Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqariladi. 36 Birinchi bosqich (1997-2001 yillar)-mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish. Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirishi zarur: «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunga muvofik, ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta ko‘rish va tubdan yangilash; - pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish; - ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasi, malakasi, madaniy va ma’naviy- ahlokiy saviyasining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish; - o‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish; - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun zarur moddiy-texnika, o‘quv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash; - ta’lim va kadrlar tayyorlashga byudjetdan tashqari mablag‘lar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish, davlat ta’lim muassasalari bilan birgalikda nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirishni ham nazarda tutgan holda ta’lim xizmati ko‘rsatish sohasida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish; - ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini, kadrlar tayyorlash sifati va ularga bo‘lgan ehtiyojning monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish va joriy etish; - xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish, kadrlar tayyorlashda xalqaro donorlik tashkilotlari fondlari faoliyatiga tegishli sharoitlar yaratish, shuningdek respublika ta’lim sohasiga chet el investisiyalarini jalb etish bo‘yicha real chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish; - Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringini olib borish. Ushbu bosqichda bolalarni olti-yetti yoshdan maktabga qabul qilish, ularning jismoniy va akliy jihatdan rivojlanganligini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Taqozo etilayotgan, o‘kuvchi o‘rinlari zarur moddiy-texnika shart-sharoitlari va pedagog kadrlar bilan ta’minlangan holda izchil tayyorlanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling