40
DTS ta’lim jarayonini va ta’lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga soluvchi
boshqa meyoriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi.
Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari. Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi
quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi:
- ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va
ijtimoiy
islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar
tayyorlanishini ta’minlash:
- mamlakatning ijtimoiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan,
texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar
tayyorlash mazmunini
tartibga solish;
-
ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi
va ijtimoiylashuvi, ta’lim
oluvchilarning huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim
jarayoni samaradorligini
oshirish;
- sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning,
jamiyat va davlatning manfatlarini himoya qilish;
- kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini
va tartibini belgilash;
- ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash,
ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish;
- mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: