Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi


I.1.Sarvnamolar haqida ma’lumot


Download 188.12 Kb.
bet3/13
Sana05.05.2023
Hajmi188.12 Kb.
#1429714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sarvnamolar

I.1.Sarvnamolar haqida ma’lumot

Sarv (Cupressus) — sarvdoshlar oilasiga mansub igna bargli oʻsimliklar turkumi, bir uyli, doim yashil manzarali daraxt va butalar. Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Shim. Afrika, Jan.Sharkiy Osiyoning subtropik mintaqalarida 15 turi tarqalgan. Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda 11 turi masharali daraxt sifatida oʻstiriladi. Boʻyi 30 m dan ortiq, tanasining diametri 50— 60 sm, 200—300 yil, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 2000 yilgacha yashaydi. Urugʻkurtagi kup. toʻpguli 2-yili yetiladi. Ignabarglari yashil yoki havorang . Poʻstlogʻi qalin, qoramtirqoʻngʻir. Koʻproq doim yashil Sarvdoshlar turining piramidasimon (S. sempervirens) xili koʻp ekiladi. Manzarali bogʻdorchilikda ekiladigan xillari kup. Urugʻidan, manzarali xillari qalamchasidan va payvand qilib koʻpaytiriladi. Ignabarglari va novdalaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan efir moyi olinadi.



1.1 1-rasm. sarv
Sarvdoshlar turlaridan ihota oʻrmonlar, istirohat bogʻlari barpo etishda foydalaniladi. Yogʻochi mebel sanoatida ishlatiladi. Chiroyli shaklda oʻsishi tufayli Sharq sheʼriyatida majoziy maʼnoda sarvqomat yor obrazini tasvirlashda koʻp qoʻllanilgan. Tuya (Thuja), tuyya,biota — sarvdoshlar oilasiga mansub doim yashil bir uyli oʻsimliklar turkumi. 5 turi Sharqiy Osiyo togʻlarida (Gʻarbiy Xitoy, Koreya, Yaponiya) va Sharqiy Amerikada tarqalgan. Dare qirgʻokdari pastliklarida va botqokliklarda usadi. Daraxti bal. 12–18 m, baʼzida 45– 60 m ga boradi. Shoxshabbalari piramidasimon yoki konussimon. Shoxlari yotik, yoki tik koʻtarilgan. Novdalari nozik, qattiq barglari bilan birga toʻkiladi. Barglari tangasimon. Urugʻlari yapaloq, qanotli, smolali. Ikki turi — gʻarb T.si (T. occidentalis; boʻyi 12 m gacha, iyunda gullaydi, 100 yildan ortiq yashaydi) va ulkan shoxshabbasi tigʻiz piramidasimon, yogʻochi qimmatbaho) shaharlarni koʻkalamzorlashtirishda ekiladi. Madjerum archasi yoshi bir yarim ming yildan kam bo‘lmagan tabiat yodgorligidir. Daraxtning uchta yirik shoxi vaqt mashaqqati tufayli, deyarli yerda yotadi. Istagi amalga oshishi istagidagilar daraxt shoxiga mato bo‘lagini bog‘lashlari kifoya. Shoxlarda rang-barang mato bo‘laklari, dastro‘mollar osilib turipti, ularni sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va bardavom nasl so‘rab bog‘lashgan. Shuningdek, daraxtning uchta shoxi tagidan o‘tib, uning shoxlaridan biriga dastro‘mol bog‘lagan ayolning farzandi kutilgan sanada tug‘ilar ekan. Madjerum archasi (sharq biotasi) — Nurota-Qizilqum biosfera zahirasi maydonida o‘suvchi tabiat yodgorligi. Tahminiy yoshi bir yarim ming yil. Nurota tog‘larining Madjerum qishlog‘ida, suv tegirmonidan 300 metr balandlikda, soyning chap qirg‘og‘idan 50-60 metr masofada joylashgan (Jizzax viloyatining Forish tumani). Poya aylanasi 24 metr, markaziy shox aylanasi 12 metr, oldida masjid qoldiqlari va eski qishloq joylashgan. Bu sirli joyga kutilmaganda keldim. Aslida, madjerum biotasi yoki bu yerliklarning so‘zi bo‘yicha archani qishning o‘rtasida Madjerum qishlog‘iga kelganimda ko‘rganman. Ammo bunday sayohat menga shunchalik manzur bo‘lganki, bundan buyon meni bu kabi sermazmun sayohatdan qaytarish juda qiyin Zero, yo‘limizda uchraydigan archa, muqaddas qoya, g‘or yoki mato parchasini bog‘lab, tilak qilish bilan birga, soyada hordiq chiqarib, toza muzdak ichib, shunchaki, mangulik o‘yini surish mumkin. adjerumsoyda bo‘lgan kishi bahaybat daratning shox-shabbalari tegida o‘tirarkan,



    1. Download 188.12 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling