Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


-savol bayoni: O‘rta Osiyoning tektonik tuzilishi


Download 1.47 Mb.
bet13/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

2-savol bayoni: O‘rta Osiyoning tektonik tuzilishi. O‘rta Osiyo o‘lkasi murakkab tektonik tuzilishga ega. Uning bu murakkab tabiiy xususiyatlari I.V.Mushketov, A.D.Arxangelskiy, P.B.Baratov, Akramxo‘jaev va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Tektonik tuzilishi jihatdan O‘rta Osiyo hududi eng avvalo ikkita qismga (blokka) bo‘linadi: 1.Asosan pasttekislikdan iborat Turon plitasi. Ushbu plita platforma bilan geosinkinal rejim o‘rtasida rivojlangan tektonik tabiatga ega bo‘lib, barqaror xususiyatlarga ega bo‘lgan tizimdir; 2.Orogen oblast. Bu tektonik birlik o‘lkaning butun tog‘li qismini egallab, geosinkinal rejimga ega emas, chunki vulqon harakatlar yo‘q, lekin u platforma ham emas, ammo tektonik jihatdan faol (aktiv) zona hisoblanib, yiliga 1000 martagacha er qimirlaydi. Ajablanarli tomoni 1920 yillarning o‘rtalarida yirik rus olimi A.D.Arxangelskiy, Tyanshan va Ural tog‘lari tektonik jihatdan bog‘liq degan fikrni aytgan edi. Ammo, shu vaqtga qadar, bu buyuk olimning fikriga shubha bilan qarab keldilar. Lekin, 1960 yillarning oxirlarida kosmosdan olib borilgan maxsus kuzatishlar va tekshirishlar akademik A.D.Arxangelskiy gipotezasining to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi.
O‘rta Osiyo tog‘lari genetik jihatdan har xil orogenez (tog‘ hosil qiluvchi davrlar)larda, ya’ni har xil tog‘ hosil qiluvchi ma’lum tektonik fazalarda paydo bo‘lgan. Unda sharqiy Tyanshan Kaledon burmalanishida shakllangan bo‘lsa, o‘lka tog‘li qismining juda katta qismi Gersin burmalanishida sodir bo‘lgan. Pomir va Kopettog‘ eng yosh burmali tog‘lar bo‘lib Bo‘r davridan keyin Alp burmalanishida vujudga kelgan.
O‘rta Osiyo hududining tog‘li qismida, odatda, quyidagi birinchi darajali tektonik tizimlarni ajratadilar: megaantiklinal va megasinklinal. Megaantiklinal tuzilmaga misol: Turkiston, Zarafshon, Hisor va boshqalar. Megasinklinalga misol: Zarafshon botig‘i, Qashqadaryo botig‘i, Surxondaryo botig‘i va boshqalar. Megaantiklinallar o‘z navbatida ikkinchi darajali tektonik tuzilmalar antiklinallardan iboratdir. Bunga misol qilib Zarafshon megaantiklinalidagi quyidagi ikkinchi darajali tektonik tuzilma – antiklinallarni ajratish mumkin: CHaqilqalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziadin; Zarafshon megasinklinalida (Zarafshon vodiysida): Panjakent, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Buxoro, Qorako‘l va boshqalar. O‘rta Osiyo tog‘li oblastining katta qismi 9 balli er qimirlash zonasiga kiritiladi.
XIX va XX asrlarda aholisi zich joylashgan barcha vohalarda er qimirlash bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa CHu vohasidagi (1885 y), Olma-Ota (1887y), Hisor vodiysidagi Qoratog‘ (1907 y), Surxon vodiysidagi Xait (1944 y), Ashxabod (1949 y) va Toshkent (1966 y) er qimirlashlari juda kuchli bo‘lib, aholiga juda katta zarar keltirdi. Ba’zi bir er qimirlashlarning markazlari aholi punktlaridan uzoqda joylashib, aholi manzilgohlariga ko‘p zarar keltirmadi. Bunga Issiqko‘lning shimoliy qirg‘og‘idagi Kebin (1911 y) CHotqol (1946 y) va boshqa er qimirlashlarini misol keltirish mumkin. SHuni aytish kerakki, ko‘pincha kuchli er qimirlashlar tog‘ oldi hududlarida kuzatilgan. Lekin ayrim kuchli er qimirlashlar O‘rta Osiyoning tekislik qismida ham bo‘lib o‘tgan. Bunga misol qilib, Qizilqum cho‘lidagi 1976 yilning 8 aprel va 17 may kunlari Gazli, 1984 y va 20 martda Gazliga yaqin hududlarda bo‘lib o‘tgan er qimirlashlarni aytish mumkin. Bu zilzilalarning kuchli er qimirlash «markazi» hisoblangan o‘chog‘ida 9-10 ballga etgan. Ayrim yirik olimlarning, masalan, akademik YAnshinning fikricha, Qizilqumdagi (Gazlidagi) er qimirlashida antropogen omilning ham ta’siri bor.
Toshkentdagi 1966 yildagi er qimirlashidan keyin, 1966 yili O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida maxsus Zilzilashunoslik (Seysmologiya) instituti tashkil etildi. Bu institutga uzoq vaqt dunyoga mashhur olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi G‘.O.Mavlonov rahbarlik qildi. Bu olim rahbarlik qilgan Zilzilashunoslik instituti nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyo va shu mintaqa uchun juda xos bo‘lgan xavfli tabiiy hodisaning tarqalash xususiyatini, sabablarini va boshqa jarayonlarini tekshirishda juda katta muvafaqqiyatlarga erishdilar. Institut xodimlari er qimirlashni bashorat qilishda zilzilaning ilmiy asoslangan va juda ishonchli darakchi belgilarini, ularning davriy takrorlanishini ishlab chiqdilar. Ayniqsa, er qimirlashidan oldin «Toshkent» mineral suvining tarkibini o‘zgarishiga qarab bashorat berish juda ishonchli vositalardan biri ekanligini ko‘rsatdi.



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling