Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

QO‟SHILGAN QIYMAT SOLIG„I (QQS). 
3-masala. Qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchi korxona 1200 ming 
so‗mga qo‗shilgan qiymat solig‗i bilan 400 kg bo‗yoq sotib olgan. Sotib 
olingan bo‗yoqdan: 

50 kg sifati yomon bo‗lganligi uchun sotuvchiga qaytarib berilgan; 

100 kg tekinga bolalar bog‗chasiga berilgan; 

20 kg korxona klubini ta‗mirlash uchun ishlatilgan; 

180 kg ming ishlab chiqarish uchun ishlatilgan; 
Aniqlang: 
Korxona qo‗shilgan qiymat solig‗i qaysi qismini hisobga kiritish 
huquqiga ega?
4-masala. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‗lgan korxona huquqiy 
xizmat ko‗rsatilishi uchun Germaniyaning yuridik korxonasi bilan shartnoma 
tuzdi. 
Germaniya yuridik korxonasi 12000 AQSh dollariga huquqiy xizmat 
ko‗rsatdi, xizmat ko‗rsatilganlik haqidagi dalolatnoma imzolaniyotgan vaqtda 


211 
O‘zbekiston Respublikasida dollarning kursi 1 AQSh dollari uchun 1607 
so‗mni tashkil etgan. 
Aniqlang: 
Import qilingan xizmat uchun qo‗shilgan qiymat solig‗ini hisoblang? 
5-masala. Qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchisi bo‗lgan qayta ishlash 
korxonasi joriy yilda quyidagi ko‗rsatkichlarga ega: 

mahsulotni sotishdan tushgan tushum-2400 ming so‗m; 

bunda qaytarib berilishi lozim bo‗lgan idishning narxi-150 ming so‗m; 

tekinga tannarxi bo‗yicha 100 ming so‗mlik maxsulot berilgan. 

Olingan jarima summasi-30 ming so‗m; 

Bankdan olingan foizlar-12 ming so‗m; 

200 
ming 
so‗mga 
korxona 
tomonidan 
nomoddiy 
aktivlar 
sotilgan(boshlang‗ich narxi-600 ming so‗m, to‗plangan amortizatsiya-420 ming 
so‗m); 

nolikvid xom-ashyo zaxiralari sotishdan tushgan tushum-96 ming so‗m, 
ularning tannarxi-85 ming so‗m; 
Hisobvaraq-fakturada olingan qo‗shilgan qiymat solig‗i: 

xom ashyo uchun-480 ming so‗m; 

ishlab chiqarish inshootlarini ijaraga berishdan-150 ming so‗m; 

uyali aloqadan-60 ming so‗m; 
Aniqlang: 
Joriy davrda davlat byudjetiga to‗lanishi lozim bo‗lgan qo‗shilgan qiymat 
solig‗i necha so‗mga teng? 
6-masala. Qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchi korxona ko‗rpa tikib 
chiqaradi.
Bitta ko‗rpaning tannarxi-5ming so‗m. Qo‗shilgan qiymat solig‗isiz 
bitta ko‗rpaning sotish narxi –9 ming so‗m. 
2011 yil joriy davrda sotilgan ko‗rpalar: 

300 ta – ichki bozorda; 

500 ta – erkin valyutaga eksport qilingan (9 ming so‗mga ekvivalent 
bo‗lgan narxda). 
Bundan tashqari 10 tasi bolalar bog‗chasiga tekinga berilgan.
40 ta-korxona ishchi-xizmatchilarga 4 ming so‗mdan sotilgan. 
5ta-xodimlar bo‗limi boshlig‗ining tug‗ilgan kunida (yubiley) xadya 
qilingan. 
Aniqlang: 
Sotuv aylanmalari bo‗yicha hisoblangan qo‗shilgan qiymat solig‗ini? 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling