Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Morguzor tizmasida bu yarus ikki qismga bo‘linadi: 1)


Download 1.47 Mb.
bet9/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

Morguzor tizmasida bu yarus ikki qismga bo‘linadi: 1) tizmaning yon-bag‘irlari yalong‘och och - qo‘ng‘ir tusli konglomerat yotqiziqlardagi suvayirg‘ich gryadali past tog‘lardan iborat. Molguzor tog‘larining janubiy yon-bag‘irlarida ham pasttog‘li yarus g‘arbdan-sharqqa qarab ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi qumtoshli slanetslardan tuzilgan gryadali past tog‘lar, uning g‘arbiy chegarasi Amir Temir darvozasi, sharqiy chegarasi Avliyo daryosi. Past tog‘li yarusning bu qismida erozion jarayonlar uncha kuchli emas, yon-bag‘irlar uzun va tekislangan. SHuning uchun bu yarusda shudgor qilinib bahorikor ekinlar ekiladi. 2) YArusning ikkinchi qismi – devon davrining slanetslaridan tuzilib, kuchli emirilgan va Avliyo – Jontiq daryolarining o‘rtasida joylashgan. Relefning asosiy shakllari – tor ulamalar, ular g‘arbiy va sharqiy yon-bag‘irlari tik jarliklar, tog‘ soylari va boshqalardan iborat. 3) Uchinchi pog‘ona bu – ulama pasttog‘lar. Bu erda yarus tog‘larning eng pastki poyasini egallab, 600 m dan 1800-2000 m balandlikkacha joylashgan.
YArusning geologik tuzilishida har xil tog‘ jinslari ishtirok etib ular ohaktosh, slanets, qumtoshli slanets va boshqalardan iboratdir. Ularning yoshi-yuqori silur va devon davriga to‘g‘ri keladi. Ba’zan bu erda neogen konglomeratlari ham uchraydi, shunday bo‘lsada hamma tog‘ jinslari lyossimon suglinkalar bilan qoplagan. Ulama pasttog‘li yarusda relef shakllarining paydo bo‘lishida denudatsiya-erozion jarayonlar katta rol o‘ynaydi. Gipsometrik holatning nisbatan uncha baland bo‘lmaganligi va qurg‘oqchil iqlim bilan xarakterlanganligi uchun bu yarus o‘ziga xos emirilish (parchalanish) shakllariga ega bo‘lib, bu erda arid-denudatsion relef tipi xarakterlidir.
Vertikal tabaqalanish amplitudasi 150-300 m dan iborat bo‘lib, yon-bag‘irlar nisbatan (7-200)gacha yotiq. Yirik ko‘ndalang daryo vodiylari bu yarus hududida kengayib, vodiylar va terrasalar hosil qiladi. YArus juda ko‘p soylar va ularning shaxobchalari bilan qoplanib, soylar o‘rtasidagi suvayirg‘ich maydonlari ancha keng, ayrim joylarda shudgor qilingan. Ulama past tog‘li yarus tuzilgan tog‘ jinslarining xarakteriga va tabaqalanish darajasiga qarab, ular morfologik farqqa va har bir tog‘ massivida o‘zining alohida xususiyatiga ega. Masalan, CHumqortov tizmasining shimoliy yon-bag‘irda yarus ikki qismga bo‘linadi: unda shimoliy yon-bag‘irning g‘arbiy qismini (Oqqurg‘on daryosidan g‘arbda) egallagan slanets tog‘ jinslaridagi past tog‘lar va daryodan sharq tomon tik qiya bo‘lib, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qayir usti terrasalarini qamrab olgan allyuvial-proyuvial tekislik bo‘lib, uning usti qismidan Toshkent davrining qalin lyossimon suglinkalari bilan qoplangan. Bu yarus yuzasi soy, jar, balkalar, daryo vodiylari kabi ko‘rinishlar bilan kuchli parchalangan. Umuman, yarusning tekislik qismi keng to‘lqinsimon relefga ega, ayrim joylarda keng tepaliksimon shaklga ega bo‘ladi. YOn-bag‘irlarda antropogen terrasalashtirish kuchli rivojlangan. SHunday qilib, baland tog‘ oldi tekisliklari yarusi geologik tuzilishi bo‘yicha lyossimon tog‘ jinslarining keng tarqalishi bilan, hamda geomorfologik jihatdan suv eroziyasi rivojlangan kuchli parchalangan relefi bilan ajralib turadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling