Guliston davlat universiteti dehqonova L murodqulov o. Eski o’zbek yozuvi fanidan o’quv uslubiy majmua Guliston-2018 Dehqonova L. Murodqulov O. Eski o’zbek tili va yozuvi Gulistan, 2013


Download 0.64 Mb.
bet24/59
Sana18.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1210079
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
portal.guldu.uz-Eski yozuv majmua

Fanning maqsadi: “Eski o`zbek tili va yozuvi” fani talabalarni arab grafikasi asosidagi eski o`zbek yozuvi bilan tanishtiradi.
O`zbek tili va adabiyoti, tarix yo`nalishi bo`yicha tahsil olayotgan har bir talaba o`zbek tilining o`tmishi, tarixiy voqealar, joylardagi jamiyat va tabiat hodisalarining mohiyatini anglab olishlari uchun bu yozuv va uning tili xususiyatlarini yaxshi bilishlari lozim. Bu fanni o`qitishdan maqsad o`zbek tili va adabiyoti yo`nalishidagi talabalarni bir tomondan eski o`zbek yozuvi va tilining amaliy bilimlari bilan qurollantirish bo`lsa, ikkinchi tomondan, bu fanni o`qitish bilan talabalarni til tarixi fanlariga ham tayyorlashdir. Tarix yo`nalishlari talabalari uchun esa bu fan yordamchi tarix fanlari vazifasini bajaradi.
Fanning vazifalari:
“Eski o`zbek tili va yozuvi” fanining vazifalari:
- talabalarni arab yozuvi asosidagi eski o`zbek yozuvini yozish va o`qishga o`rgatish;
- eski o`zbek tilida yaratilgan yozma yodgorliklar matnini qiynalmasdan o`qish ko`nikmalarini shakllantirish;
- eski o`zbek yozuvining o`ziga xos xususiyatlarini egallash;
- bu yozuvni o`rta darajadagi xattot darajasida yoza olish;
- matnlarni sharhlab o`qish;
- matnshunoslik va manbashunoslik haqida dastlabki ma'lumotlarni olish.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling