali sotishlarning zarur hajmiga mos keluvchi o’rtacha xarajatlar hajmiga erishish.
Transfert bahoni belgilash usullari – bozor bahosi, to’liq tannarx plyus foyda (to’liq tannarxdan % sifatida), o’zgaruvchan xarajatlar nlyus foyda (o’zgaruvchan xarajatlardan % sifatida), tomonlarning o’zaro kelishuvi asosidagi shartnomaviy baho, to’liq yoki qisqartirilgan tannarx usullari.
Trassant - trattaga - o’tuvchi vasiqani beruvchi shaxs.
Trassat - o’tuvchi vasiqa yuzasidan to’lovni amalga oshirishga majbur shaxs.
Tratta - yozuvchi vasiqa. Kreditorning ma’lum summani uchinchi shaxsga to’lashi haqidagi qarzdorga bergan yozma buyrug’i.
To’g’ri yozuv - xo’jalik jarayonlarini shunday aks ettirishki, bunda hisobvaraqning debet va kreditidagi summalar bir qatorga yoziladi. Misol tariqasida, asosiy kitobdagi yozuvlarni keltirish mumkin. Bu kitobda tegishli hisobvaraqlarning debet va kreditidagi summalar order asosida bir qatorga yoziladi.
To’g’ri yozuv ba’zida qulay bo’lsa-da, masalan, hisob-kitoblar jarayoni hisobida, lekin shatranj (shaxmat) yozuvi bilan solishtirganda shatranj yozuviga nisbatan nomukammal hisoblanadi (shatranj yozuviga qarang).
To’lov talabnomasi - hisob-kitob hujjati bo’lib, mol etkazib beruvchining (eksporter) yoki boshqa to’lov oluvchining bank orqali aniq bir summani to’lovchidan olish haqidagi talabi aks ettiriladi. Mol etkazib beruvchi xaridorga bank orqali to’lov talabnomasini yuboradi. Mol etkazib beruvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank to’lov talabnomasini xaridor korxonaga xizmat qiluvchi bankka yuboradi va to’lov uchun taqdim etiladi. To’lov hisob-kitob qoidalariga asosan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |