Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Pul mablag’larining turkumlanishi va ularning buxgalteriya hisobini yuritishdagi o’rni va ahamiyati


Download 2.01 Mb.
bet52/524
Sana29.09.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1690029
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Pul mablag’larining turkumlanishi va ularning buxgalteriya hisobini yuritishdagi o’rni va ahamiyati. Korxonalarda pul mablag’larining buxgalteriya hisobini yuritish ko’p jihatdan ularning turkumlanishiga bog’liq. Chunki pul mablag’larining qaysi manbalardan kelib tushishi va qaysi yo’nalishlar bo’yicha sarflanishini tahlil qilish asosida ulardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanish mumkin.
Hozirda amaliyotda pul mablag’lari quyidagicha turkumlanadi:
1) valyuta turlari;
2) qaysi joyda saqlanishi;
3) qaysi maqsadlarga sarflanishi;
4) qaysi manbalardan kelib tushishi;
5) pul mablag’lari turlari.
Respublikamizda xo’jalik sub’ektlariga nafaqat O’zbekiston milliy valyutasi so’mda balki boshka chet el valyutalarida ham banklarda hisob raqamlarini ochish imkoniyatlari berilgan. O’zR Markaziy bankining qaroriga ko’ra, barcha xo’jalik sub’ektlariga 1999 yil 1 iyuldan boshlab, bir necha banklarda o’zlarining turli valyutalardagi hisob raqamlarini ochish imkoniyati berildi. Pul mablag’larini valyutalarning turlari bo’yicha guruhlash ularning hisobini to’g’ri tashkil qilish imkoniyatini beradi. Ushbu guruhlar korxonalarning buxgalteriyasida sintetik, subhisobvaraq va analitik hisobvaraqlarni yuritish uchun asos qilib olinadi va korxonalarning hisob siyosatining tarkibiy qismi bo’lgan ishchi hisobvaraqlar rejasida o’z aksini topadi.
Buxgalteriya hisobining amaldagi hisobvaraqlar rejasida pul mablag’larining hisobi asosan ularning qaysi joyda saqlanishi bo’yicha yuritiladi.
Pul mablag’larining qaysi joyda saqlanishi bo’yicha quyidagicha turkumlash mumkin:
1. Korxona kassasida saqlanayotgan pul mablag’lari.
2. Bankdagi hisob raqamlarida saqlanayotgan pul mablag’lari.
3. Bankdagi valyuta hisob raqamlarida saqlanayotgan pul mablag’lari.
4. Banklarning maxsus hisob raqamlaridagi pul mablag’lari.
5. Yo’ldagi o’tkazmalar.
Ushbu belgi bo’yicha guruhlash asnosida pul mablag’larini buxgalteriya hisobini yuritishdagi ahamiyati shu bilan tavsiflanadiki, ular pul mablag’lari qaerda, qanday summada, kimning javobgarligida saqlanayotganligi, shuningdek ularning harakati to’g’risida aniq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Ushbu ma’lumotlar asosida korxonaning boshqaruv apparatida pul mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati vujudga keladi.
Korxona pul mablag’larining qaysi maqsadlarga sarflanishi bo’yicha guruhlash ham alohida ahamiyatga ega. Chunki pul mablag’larini qaysi maqsadlarga, qanday summalarda sarflash korxona iqtisodiyotining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Pul mablag’larini qaysi maqsadlarga sarflanishi bo’yicha guruhlash buxgalteriya hisobi amaliyotida unchalik keng qo’llanilmaydi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va uning tobora chuqurlashuvi korxonalarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standart talablari asosida ishlab chiqish zaruriyatini vujudga keltirdi. Shuning uchun ham, Respublikamizda 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan korxonalarning moliyaviy hisoboti mazmun va shakl jihatdan xalqaro standart talablariga ancha yaqinlashtirilgan. Ushbu moliyaviy hisobot va uning shakllari asosan tashqi foydalanuvchilarning korxona faoliyati bo’yicha ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgandir. Mazkur moliyaviy hisobotda birinchi marotaba korxonalarning faoliyat turlari bo’yicha xarajat va daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek amaldagi moliyaviy hisobotda pul oqimlari to’g’risida maxsus hisobot shakli mavjud bo’lib, unda pul oqimlari operatsion, investitsiyaviy va moliyaviy faoliyat bo’yicha guruhlanishi majburiy qilib qo’yilgan. Ushbu hisobot shakli korxonalarning pul mablag’larining qaysi maqsadlarga sarflanishi to’g’risida ma’lumot beradi (2.1-jadval).
2.1-jadval
Pul mablag’larining faoliyat turlari bo’yicha sarflanishi






Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling