Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 O‘MKHT da kichik mutaxassis tayyorlash tizimi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

3. O‘MKHT da kichik mutaxassis tayyorlash tizimi. 
Hozirgi ishlab chiqarishga kelayotgan mutaxassislarning uchdan bir qismi avval maktabda 
mehnat va kasbgacha tayyorlanmokdalar, keyin kasb- hunar kollej tizimida kichik mutaxassis 
darajasigacha tayyorgarlik ko‘rmokdalar. Buning vazifasi va sababini shu bilan izohlash 
mumkinki, jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida fan-texnika taraqqiyotining 
jadallashuvi kichik mutaxassislar turli soha va ularning tarmoqlari bo‘yicha madaniy texnik-
texnologik saviyasini oshirishga, ularning tayyorgarligini tubdan yaxshilashga e’tiborni 
kuchaytirishga taqozo etmoqda. "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun va qarorlar, “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi har bir kichik mutaxassis mehnatining 
mazmunini tubdan o‘zgartirishni talab qilmokda. Ularning aqliy va jismoniy faoliyati elementlari 
o‘rtasidagi nisbat ancha o‘zgarmoqda. Hozirgi zamon kichik mutaxassis mehnati intellektual 
mazmun bilan tobora boyimoqda va ilmiy asosda tashkil topmokda. Aqliy hamda amaliy 
ishlarning o‘zaro uzviy bog‘lanishi bilan xarakterlanmoqda. Kichik mutaxassis o‘z vazifalarini 
bajarishlari uchun shuningdek, ishlab chiqarishni amalga oshirishda ommaviy ravishda 
qatnashayotganlarida nazariy izlanishlari uchun chuqur va puxta bilimlarga ularni amalda qo‘llab 
olish mahoratiga ega bo‘lishlari kerak. 
Shunga ko‘ra, kichik mutaxassislarning hozirgi ishlab chiqarishda ishtirok etishlari 
murakkab va tez o‘zgaradigan aniq mehnat sharoitlarida chuqur bilimlarini ijodiy qo‘llashlarini 
talab qilmokda. Shuning uchun umumta’limiy va keng politexnik asosdagi kasb tayyorgarlikka ega 
bo‘lish majburiyati vujudga kelmokda. Bularning hammasi maktabdan boshlab kasb-hunar kollej 
tayyorgarchilikka kadrlar ta’limi tizimini jiddiy qayta qurish jarayoni o‘tmokda. Shuningdek, bu 
ish faqat bizda muayyan bilimlar majmuasini o‘zlashtirgan kishi sifatida emas, balki eng avvalo 
g‘oyaviy maqsadga, yuksak axloq va mehnat madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston mustaqil 
davlat va jamiyat fuqarosi hamda faol quruvchisi sifatida tarbiyalangan insonning o‘zini umumiy 
kamol toptirish bilan ham bog‘likdir. 
Bu borada kasb ta’limi o‘kituvchisi mehnat ta’limi va kichik mutaxassisi tayyorgarlikning 
o‘zaro bog‘lanishining takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri tayyor metodik 
tavsiyalar bo‘yicha ishlashdan metodik qo‘llanmalarning optimal variantlarini ongli ravishda 
tanlashga o‘tishdir. 
Tavsiya shaklidagi ana shu tajriba sinov qo‘llanma olimlar bajargan tadqiqotlarning, 
so‘nggi yillarda to‘plagan ilg‘or pedagogik tajribalarni umulashtirishning natijalari asosida 
tuzilgan. Mehnat va kichik mutaxassislik tayyorgarlik ta’limdagi o‘zaro bog‘lanishning maqsadga 
muvofiqligini kuchaytirish uchun har bir darsda ta’limning, O‘zbekistonning mustaqillik mafkura 
asosida shakllanayotgan ta’lim- tarbiyaning va ularni rivojlantirishning eng muhim vazifalari 
majmua hal qilishni ta’minlash kerak. Bu ish har bir darsning mazkur yo‘nalishdagi vazifalarini 
bosqichma-bosqich hal kilishni izchil yo‘lga qo‘yishni to‘g‘ri xulosalar chiqarishni taqozo qiladi. 
O‘zaro bog‘lanish qonunlari bo‘yicha tashkil etilgan dars mazmunida axborotlar hajmini 
oshirish uchun umumlashtirish natijalaridan foydalanish, o‘quvchilarni asosiy tushunchalarni 
ajratishga nazariy qoidalarni tuzishga, qo‘yilgan vazifalarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini 
izlashga yo‘naltirish kerak. 
Mehnat va kichik mutaxassislik tayyorgarlik ta’limdagi o‘zaro bog‘lanish bo‘yicha o‘quv 
operasiyalarini bajarish suratini tezlashtirish uchun ularni har bir mavzuda ishning har bir turida 


35 
mustaqil ishlashda, o‘quvchilarning ham yoshiga, ham aqliy rivojlanishiga bog‘liq rasionalizatorlik 
faoliyatida anglab borish lozim. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling