Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 - Mavzu: O‘zbekiston xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

 
7 - Mavzu: O‘zbekiston xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari.
Reja: 
1. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari (sanoat - qishloq xo‘jaligi) kichik korxonalar, kichik 
biznes. 
2. O‘MKHT dagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat 
tasniflagichi. 
3. O‘MKHT da kichik mutaxassis tayyorlash tizimi. 
 
1.Xalq xo‘jaligi tarmoqlari (sanoat - qishloq xo‘jaligi) kichik korxonalar, kichik 
biznes.
Xalq xo‘jaligi mamlakatimizda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik asosida vujudga 
kelgan ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidir. 
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga muvofiq xalq xo‘jaligi ikki katta sohasini – ishlab chiqarish 
(moddiy ishlab chiqarish) va noishlab chiqarish sohalarini o‘z ichia oladi. 
Ana shu sohalarning tarkibi o‘zaro munosabati va bir-biriga bog‘liqligi mamlakatimiz xalq 
xo‘jaligi strukturasini tashkil etadi. 
Moddiy ishlab chiqarish sohasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaradigan yoki 
iste’molchilarga yetkazib beradigan hamma tarmoqlar kiradi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish 
jamiyat uchun zarur ishlab chaqarish vositalari (mashinalar, materiallar, inshoot va hokazolar) 
hamda iste’mol mollari (oziq-ovqat mollari, kiyimlar, poyabzal va hokazolar) yaratiladi.
Yuk transporti, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aloqa, savdo, umumiy 
ovqatlanish, moddiy texnika ta’minoti tayyorlanish va sotish hamda moddiy ishlab chiqarish 


31 
sohasiga kiradi, chunki bular mahsulotlarni yaratishda yordam beradi va ularning qayta qurilishini 
ta’minlaydi. 
Moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i – sanoatdir. Mamlakatimiz iqtisodiy 
qudratining asosi og‘ir sanoat bo‘lib, u ishlab chiqarish vositalarining (materiallar, mashinalar, 
asbob-uskunalar, priborlarning) ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Yengil va oziq-ovqat sanoatda
iste’mol mollari (oziq-ovqat mahsultlari, gazlama, poyabzal, kiyim va hokazolar) tayyorlanadi. 
Aholi uchun maishiy madaniy va xo‘jalikka mo‘ljallangan xilma-xil tovarlarni tayyorlash bilan 
asosiy mahsulot chiqarishdan tashqari sanoatning iste’nosiz barcha tarmoqlari shug‘ullanadi. 
Qishloq xo‘jaligi sanoatni xom ashyo bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta’minlaydi. U o‘simlikshunoslik (dalachilik, sabzavotchilik, mevachilik, yem-xashak tayyorlash 
va hokazolar) hamda chorvachilik (qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, parrandachilik, 
baliqchilik va hokazolar)ni o‘z ichiga oladi. 
Qurilishning vazifasi ishlab chiqarish binolari, inshootlar, turar joylar, yo‘llar, 
kasalxonalar, maktablar va boshqa obyektlarni qurish va qayta qurishdir. Transport, sanoat, qishloq 
xo‘jaligi va boshqa qurilishlar bir-biridan farq qiladi. 
Transport xalq xo‘jaligi va aholini xilma-xil yuklarni tashish ehtiyojini uzluksiz hamda 
o‘z vaqtida ta’minlaydi. 
Aloqa jamiyatning ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatida, aholining madaniy maishiy 
ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. U axborotlarning uzatilishini ta’minlaydi va pochta, 
telegraf, telefon, radio, televideniyani o‘z ichiga oladi. 
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari strukturasi to‘xtovsiz takomillashmoqda. Masalan, sanoatda atom 
energetikasi va atom mashinasozligi kabi yangi tarmoqlar, elektron, mikrobiologiya sanoati va 
hokazolar vujudga keldi. 
Xalq xo‘jaligini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishi uning tarmoqlar tarkibini 
takomillashtirish – tarmoqlararo xalq xo‘jaligi komplekslarini vujudga keltirishdir. Bunday 
komplekslarning bir nechta tulari bor. 
Mashinasozlik kompleksi mamlakat xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini mehnat 
vositalari bilan ta’minlaydi, shunga ko‘ra ularning rivojlantirish sur’atini va ishlab chiqarish 
samaradorligini ham ko‘p darajada belgilaydi. Bu kompleksga energetika, og‘ir mashinasozlik va 
transport, kimyo va neft, qurilish, yo‘l mashinasozligi, stanoksozlik va asbobsozlik, elektrotexnika, 
elektron sanoat, priborsozlik, avtomobil sanoati va boshqa ayrim tarmoqlar kiradi. Bu kompleksga 
energetika, og‘ir mashinasozlik va transport, kimyo va neft, qurilish, yo‘l mashinasozligi, 
stanoksozlik va asbobsozlik, elektrotexnika, elektron sanoat, priborsozlik, avtomobil sanoati va 
boshqa ayrim tarmoqlar kiradi. 
Mashinasozlik kompleksini, birinchi navbatda stanoksozlik, hisoblash texnikasi ishlab 
chiqarish, priborsozlik kabi tarmoqlarni, elektrotexnika va elektron sanoatni jadal rivojlantirish 
mo‘ljallangan. Fan texnika taraqqiyoti eng avvalo mana shularning rivojlanish darajasiga 
bog‘liqdir. 
Konstruksion materiallar ishlab chiqarish kompleksiga qora va rangli metallurgiya, kimyo 
va neft, sellyuloza va yog‘ochni qayta ishlash, qurilish materiallari kiradi. 
Xalq xo‘jaligi kompleksini dinamik va proporsional rivojlantirish, ishlab chiqarishni 
intensivlashtirish tomon keskin burilish yo‘liga o‘tish, uning sifati va samaradorligini oshirish 
vazifasini qo‘ydi. Bu vazifani amalga oshirishning asosiy vositalari fan texnika taraqqiyoti 
jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tubdan o‘zgartirish, fan va texnikaning eng yangi 
yutuqlari bazasida xalq xo‘jaligini chuqur rekonstruksiyalashdir. Bunday rekonstruksiyalash 
barcha tarmoqlar va xalq xo‘jaligi komplekslariga, birinchi navbatda mamlakat iqtisodiyotining 
poydevori – og‘ir sanoatga taalluqli bo‘lib, mashinasozlikning rivojlanishi birmuncha tezlashtirish 
chiqarilayotgan mahsulotlarning texnikaviy darajasini tubdan yuksaltirish talab qilinmoqda.
Agrosanoat kompleksi tarmoqlarini jadal va proporsional rivojlantirish qishloq xo‘jaligini 
industrial bazasiga o‘tishini tugallash, barcha tarmoqlarini xo‘jalik ekinlarini hosildorligini va 
chorvachilik mahsuldorligini ta’minlashga mo‘ljallangan. 
Yengil sanoat va bevosita aholi ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydigan tarmoqlarni, 
transport ava aloqani jadal rivojlantirish zarur. Kapital qurilishni sifat ihatdan yangi industrial va 


32 
tashkiliy darajaga ko‘tarish rejalashtirilmoqdaki, busiz xalq xo‘jaligini texnik rekonstruksiyalash 
mumkin emas. 
Ishlab chiqarishni intensivlashtirishda, xo‘jalik masalalarini oqilona hal qilishda rejalashtirish 
katta rol o‘ynaydi. Rejalashtirish – zamonaviy sharoitda xalq xo‘jaligini boshqarishning markaziy 
zvenosidir. Xalq xo‘jaligi rejalarining bir qancha turlari mavjud bo‘lib, besh yillik va yarim yillik 
rejalardir. Har qanday korxona faoliyati rejaga asoslanadi. Yuqori tashkilotlar (vazirliklar, 
idoralir)korxonalar rejalarining faqat eng zarur ko‘rsatkichlarini: mahsulot ishlab chiqarish hajmi va 
muddati, buyumlarining asosiy turlari hamda boshqa ba’zi narsalarni tasdiqlaydi. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun qishloq mahsulotlarini xarid qilishda erkinlik va davlat 
rejalari belgilanadi. Xo‘jalik va turli ekiladigan maydonlarini, chorva mollari boshini, har xil ishlarini 
amalga oshirish muddatlarini o‘zlari mustaqil holda rejalashtiriladi. 
Korxona xo‘jalik hisobi sharoitida muvaffaqiyatli ishlashi uchun mehnatni yaxshi tashkil 
etish, tejamkorlikning g‘oyat jiddiy rejimi zarur. Bundagi vazifa xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, 
elektro-energiya, yer-mulk va ishchilardan kam miqdorda foydalanib ko‘p mahsulot olishdan iborat 
bo‘lib, ishlab chiqarishdagi tejamkorlik rejimining ma’nosiham shundadir. Bu rejim oddiy 
narsalardan vujudga keladi. 
Ishlab chiqarishda buyumlarni kam material ketadigan qilish, qimmat tabiiy materiallar 
o‘rniga sun’iy materiallar ishlatish, buyumlarning chidamliligini oshirish, kam chiqindiligi, resurslari 
iqtisod qiladigan texnologiyani joriy etish orqali materiallarni tejashga erishiladi. 
Har bir ishchining ish vaqtidan rasional va to‘liq foydalanish – ishlab chiqarishdagi 
tejamkorlik rejimini kuchaytirishning asosiy shartlaridan biridir. Ish vaqti bunday foydalanish bir 
yo‘la ko‘p mahsulotlar tayyorlash, shu orqali uning tan narxini arzonlashtirish va korxonaning 
foydasini ko‘paytirish imkonini beradi. 
Ish vaqti mehnat sarflanishning eng muhim o‘lchovidir. Mehnat sarflashning samaradoligi – 
mehnat unumdoligidir. U vaqt birligi ichida tayyorlangan buyumning miqdorida o‘z ifodasini topadi. 
Mehnat unumdorligi anchagina omillarga, ya’ni texnika va ilg‘or texnologiyani joriy etishga, 
ishlarni sifatli tashkil qilishga, mehnat intizomini mustahkamlash, ishchilarni malakasini oshirish va 
hokazolar orqali sarflanadigan ish vaqtini qisqartirishga bog‘liq. Mehnat unumdorligini oshirish 
iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligini yuksalishining asosiy omillaridir. 
Kichik biznesning davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlanishi quyidagi tarkibiy 
qismlarni o‘z ichiga oladi: byudjet orqali bevosita yordam puli. Pul hajmi kichik biznes sug‘urta 
qilinmagan zararlarni qoplash uchun belgilangan bo‘lishi kerak. Yordam puli innovasiyaning 
xavfli loyihalarini qoplaydi va katta biznes talab qilmaydigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni 
kuchaytiradi. 
Davlat bank kreditlarni olishda kafil sifatida chiqadi. Shuning uchun mayda biznesga kredit 
olish ancha yengilroq kichik biznes soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi kerak. Agar firma ijtimoiy 
tarmoqqa yoki ishlab chiqarish rivojlanishiga ajratilgan mablag‘ini ko‘paytirsa, soliq solinadigan 
ulushni qisqartirishi mumkin. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling