Guliston davlat universiteti dehqonova L murodqulov o. Eski o’zbek yozuvi fanidan o’quv uslubiy majmua Guliston-2018 Dehqonova L. Murodqulov O. Eski o’zbek tili va yozuvi Gulistan, 2013
Download 0.64 Mb.
|
portal.guldu.uz-Eski yozuv majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar
- Mavzu: Forsiy izofa Darsning maqsadi
Muhokama uchun savollar:
1. Izofa nima? 2. Arab izofasi ko`rsatkichi nima? 3. Shamsiy harflar nechta? 4. Qamariy harflar nechta? Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari 1. Quyosh harflarini uch qatordan ko`chirib yozing va yod oling 2. Oy harflarini uch qatordan ko`chirib yozing va yod oling 3. Quyidagi atoqli otlarni to`g`ri o`qing, qanday yozilishi va o`qilishini tushintiring, daftaringizga ko`chirib oling: 4. Tubandagi kishi ismlarini eski o`zbek yozuviga aylantiring, o`qilishi va yozilishiga diqqat qiling: Muhiddin, Hikmatillo, Rahmatullo, SHukurullo, Husniddin, Abduqahhor, G`iyosiddin, Ubaydullo, Sayfiddin, Habibullo, Amrullo, Abdusattor, Ramziddin, Hifziddin, Nasrullo, Sa’dullo, Abdulla Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar: 1. Izofa ﺍﺿﺎﻔة so`zining lug`afiy ma’nosi qo`shish va bog`lash 2. Arab izofasininig ko’rsatkichi ﻟﻞ al artiklidir 3. ﻟﻞ al artiklidan so’ng shamsiy harf kelsa ikkilanib o’qiladi. MAVZUGA OID ADABIYoTLAR: 1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989 2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994 3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995 4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994 Mavzu: Forsiy izofa Darsning maqsadi: Talabalarga fors izofasi haqida tushincha berish. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga vazifani so`rash. 3. Yangi mavzu bayoni. 4. Darsni mustahkamlash. 5. Uyga vazifa berish. REJA: 1. Fors izofasi haqida. 2. Foriy izofa artikli qaysi. 3. Mashqlar bajarish. Eski o`zbek yozuvi yodgorliklari tilida arab izofali birikmalariga qaraganda forsiy izofali birikmalar juda ko`p. Ular yozma yodgorliklar tiliga qo`shnichilik va qardoshlik aloqalari yo`sinida shunchaki kirib qolgan emas, balki jonli grammatik vosita sifatida tilda muhim vazifa bajargan. Ma’lumki, arab va fors izofalari mohiyat e’tibori bilan hamda so`z tartibi jihatidan o`zbek tiliga teskari. O`zbek tilida oldin aniqlovchi, so`ngra aniqlanmish kelsa, arab va fors tillarida aksincha holatni ko`ramiz. Forsiy izofali birikmalarning ba’zilari hozir ham adabiy tilimizda, shuningdek, xalq jonli so`zlashuv nutqida mavjud, ular asrlar mobaynida tilga butunlay singishib ketgan. Misollar:
Agar tilidagi izofa ko`rsatkichi al (ul) bo`lsa, fors-tojik tilida (i) tovushidir. Forsiy izofa ko`rsatkichi, odatda, yozuvda aks etmaydi. Lekin u ba’zi istisnolardan ham holi emas. Agar aniqlanmish ma’nosidagi so`zning so`nggi tovushi undosh tovush bilan tugasa, unday holda yozuvda hech qanday belgi qo`yilmaydi. Lekin talaffuzda aniqlanmish bilan aniqlovchi (qaratqich va qaralmish) o`rtasiga albatta i tovushi qo`shib aytilishi shart. Misollar:
Bordi-yu, aniqlanmish a unlisi bilan tugasa, u holda aniqlanmishdan keyin hamza belgisi qo`yiladi va i tovushi sifatida talaffuz qilinadi. Misollar:
Maboda aniqlanmish u yoki o` unlilari bilan tugasa, ulardan keyin (ye, yi) harfi yozuvda ifodalanishi kerak, masalan:
Eslatma: Shuni ta’kidlash kerakki, izofali birikmani o`qiganda alohida emas, balki bir butun umumiy intonasiya bilan talaffuz qilinishi lozim. Shuning uchun ham izofali birikmalar, odatda, butun bir sintaktik birlik sifatida tushuniladi. Xullas, eski o`zbek tilida, ayniqsa, klassik she’riyatimizda forsiy izofadan keng foydalanilgan. Adabiy tilda va jonli nutqda forsiy hamda turkiy izofa barobar qo`llanilgan. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling