Talabaning mustaqil ishlari
Ushbu mustaqil ish shakllariga o‘qituvchi tomonidan hech qanday ko‘rsatma berilmaydi va baholanmaydi, balki Talabaning o‘zi qiziqishlaridan kelib chiqib ularni amalga oshiradi. Fanni o‘qitishda quyidagi TMI shakllari qo‘llaniladi.
V.2. Mustaqil ta’limni o`zlashtirish tartibi.
Talabalar mustaqil ta’limini auditoriya va auditoriyadan tashqarida bevosita o’qituvchi rahbarligida va mustaqil o’qib o’rganib mustaqil ishini o’zlashtirib boradi. Har bir Talaba mustaqil ish mavzusi yuzasidan xar bir darsda o’qituvchidan tegishli tavsiyalar olib kasbiy sohasiga bog’lagan holda taqdimot tayyorlaydi va mustaqil ishi mustaxkamlanib boriladi. Talabaning amaliy va Laboratoriya mashg’ulotlarida bajargan mustaqil ishi taxlil qilinib baholanib boriladi. Mustaqil ish tayyor bo’lgandan so’ng, Talaba taqdimotini guruhda ximoya qiladi va guruh bilan jamoaviy baholanadi. Mustaqil o’rganish uchun tavsiya etilgan asosiy va qo’shimcha adabiyotlardan tashqari o’quv, ilmiy adabiyotlardan xam foydalanib boradi. Bunda rus va xorijiy adabiyotlardan to’gri foydalanganlik uchun Talabalar rag’batlantirilad. Internet tarmog’idan to’g’ri foydalanish, mustaqil ish mavzusi yuzasidan foydalangan saytlar bilan ishlash ko’nikmalari uchun xam qo’shimcha reyting ballari bilan baholanadi.
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha Talabalar tamonidan taqdimot tayyorlash va uni taqdim qilish tavsiya etiladi.
VI. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida Talaba:
«Blokcheyn texnologiyalari» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida Talabaant:
Raqamli iqtisodiyot va uning asosiy tarkibiy qismlari, BigData va Blokcheyn texnologiyalari, raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari tavsifi, raqamli iqtisodiyotda elektron tijoratning rivojlanishi, elektron tijoratda ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash, elektron tijorat muammolari va unga bo’lgan tahdidlar, kriptovalyutalar bozoridagi elektron tijorat, kriptovalyutalar elektron tijorat bozorining rivojlanishi, elektron tijoriy muhitni shakllantirishda raqamli texnologiyalar, elektron tijoratda bank-moliya hizmatlarni raqamlashtirish haqida bilimga;
BigData va Blokcheyn texnologiyalarida zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari bilan ishlash, raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari, elektron tijoratda ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash, elektron tijorat muammolari va unga bo’lgan tahdidlarning oldini olish, kriptovalyutalar bozoridagi elektron tijorat, kriptovalyutalar elektron tijorat bozorining rivojlantirish, elektron tijoriy muhitni shakllantirishda raqamli texnologiyalarni qo’llash, elektron tijoratda bank-moliya hizmatlarni raqamlashtirish haqidagi kо‘nikmaga;
zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari bilan ishlash; algoritmlar tuzish; statistik ma’lumotlarga ishlov berish; BigData va Blokcheyn texnologiyalarida ishlash; axborot texnologiyalaridan raqamli iqtisodiyot jarayonida foydalanish; kriptovalyutalar bozoridagi elektron tijoratdan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda qо‘llay olish; raqamli iqtisodiyotda axborotni tavsiya etishning kompyuterli texnologiyalardan foydalana olish bо‘yicha malakasiga ega bо‘lishi lozim.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |