6-savol Shaxsiy rivojlanish rejasi – bu kerakli ko‘nikma va fazilatlarni muntazam hamda maqsadli ravishda rivojlantirishga yordam beradigan vosita. Maqsadlarga erishishga imkon beradigan rivojlanish maqsadlari va aniq harakatlar tavsiflanadigan


Download 367.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi367.76 Kb.
#259889
  1   2   3
Bog'liq
YN metodologiya



6-savol 

  

Shaxsiy  rivojlanish  rejasi  –  bu  kerakli  ko‘nikma  va  fazilatlarni  muntazam 



hamda  maqsadli  ravishda  rivojlantirishga  yordam  beradigan  vosita.  Maqsadlarga 

erishishga  imkon  beradigan  rivojlanish  maqsadlari  va  aniq  harakatlar 

tavsiflanadigan joydir. 

Savol: Nima deb  o‘ylaysiz, shaxsiy rivojlanish rejasi kishiga rivojlanishni 

boshqarish va o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatini beradimi? 

 

Barchamizga  ma’lumki,  muvaffaqiyatga  erishishning  kafolatlangan  usuli 



yo‘q. Biror kishining rivojlanishi uchun ishlagan narsa boshqasiga to‘g‘ri kelmasligi 

mumkin. Ammo, agar inson o‘zoga nima kerak ekanligini aniqlasa va ularga qanday 

erishishni rejalashtirsa, maqsadga erishish uchun unda katta imkoniyat bo‘ladi.  

Odamlar  ko‘pincha  rejalar  tuzishadi,  lekin  kamdan-kam  hollarda  ularni 

yozadilar. Shaxsiy rivojlanish rejasi - bu kerakli sohalarda o‘zingizdan eng yaxshi 

natijalarga erishish uchun maxsus ishlab chiqilgan yozma harakatlar rejasi

1

.  


Shaxsiy rivojlanish rejasi (Personal Development Plan –PDP) yaratish orqali 

biz o‘zimizning  maqsadlarimizni belgilashimiz  va ularni  amalga  oshirishning  eng 

yaxshi  usulini  topishingiz  mumkin.  Shaxsiy  rivojlanish  hammamiz  uchun  har  xil 

ma’noni  anglatadi.  Buni  qisqacha  oddiy  qilib,  “Odam  o‘zi  bo‘lishni  xohlagan 

odamga aylanish” deb atashimiz mumkin. To‘g‘ri tuzilgan shaxsiy rivojlanish rejasi 

orqali hayot tarzimizni quyidagi sohalarda yaxshilashimiz mumkin: sog‘lik, boylik, 

martaba,  munosabatlar  va  do‘stlik.  Har  bir  inson  uchun  ushbu  narsalar  birinchi 

o‘rida  keraklidir.  Hamma  ularga  egalik  qilishni  xohlaydi.  Biroq  kimdir  ko‘proq, 

kimdir ozroq oladi.  Sabab  esa bitta  ya’ni  maqsad  sari hammayam  intilavermaydi. 

Doimiy intilishda bo‘lgan, va maqsadi sari  tinimsiz va manzilli, to‘g‘ri yo‘nalgan 

holatda harakat qiluvchilar muvaffaqiyatli insonlardir. 

 Shaxsiy rivojlanish rejasi kishilarga o‘zini o‘zi boshqarish imkonini beradi. 

Agar inson o‘z  maqsadi sari intilayotgan bo‘lsa, boshqa chalg‘ituvchi narsalardan 

voz  kecha  oladi.  Halal  beruvchi  insonlarga  yo‘q  deya  oladi.  Shu  orqali  inson  o‘z 

rivojlanishini ham boshqarish imkoniga ega bo‘ladi. 

                                                           

1

 Mualliflar jamoasi. Shaxsiy rivojlanish. Darslik. – Т.: ТДЮУ, 2019. – 124-b. 




Shaxsiy  rivojlanish  rejasining  samarasini  oddiy  misolda  tahlil  qilamiz. 

Masalan, men o‘z oldimga aniq bir maqsad qo‘ydim. Kelajakda yetuk, professional 

yurist bo‘laman. Buning uchun men, albatta, reja tuzaman. Unda 5 yildan keyin oliy 

ma’lumotli  yurist  sifatida  vazirlik  tizimida  ishlayman  deb  bosh  maqsadni  yozib 

qo‘yaman.  Keyin  esa  ushbu  maqsadga  erishish  uchun  yordamchi  maqsadlarni 

belgilayman. Chet tillarini o‘rganish, kompyuterdan tez foydalana olish, jamoa bilan 

ishlash, har doim a’lo bahoga o‘qish va eng asosiysi o‘z sohamni chuqur o‘rganish 

deb yozib olaman.  Endi esa rejamni yanada ham kichik qismlarga, oylik, haftalik 

va  kunlik  rejalarga  bo‘lib  olaman.  Men  kunlik  belgilangan  kichik  vazifalarimni 

bajarish  orqali  katta  rejalarga  erishishim  mumkin  bo‘ladi.  Hozirda  afsuski, 

ko‘pchilik  kun  tartibiga,  yuqoridagi  shaxsiy  rivojlanish  rejalarga  amal  qilmaydi. 

Agar insonlar o‘z hayotida ma’lum muddat shunday usulni qo‘llab ko‘rganda edi, 

muvaffaqiyat  kalitini  anglagan  bo‘lardi.  Hayotda  eng  muhim  narsa  MAQSAD  ni 

to‘g‘ri  tanlash  va  unga  erishish  uchun  tizimli  harakat  qilishdir.Kelajagi  uchun 

nimadir  qilgan  inson  realistdir.  Inson  shaxsiy  rivojlanishini  boshqarishga  intilishi 

uning kamolotiga xizmat qiladi. 

 


Download 367.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling