Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


-mavzu: O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi


Download 1.47 Mb.
bet11/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

3-mavzu: O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi


Reja:
1. O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari.
2. O‘rta Osiyoning tektonik tuzilishi.
Asosiy tushuncha va iboralar: suvayirg‘ich, geotizim, tizma, paleogeografiya, intruziya, strukturalar, bloklar, botiq, cho‘kma, tog‘ tuguni, qalqon, plato, plita, yassi tog‘, sertepa tekislik, daryo o‘zani, daryo vodiysi, tog‘oraliq vodiysi, tog‘ oraliq botiqlari. Geologik taraqqiyot bosqichlari, geoxronolgik jadval.


1-savol bayoni: O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. O‘rta Osiyo tog‘li qismining geologik tuzilishida barcha geologik jarayonlarning tog‘ jinslari qatnashadi, lekin ularning geologik kesimlari rayonlarda bir-biridan farq qiladi. Barcha harakatchan oblastlarda bo‘lgani kabi, tog‘ jinslarining qalinligi va ular tarkibi tez o‘zgarib turadi. Umuman olganda O‘rta Osiyo tog‘li qismining 80% i paleozoy davrining yotqiziqlaridan tashkil topgan.
Kemberiygacha bo‘lgan yotqiziqlar O‘rta Osiyo hududida keng tarqalgan. Kemberiy yoshiga ega bo‘lgan tog‘ jinslari ko‘proq Tyanshanning shimoliy tizmalarida va Janubiy-G‘arbiy Pomirda joylashgan. Bu geologik davrning tog‘ jinslari, kuchli metamorflashgan bo‘lib, har xil gneys, kristall, slanets, marmar, kvarsitlar va boshqa tog‘ jinslaridan iboratdir. Eng dastlabki paleozoy yotqiziqlari ko‘proq asosan Tyanshan tog‘ tizimlarining SHarqiy va Janubiy tizmalarida uchrab, mutlaqo xilma-xil fatsial tarkibga ega bo‘lgan dengiz yotqiziqlaridan iborat. Ordovik davriga mansub bo‘lgan yotqiziqlarning qalinligi Qirg‘iz tizmasida 7-10 km ga teng. SHimoliy Tyanshanda intruzuv tog‘ jinslari juda keng tarqalgan. Intruziv jarayonlar ayniqsa, kuchli namoyon bo‘lgan Ordovik davrining ikkinchi yarimiga to‘g‘ri keladi. Intruziv tog‘ jinslarining tarkibi asosan granit va granodioritlardan tashkil topgan. O‘rta paleozoy davri yotqiziqlarining tarqalishi, undan oldin bo‘lib o‘tgan kaledon tog‘ burmalanishi natijasida vujudga kelgan sharoitlar vaqti bilan belgilanadi. Kaledon tog‘ hosil bo‘lish, yoki kaledon burmalanishi vaqtida hosil bo‘lgan Tyanshanning shimoliy tog‘ tizmalarida silur, devon yotqiziqlari qatnashmaydi.
Tyanshanning boshqa qismlarida, Pomir-0loy va Pomirda o‘rta paleozoyda geosinklinal rejim saqlanib qolganligi uchun bu davr yotqiziqlari keng tarqalgan. Ayniqsa, Hisor, Zarafshon tizmalarida o‘rta paleozoy davrining yotqiziqlari juda keng tarqalgan va ularning qalinligi Hisor, Oloy tizmalarida silur davrining qalinligi 6-6,5 km gacha, devon davrida esa, 2 km gacha etadi. Nurota tizmasida o‘rta devon yotqiziqlari ham keng tarqalgan. Turkiston, Zarafshon, Hisor tog‘ tizmalarida silur yotqiziqlari ohaktosh, asosan, marmarlashgan ohaktoshdan va slanets (kristalik hamda glinali)lardan iborat bo‘lib, ular tog‘ massivlarining tuzilishini belgilaydi.
Devon davrining yotqiziqlari ham Pomir-Oloy va Pomir tog‘larida keng tarqalgan. Devon davri yotqiziqlari asosan ohaktoshdan iborat. Lekin, devon ohaktoshlari Silur davrining ohaktoshlaridan farq qilib, boshqacha ximik va fizik xususiyatlarga ega, shuning uchun ham devon ohaktoshlarida ajoyib tabiiy jarayon-karst hodisasi keng tarqalgan. Qaerda devon yotqiziqlari tarqalgan bo‘lsa, albatta, o‘sha joyda karst hodisasi uchraydi. Masalan, Zarafshon tizmasining CHaqilkalon tog‘ massivida 2500 m dengiz sathidan balandlikda 40 km.kv maydonda faol karst hodisalari: karst shaxtalari (dunyoda 3-chi o‘rinda turuvchi «Kilsi» karst shaxtasi), karst g‘orlari, karst varonkalari va boshqalar juda ko‘p uchraydi.
Hisor tizmasining Janubi-G‘arbiy chekkasida katta maydonda tarqalgan karst hodisalari (karst voronkalari, g‘orlar va boshqalar) ham devon davrining ohaktoshlariga mansubdir. O‘rta Osiyoning geologik tuzilishining noyob xususiyatlaridan yana biri shundan ibortki, u gersin burmalanishi (tektogenezi) bilan, magmatik jarayonlarning faollashishiga bog‘liq. SHuning uchun ham Tyanshanning SHarqiy va Janubiy qismi hamda Pomir-Oloyda intruziv tog‘ jinslari keng tarqalgan. Intruziv tog‘ jinslari tarqalgan maydonlar ko‘pincha chuqur bo‘laklarga (er siniqlarga) ajraladi. SHulardan biri – Hisor plutoni nomi bilan ataluvchi intruziv maydondir. U 5,5 ming km. kv. hududni egallab turadi. Gersin orogenezi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir intruziv maydon bu – Qoratepa (Zarafshon tizmasi) batolitidir. Qoratepa tog‘i Zarafshon tizmasining davomi bo‘lib asosan intruziv tog‘ jinslaridan (granit va granodioritlar) tuzilgan. SHunday qilib, paleozoy tog‘ jinslarida intruziv maydonlar ko‘tarilib turishi bilan ajralib turadi. Masalan, Nurota tizmasida 13 dan ortiq intruziv maydonlarning ko‘tarilib turishi aniqlangan.
Bo‘r va paleogen davrining yotqiziqlari O‘rta Osiyo tog‘larida uning faqat chekka, hali to‘liq yuvilib ketmagan joylarida saqlanib qolgan. Masalan: Zirabuloq va Ziadin tog‘larining asosiy qismi paleozoy tog‘ jinslardan tuzilgan, lekin tog‘ oldi zonasida bo‘r va paleogen davrining yotqiziqlari keng tarqalgan.
O‘rta Osiyoning tekislik qismida paleozoy yotqiziqlari har xil (950 m dan 2800 m gacha (Quyi Amudaryo), Markaziy Qoraqumda 1600 m dan 2400 m gacha) chuqurlikda yotadi. Markaziy Qizilqumning orol shaklida chiqib turgan – Bukantog‘, Muruntov, Quljuqtog‘ va boshqa tog‘larida paleozoy davrining yotqiziqlari er yuzasiga yaqin joylashgan. O‘lkaning tekislik qismida shuningdek, har xil chuqurlikka va har xil qalinlikka ega bo‘lgan bo‘r davrining yotqiziqlari keng tarqalgan. Ular yashil glina tusiga ega. Qoraqum va Qizilqum sahrolarining yuza qismi 100-120 m qalinlikdagi qumlar bilan qoplangan. Bu erda tog‘ va tog‘ oldi tekisliklari lyoss va lyossimon yotqiziqlardan tuzilgan bo‘lib, lyossning eng qalin joylari Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘ridagi tog‘ oldi tekisligida 120 m gacha etadi. Bundan tashqari O‘rta Osiyoning daryo vodiylari va daryo terrasalarida allyuvial yotqiziqlar va antropgen yotqiziqlar keng tarqalgan.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling