6
I.
«SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH» FANINIG MAQSAD VA
VAZIFALARI
1.1.Fanning maqsadi- talabalarni O‘zbekiston
Respublikasining soliq va
soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan tanishtirib, amaliyotda qo‘llanilayotgan
soliqlarning harakati va ularning iqtisodiyotni tartibga solishdagi o‘rni,
Respublikamizdagi mavjud soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan to‘lovlarning
iqtisodiy
mohiyati uning stavkalari, to‘lash muddatlari va buyudjetdagi ulishi
bilan
tanishtirish, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy qo‘llay
olish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir.
1.2.Fanning vazifalari- barcha mutaxassislarga soliq va soliqqa tortish
fani bo‘yicha
bilimlarni berish, jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni
bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lish,
mamlakatni
demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish
jarayonlarining
mohiyatini
tushunishda
zarur
bo‘lgan
bilimlaridan
foydalangan holda mamlakatimizda qo‘llashni o‘rgatish. O‘zbekiston
respublikasi soliq sohasidagi muammolarini
aniqlash va muammolarni
yechish yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rgatish.
1.3. Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi-―Soliq va soliqqa‖
umumiqtisodiy fani bo‘lib o‘qitiladi. Rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy
(iqtisodiy ta‘limotlar tarixi, falsafa, siyosatshunoslik),
matematik va tabiiy-
ilmiy
(iqtisodiy-matematik
usullar
va
modellar)
umumkasbiy
(mikroiqtisodiyot, statistika,
makroiqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti,
jahon
iqtisodiyoti va halqaro iqtisodiy munosabatlar, marketing)
fanlaridan
yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.