Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Tasniflagichdan quyidagi vazifalarni hal etishda foydalanish


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

3. Tasniflagichdan quyidagi vazifalarni hal etishda foydalanish. 
- hududiy bandlik dasturlarini ishlab chiqish
- milliy va hududiy mehnat bozorlarida ijtimoiy mehnat sohasidagi jarayonlarini ta’minlash 
va tartibga solish; 
- ish kuchining samaradorligini va ish kuchiga ketayotgan sarflarni aniqlash; 
- mehnatga haq to‘lashni tartibga solish va meyorlashtirishni takomillashtirish; 
- xalq xo‘jaligining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va asoslangan uzluksiz ta’lim 
dasturini ishlab chiqish; 
- mehnat statistikasi sohasida axborotning xalqaro miqyosda taqqoslanishini ta’minlash. 
Tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning tasniflagich ro‘yxati bo‘lib, u 
qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish uchun ochiqdir. Amaldagi tasniflagida zarur hollarda 
tasniflagichga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 


27 
maxsus ta’lim vazirligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan amalga oshiriladi 
deb ko‘rsatilgan. 
Kichik mutaxassislar quyidagi lavozimiy vazifalarni bajarishlari ko‘zda tutiladi: 
- kompyuter va boshqa texnikalardan, texnikaviy va fizikaviy fanlar sohasida foydalanish 
usullarini qo‘llash bilan bog‘liq texnik - texnologik topshiriqlarni bajarish; 
- texnik jihoz va transportlarni ishlatish. 
Mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar, moslamalar hamda muhandislikka oid texnik jihozlar 
va asboblarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash, metall konstruksiyalarni o‘rnatish, 
dastgohlarni o‘rnatish va boshqa ishlarni amalga oshirish. 
Xom ashyo qazib olish va qayta ishlash, metallurgiya, qurilish binolari va inshootlarni 
tamirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z kasbiy bilimlarini tatbiq etish; 
Bosish (qoliplash) ishlarini bajarish; 
Oziq-ovqat, to‘qimachilik mahsulotlari, yog‘och va metall buyumlar, shu jumladan badiiy 
hunarmandchilik buyumlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash.
Bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich maktablarda ta’lim va tarbiya ishlarini amalga oshirish. 
Sog‘liqni saqlash, gigiyena, insonlarga g‘amxo‘rlik qilish, qishloq joylarda o‘simlik va 
hayvonlarni parvarish qilish, yetishtirish bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirish. 
Kadrlarni tanlab olish, joy-joyiga qo‘yish va ularning ijtimoiy ta’minoti, soliqqa tortish va 
turizmga aloqador davlat xizmatlari, buxgalteriya hisobi, huquqiy, statistik, ish yuritish 
korxonalarini boshqarish va tijorat. Moliya va savdo-sotiq sohasidagi bilimlarni texnik qo‘llash 
bilan bog‘liq ma’muriy va ishlab chiqarish vazifalarini bajarish.
Ijtimoiy masalalar bo‘yicha yordam ko‘rsatish va maslahat berish; 
Sport va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, madaniyat va san’at 
sohasida ijodiy faoliyat ko‘rsatish, diniy marosimlarni o‘tkazishda aholiga yordam ko‘rsatish va 
shu kabilar. Bu vazifalarni bajarish uchun tabiiyki, kichik mutaxassis ma’lum hajmdagi va 
darajadagi bilim, (ko‘nikma va malaka) hamda shaxsiy fazilatlarni o‘zlashtirishi zarur bo‘ladi. 
Mutaxassis egallagan lavozimidagi vazifalarni talab darajasida bajarishi uchun zarur va yetarli 
bilim, hamda shaxsiy fazilatlar davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topadi.
Amaliyotga kasb-hunar ta’limining davlat standartini kiritishdan asosiy maqsad uni yangi 
huquqiy 
va 
tashkiliy 
metodik 
asosda 
reintegrasiya 
etishdir. 
Kasb-hunar 
ta’limini 
standartlashtirishning nazariy asosi akademik S.Y. Batishev tomonidan ishlab chiqilgan
:
bosqichli ta’lim nazariyasi; tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarni guruhlash 
nazariyalari tashkil etadi. 
Kasb-hunar ta’limi davlat standarti yaqin kelajakda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
tizimida faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini majmuaviy belgilab beruvchi yechim sifatida xizmat 
qiladi. Pedagogik manbalarda kasb-hunar ta’limi davlat standarti quyidagicha talqin etiladi: 
bo‘lajak kichik mutaxassislar egallashi zarur va yetarli bo‘lgan mazmun darajasi va ko‘lami; 
o‘quvchilarning maksimal o‘quv yuklamasi hajmi, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga 
qo‘yilgan talablar va hokazo.
Kasb-hunar ta’limi davlat standartining mohiyati uning ichki va tashqi aloqalari tahlil 
etilsagina to‘liq ochilishi mumkin, standartlarning tashqi aloqalari eng avvalo ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarda o‘z ifodasini topadi, bundan standart ijtimoiy buyurtmani talablar shaklida o‘zida 
ifodalovchi me’riy hujjat ekanligi kelib chiqadi. Kasb-hunar ta’limi standartining ichki 
aloqadorligi esa uni o‘zaro aloqador va ta’sirdagi elementlardan tashkil topgan mustaqil tizim 
sifatida qaralganda namoyon bo‘ladi. Standartni tashkil etuvchi elementlarning xususiyatlari, 
o‘zaro aloqadorligi uning mohiyatini ochib berishga imkon beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda 
standartning rolini tushunish uchun uning vazifalarini bilish muhimdir. Lo‘nda qilib aytganda, 
standart nima uchun va kimga kerak? Birinchidan, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun o‘zlarining 
hamkorlikdagi faoliyatlarini tashkil etish uchun, ikkinchidan, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbarlari 
va nazorat qilish mexanizmini shakllantirish uchun; uchinchidan, bandlik idoralari xodimlari 
uchun, ishga joylashtirish va qayta tayyorlash ishlarini rivojlantirish maqsadida; to‘rtinchidan, 
ijtimoiy hamkorlar uchun, ya’ni ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va barcha mehnat 
munosabatlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun; beshinchidan, yaqin va uzoq chet el hamkorlarimiz 


28 
uchun, xalqaro mehnat bozorida inson huquqlarini erkin o‘zaro ta’sirini ta’minlash uchun zarur. 
Shunday qilib, kasb-hunar ta’limi davlat standarti o‘ziga xos kasbiy ta’lim sifatini boshqarish 
mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun u kasbiy ta’lim sifati bilan bog‘liq ko‘plab 
komponentlarni qamrab olishi kerak. Keng ma’noda kasb-hunar ta’limining sifati jamiyatni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalariga qanchalik mos kelishi bilan aniqlanadi. Fan-texnika 
taraqqiyoti bilan bog‘liq holda kasb-hunar ta’limi o‘quv-meyoriy hujjatlari tez o‘zgaruvchanlik 
xususiyatiga ega. Malaka darajasi aniq shaxsning kasbiy mahoratini xarakterlaydi. Malaka darajasi 
shaxsning o‘qib o‘rganganligiga bog‘liq, demak, uni obyektiv ravishda baholash mumkin bo‘lgan 
o‘lchamlar: hajmi, sifat daraja ko‘rsatkichlariga ega bilim, va shaxsiy fazilatlar bo‘lishi mumkin. 
Kasb qanchalik murakkab bo‘lsa, unga mos holda kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirish uchun shuncha 
ko‘p vaqt talab etadi. Mehnatning intellektual darajasi aqliy va manual (jismoniy) faoliyatning 
o‘zaro munosabatini ko‘rsatadi. Ilmiylik darajasi esa mehnat faoliyatining texnik-texnologik 
jihatlari bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ko‘p funksiyalilik mehnatning murakkabligi, turli 
xildagi vazifalarni bajarishi bilan xarakterlanadi. Mehnat faoliyati algoritmining murakkabligi
faqatgina turlicha emas, balki bir paytning o‘zida parallel ravishda aqliy va manualni bajarilishi 
bilan xarakterlanadi. Stereotip kasb-hunar darajasida mahsulli va mahsulsiz faoliyatlarning o‘zaro 
nisbatida namoyon bo‘ladi. 
Boshqacha qilib aytganda, Davlat ta’lim (tarmoq) standarti (DTS) mutaxassisliklarning 
yozma modeli bo‘lib, kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablarni hamda shaxsiy fazilatlarni 
o‘ziga qamrab oladi. Uni quydagicha tasvirlash mumkin (1-chizmaga qarang). 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki DTS va TTS ko‘p vazifali hujjat bo‘lib,
ish beruvchilar, bandlik 
xizmati, vazirlik va tashkilotlar, ilmiy metodik tashkilotlar, o‘quv muassasalari, fuqarolar uchun 
mo‘ljallanadi. DTS asosida quyidagilar amalga oshiriladi: 
ta’lim mazmuni tanlab olinadi va shakllantiriladi;
o‘quv dasturlashtirish va metodik hujjatlar, ta’lim vositalari ishlab chiqiladi; 
ta’lim natijalariga qo‘yilgan talablar shakllantiriladi; 
kasbiy tayyorgarlik sifatini nazorat qilish tizimi ishlab chiqiladi: 
ta’lim muassasasi attestasiya qilinadi; 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling