Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
Mas‟ul muharrir: iqt. fan.nom. dot. Sattorqulov O.T.
Taqrizchilar: i.f.d.prof. Mamatov A.A. iqt. fan.nom. dot. Rayimberdiyeva O.R. Universitet -2019 3 MUNDARIJA Kirish ……………………………………………………………….........…….. 4 Soliq va soliqqa tortish fani bo‘yicha ta‘lim texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari............................................................................................. .14 Fan bo‘yicha sillabus materiallari……………………………………………16 1-mavzu. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zaruruligi, soliq siyosati va soliq tizimi.………................……………………..….…………….....…… 23 2-mavzu. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‗i…...…………..........38 3-mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ……...…….…......55 4-mavzu. Egri soliqlar va ularning iqtisodiy mohiyati………….……….......…70 5-mavzu. Mol-mulk solig‘i….. ………………….……………………….......103 6-mavzu. Resurs soliqlari ………………………………………………........118 7-mavzu. Yer solig‗i…………………………………………………………134 8-mavzu. Soddalashtirilgan soliq tizimi……………………………………...151 9-mavzu. Boshqa soliqlar va soliqsiz to‘lovlar………………….…….......…178 Amaliy mashg‘ulotlr………………………………………… ………..........191 Fan bo‘yicha masalalar………………………………………………………198 Fan bo‘yicha nazorat savollari………………………………….….………...205 Fan bo‘yicha testlar …………………………………………………….........209 Glossariy ....................................................................................................... ...218 Informatsion – uslubiy ta‘minot …….…………………………….................225 4 KIRISH Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida soliqlar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar davlat byudjetining asosiy daromad manbasi hisoblanadi, shuning uchun noiqtisodiy ta‘lim ixtisosligi talabalari yuridik hamda jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, to‘lovlarni hisoblash va byudjetga to‘lash tartiblarini soliq nazariyasi, soliq qonunchiligi asoslari, soliqni prognoz qilish va boshqa o‘zlashtirgan bilimlari asosida mukammal o‘rgangan etuk mutaxassis bo‘lib etishishini bugungi kun talabi taqozo etmoqda. Soliqlar va soliqqa tortish fani bo‘yicha noiqtisodiy mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarning ma‘no hamda mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda soliq turlarini, soliq ob‘ektlari, sub‘ektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob- kitoblarni taqdim etish tartibi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Xalqimizning xuquqiy saviyasi va xuquqiy ongini oshirish davlat siyosatining ustivor yunalishlaridan ekanligi ta‘kidlanayotgan, mutaxassis kadrlar tayyorlashda ularning xuquqiy bilimlarni chuqur egallashlariga aloxida e‘tibor qaratilayotgan bugungi kunda ona tilimizda va Uzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi asosida solikka oid darsliklar, uquv qullanmalari, adabiyotlar yaratilishi dolzarb va xayrli ish ekanligi shubxasizdir. Ayniqsa davlat moliyasiga oid munosabatlarga, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularning soliq soxasidagi Konstitutsiyaviy majburiyatlarini uz vaqtida, savodli tarzda bajarishlariga kumaklashuvchi darslik yaratilishi ayni paytda qilingan ish deb baxolanmoki zarur. Chunki Uzbekistonning yangi, 2019 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan Soliq kodeksi mutaxassislar tomonidan chuqur uzlashtirib olinishi, keng xalq ommasi orasida xar tomonlama targib va tashviq qilinishi lozim. Zero soliq qonunlarini soliq tulovchilar tomonidan tuliq va okishmay bajarilishi bu qonunlarni chuqur uzlashtirishni taqozo etadi. Bu maqsadga erishish soliqlar va boshqa majburiy tulovlarni davlat xamda maxalliy byudjetlarga uz vaqtida, tula xajmda kelib tushishini, soliqqa oid va boshqa xujalik faoliyatiga oid xuquqbuzarliklar xamda jinoyatlarning oldi olinishiga, davlatimizning iqtisodiy qudrati yuksalishiga, isloxotlarni muvaffaqiyat bilan olga siljishiga, xalqimiz moddiy farovonligi va madaniyatining yuksalishiga xizmat qilishi shak-shubxasizdir. Mazkur ma‘ruzalar matnida soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, ob‘ektiv zarurligi, soliq tizimida va davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i, soliq tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari, yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibi, ular to‘laydigan soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish mexanizmi, shuningdek jismoniy shaxslarni soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi holati batafsil yoritilgan. 5 Soliq tushunchasi paydo bo‘lganidan boshlab, uni joriy qilish va soliq munosabatlarini rivojlantirish bilan muntazam shug‘ullanib kelingan. Soliqlar bo‘yicha klassik iqtisodchi olimlardan A. Smit, D. Rikardo, U. Petti, N. Turgenov, D. Yum, A. Laffer hamda hozirgi zamon iqtisodchi olimlaridan R. Kempbell, K. Makkonel, V. Tverdoxlebov, S. Fisher, A. Voznesenskiy, V. Gluxov, E. Teyt, E. Glazova, D. Cherniklarning asarlarida batafsil yoritilgan. Bundan tashqari respublikamiz iqtisodchi olimlaridan I.A. Karimov, M. Sharifxo‘jaev, S.S. G‘ulomov, H. Sobirov, Q. Yahyoev, T. Malikov, N. Haydarov, E. Gadoev, O. Olimjonov, M. Alimardonov, B. Toshmurodova, Sh. Gataulin, D. Shaulov kabilarning ilmiy asarlarida soliqlar va soliq munosabatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Mazkur ma‘ruzalar matnini yaratish jarayonida yuqorida nomlari zikr etilgan iqtisodchi olimlarning soliqlar bo‘yicha olib borgan ilmiy ishlaridan keng foydalanildi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan me‘yoriy hujjatlar va Internet tarmog‘i ma‘lumotlaridan hamda Davlat soliq qo‘mitasi hisobot materiallaridan keng foydalanildi. Fan bo‘yicha baholash mezonlari oldindan berilib, ma‘ruza va seminar mashg‘ulotlari davomida soliq turlarining hisoblanish uslubiyatini tavsiflovchi masalalar, tahliliy jadvallar, slaydlar hamda ko‘rgazmali qurollar qo‘llanilishiga hamda yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilishiga alohida e‘tibor qaratilishi kerak. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling