Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 2.01 Mb.
bet68/524
Sana29.09.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1690029
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Kurs farqining hisobi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar har oyda balansning valyuta moddalarini hisobot oyining oxirgi kuniga va Markaziy bank kursi bo’yicha xo’jalik operatsiyalarini sodir etish sanasiga qayta baholashni amalga oshiradilar.
22-son BHMSda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:
a) kassadagi va bank hisobvaraqlaridagi valyuta mablag’lari;
b) to’lanishi yoki olinishi chet el valyutasida belgilangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kredit va qarzlar, pul ekvivalentlari va boshqa aktiv hamda majburiyatlar.
Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) xo’jalik yurituvchi sub’ektning chet el valyutasiga xarid qilingan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o’rnatiladigan uskunalari, kapital qo’yilmalari, tovar-moddiy zahiralari;
b) xo’jalik yurituvchi sub’ekt, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona ustav sarmoyasining miqdorlari va muassislari (ishtirokchilari) ulushlarining nisbati;
c) ustav kapitaliga va aktsiyalarga investitsiyalar.
Hosil bo’lgan kurs farqi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xohish-istagiga ko’ra bevosita kiritish yo’li bilan yoki jamg’arish yo’li bilan moliyaviy natijalarga hisobdan chiqariladi.
Bevosita kiritish usulida kurs farqlari yuzaga kelishiga qarab moliyaviy-xo’jalik faoliyat natijalariga kiritiladi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab jamg’arish usuli qo’llanilmaydi. 2019 yil 1 yanvargacha jamg’arilgan kurs farqlari moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga quyidagicha olib borilishi mumkin:
a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo’yicha - ularning to’lanishiga (yoki hisobdan chiqarilishiga) qarab;
b) qolgan hollarda - balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo’jalik operatsiyalarining sodir etilishiga qarab.
Jamg’arilgan kurs farqlari moliyaviy natijalarga chet el valyutasining bir birligiga to’g’ri keladigan kurs farqlarining o’rtacha miqdori bo’yicha olib borilishi mumkin.
Jamg’arish usulidan bevosita kiritish usuliga o’tayotganda ilgari balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida jamg’arilgan kurs farqlari hisob siyosati qabul qilingan taqvimiy yilning oxiriga qadar har oyda (teng ravishda) xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalariga hisobdan chiqariladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga kiritilgan musbat (manfiy) kurs farqi moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (xarajatlar) tarkibida hisobga olinadi.
Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushini chet el valyutasida kiritishi buxgalteriya hisobida, ulushni kiritish sanadagi Markaziy bankning kursi bo’yicha amalga oshiriladi.
Chet el valyutasida moliyaviy hisobotni tuzish uchun, O’zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun ishlatiladigan aktivlar va majburiyatlarning qiymati so’mlarda qayta hisoblanishi kerak. Chet el valyutasida aktivlar va majburiyatlar qiymatini so’mlarda qayta hisoblash ushbu chet el valyutasi uchun Markaziy bank kursining so’mga nisbatan kursi bo’yicha amalga oshiriladi.
Chet el valyutasida ifodalangan, 22-son BHMSning 15-bandida sanalgan va O’zRdan tashqarida faoliyat yuritish uchun ishlatiladigan aktivlar va majburiyatlarning qiymatini so’mlarda qayta hisoblash hisobot oyining oxirgi kuniga va xo’jalik operatsiyalarini sodir etish sanasiga Markaziy bankning kursi bo’yicha amalga oshiriladi (2.4-jadval).
2.4-jadval
Chet el valyutasida ayrim operatsiyalarni amalga oshirish sanalarining
RO’YXATI


Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling