Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi
Download 188.12 Kb.
|
Sarvnamolar
3-rasm Madjerum
Burilishlardan birida ko‘z oldingizda syurrealistik surat namoyish bo‘ladi: tog‘ yonbag‘ridagi toshli tashlandiq uy-qal’a. Ba’zi yerlaridagi devorlar to‘kilgan, shu sababli, ertakona shahardagi qadimiy xarobalarni eslatadi. Bu yer eski qishloq-qo‘rg‘on Madjerumdir. Tog‘ aholisi yaqin vaqtlarga qadar qoyador tog‘ darasida joylashgan mudofaa qishloqlarda istiqomat qilar edi. U yerga ko‘chmanchi-dushmanlar oyog‘i yetmasligi uchun tor yo‘lak orqali yetib olish mumkin bo‘lgan. Madjerum aholisi qo‘rg‘ondan XIX asrning 90-yillarida, xali O‘rta Osiyo Rossiyaga qo‘shilib, ko‘chmanchilar hujumi to‘xtatilishi bilan ko‘chib ketishgan. Eski qishloqdan bir muncha narida, ariqqa yaqin yerda Madjerum masjidi vayronalari bor. Masjid qoldiqlari oldida bahaybat archa atrofga o‘zining ignabarg iforini tarata, ko‘m-ko‘k bo‘lib o‘smoqda. Agar yo‘l boshlovchingiz mahalliy tojik aholisidan bo‘lsa, u sizga albatta daraxtni Aleksandr Makedonskiyning o‘zi urushda halok bo‘lgan lashkarboshi sharafiga ekkani haqidagi afsonani so‘zlab beradi. Faqat halok bo‘lgan sarkardaning ismini hech kim bilmaydi... Agar o‘zboshimchalik bilan sanalarni tarixiy voqealar bilan taqqoslashni boshlasangiz, hafsalangiz pir bo‘lib, yo‘l boshlovchingizni ham ranjitasiz. Shuning uchun chiroyli afsonaga ishonib qo‘yganingiz ma’qul. Tarixga nazar tashlasak, Aleksandr Makedonskiyning qo‘shini Kichik Osiyo, Suriya, Finikiya, Misr, Eronni zabt etib, 329 yilning bahorida Hinduqush tizmasidan o‘tishadi. Uch yil mobaynida Aleksandr Makedonskiy Baqtriya va So‘g‘dni egallab, Samarqandni zabt etadi va Sirdaryoga — saklar yeriga yo‘l oladi. Biroq, Nurota tog‘larigacha u yetib kelmagan. Lekin butun tog‘ atrofi qachonlardir archa o‘rmoni bilan qoplanganligi uydirma emas. Qachondir geologlar g‘arbiy Nurotadan tilla va yog‘och ko‘mir topishgan bo‘lib, archa shaxtalarini eritish uchun tayyorlashgan. Bugun esa bunga ishonish qiyin — tog‘ yonbag‘rilarida o‘tlar va siyrak butalargina o‘sadi. Atrofda bitta ham archa qolmagan, Nurota tog‘larida ham yuztadan sal ko‘proq qolgan. Shuning uchun ham bugungi kungacha bahaybat bo‘lib o‘sib kelayotgan bu daraxt ko‘zni quvontirish bilan birga hayratga ham soladi. Asrlik xotiralarni o‘zina sukunat bilan saqlab kelayotgan shohid magnit kabi o‘ziga tortadi. Barra ignabarg ifor koinot sirini saqlab turganday, go‘yo. Ehtimol, shu sababli madjerumliklar bu yerga masjid qurishgan. Uning devorlari bo‘y barobar saqlanib qolgan. Masjidning ichida va qarshisida yog‘och o‘yma ustunlar, bostirma to‘sinlarga ko‘zingiz tushadi. Baxtimizga, tarix yodgorligi sifatida mahalliy aholida maqbara, masjid va muqaddas joylardagi buyumlardan foydalanish qo‘llanmasi saqlanib qolgan. Mahalliy aholi ehtiyoji qanchalik kuchli bo‘lmasin, masjidning yog‘och bo‘laklaridan foydalanishmaydi, zero, bu gunoh hisoblanadi. Bu materiallarni faqat masjid va maqbaralar uchun foydalanish mumkin. Mana, bu pokizalik va tashlandiq meni, sayyoh sifati bu joyga kelishga chorlaydi. Bu yerda ko‘plab dindorlar yoki shunchaki chiziquvchan shaxslarni uchratmaysiz. Bu yer tinch va salqin, toza suv va ignabarg ifori ufirib, Madjerumning shildirab oquvchi suvi muhitida allalaydi. Sarv daraxtlari ming yillar davomida mavjud bo'lgan. Ko'pgina namunalar balandligi 100 futga etadi, bir yil ichida 24 dyuym o'sadi va 20 fut diametrli magistrallarga ega. Kipr daraxtlarida hasharotlar yoki kasalliklar bilan bog'liq muammolar kam va ular kuchli shamol va muzli bo'ronlarga chidamli. Azim archa (ilmiy nomlanishi - archa, qora archa Juniperus (sarv daraxti oilasi) daraxtsimon turi Oqsoqota vodiysida o‘sadi. Bu vodiy Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Uning baladligi 15 metr, poyasining diametri 1, 5 metrni tashkil etadi. Bu azim tarvaqaylab ketgan daraxtning yoshi 100 yildan ziyod, bunga archa yonidagi yozilgan taxtachada “Tabiat yodgorligi - davlat tomonidan qo‘riqlanadi. U taxmiman 1000 yoshda”. Ayni paytda bu taxtacha singan va yo‘qolgan. Daraxtning o‘zi yaxshi saqlangan, ko‘rinishidan hali salobatini yo‘qotmagan. Lekin ba'zi odamlarning va vodiyga kelgan qo‘y-qo‘zilarning to‘dasi bu archaning quyi shoxlarini sindirib tashlashi albatta achinarli hol. Mazkur archa ana shunday muhitda va boshqa daraxtlar orasida qaddini rostlab turibdi va uning yaqinida buloq bor. Shunday darxtlarning yana birining taxtacha yozuvi topilgan va u 600 yoshga to‘lgani ma'lum bo‘lgan. Download 188.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling