3-mavzu. Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari tavsifi. (2 soat).
Maynerlar va ularning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyati; Kriptovalyutalar – raqamli iqtisodiyotning aktivi sifatida; Raqamli iqtisodiyot sharoitida moliya-bank tizimining transformatsiyasi.
III. Amaliy mashg’ulotlar mazmuni:
1.Mavzu: Raqamli iqtisodiyot va uning asosiy tarkibiy qismlari. Xesh-funksiyalar (2 soat).
Reja:
Raqamli iqtisodiyotning amaliy ahamiyati
Xesh-funksiyalar bilan ishlash
2.Mavzu: BigData va Blokcheyn texnologiyalari. Tranzaksiyalar (2 soat).
Reja:
PyCharm dasturlash muhitini o'rganish;
ommaviy Bitcoin blokcheyn misolida blokcheyn dasturlashning asosiy tamoyillari bilan tanishish;
bajarilgan ishni isbotlashning konsensusidan nazariy ko'nikmalarni mustahkamlash;
3.Mavzu: Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari. (2 soat).
Reja:
Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari bilan amaliy ishlash
Iqtisodiy masalalar
III.2. Amaliy mashg`ulotlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulot kompyuterlar va proektor bilan jixozlangan xonada olib boriladi. Amaliy mashg’ulotda Talabalar kasbiy sohasiga doir bo’lgan kompyuter, texnik qurulmalar, internet tarmog’idan va dasturiy ta’minotlardan foydalanib amaliy ishlanmalarni belgilangan professor-o’qituvchilar nazoratida olib borishadi. Asosan amaliy mashg’ulotlar Talabalarning bilim darajasini faollashtish uchun juft bo’lib jamoada kichik guruxlarda ishlash, baxs-munozara aqliy xujum, muammoli vazifalar, “Bumerang”, “Klaster”, “Baliq skleti”, konferentsiya kabi metodlar orqali mashg’ulot tashkil qilinadi.
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkaziladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |