Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Davlat va jamiyat-kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining 
kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim 
muassasalarining 
faoliyatini 
uyg‘unlashti- 
ruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.  
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: 
• fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlari ro‘yobga 
chiqarilishiga; , 
• majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim 
olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga; 
• davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy acosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’lim olish huquqga; 
• 
davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga; 
• 
ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish 
borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga ta’lim jarayoni 
qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga; 
•sog‘liq va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar. 
Uzluksiz ta’lim-kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, 
ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. 
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 
Uzluksiz ta’lim tiziminin faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli 
davrlardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z 
ichiga oladi: 


38 
maktabgacha ta’lim; 
umumiy o‘rta ta’lim; 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; 
oliy ta’lim; 
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; 
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
maktabdan tashqari ta’lim. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling