6-savol Shaxsiy rivojlanish rejasi – bu kerakli ko‘nikma va fazilatlarni muntazam hamda maqsadli ravishda rivojlantirishga yordam beradigan vosita. Maqsadlarga erishishga imkon beradigan rivojlanish maqsadlari va aniq harakatlar tavsiflanadigan
Download 367.76 Kb. Pdf ko'rish
|
YN metodologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol: Vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda yordam beradigan, o‘qishda va hayotda ko‘zlangan maqsadga erishishdagi, hayotingizda tub burilish yasaydigan
10-kazus Jurnalist Charlz Duxigning “Odatning qudrati” nomli maqolasida inson taqdirini hal qiluvchi kuchga ega bo‘lgan odat va ko‘nikmalar, qiziqishlar bo‘lishini yozadi. Bu odat nafaqat odamdagi boshqa jihatlarni birlashtiradi, shuningdek, uni yomon illat va harakatlardan ham tiyadi. Kimdir mehribon, kimdir mulohazali, yana kimdir g‘ayratli, boshqa kimdir sabr-toqatli. Savol: Vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda yordam beradigan, o‘qishda va hayotda ko‘zlangan maqsadga erishishdagi, hayotingizda tub burilish yasaydigan odatlaringiz mavjudmi hamda ularni rivojlantira olyapsizmi?
Ushbu kazusga javob javob yozishdan avval odat tushunchasiga to‘xtalsak. Odat deganda kishiga oʻrganish boʻlib qolgan, biror bir holatning takrorlanishi va muayyan vaziyatda bajarish shaxs uchun ehtiyojga aylangan xatti-harakatlarni tushunishimiz mumkin. Odat inson faoliyatining turli sohalarida vujudga kelib, inson xatti-harakatining barcha tomonlarini qamrab oladi. Odatni biz mehnat, o‘quv va boshqa sohalarda ko‘rishimiz mumkin. Odatni ikki tizimga ajratish mumkin. Odat foydali yoki zararliligiga ko‘ra turlarga ajratiladi. Foydali tomoniga sport bilan shug‘ullanish yoki kitob o‘qish bilan shug‘ullanishlarni keltirishimiz mumkin. Zararli tomoniga esa mast bo‘lish yoki chekishga o‘rganib qolishni misol qilishimiz mumkin. Foydali odatlar shaxsning ijobiy xislatlari shakllanishiga yordam beradi. Masalan, kitob o‘qish kitobsevarlik va dunyoqarashni, kitobga bo‘lgan mehrni rivojlantiradi. Aksincha, zararli odatlar salbiy xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, vaqtni behuda oʻtkazishdan dangasalik, ishni oxiriga yetkazmaslikdan irodasizlik, o‘ziga ishonch yo‘qotish va boshqa turli illatlar kelib chiqadi. Odatiy xatti-harakatlar kishiga mustahkam singib, uning tabiatiga — fazilati yoki illatiga aylanadi.
Endi topshirig;imizning ikkinchi qismiga javob bersak. Vaqtni toʼgʼri taqsimlashda yordam beradigan, oʼqishda va hayotda koʼzlangan maqsadimga erishishdagi, hayotimda tub burilish yasaydigan narsa bu mening rejalarim deb o‘ylayman. Reja bu insonni muvaffaqqiyatga eltuvchi asosiy vosita, hisoblanadi. Hozirgi kunda vaqt eng bebaho narsadir. Hech kim bir kunda 25-soatni yarata olmaydi, shunday ekan vaqtni to‘g‘ri taqsimlash orqali eng samarali unumdorlikga ega bo‘lish mumkin 2 .
2 Mualliflar jamoasi. Shaxsiy rivojlanish. Darslik. – Т.: ТДЮУ, 2019. – 142-b. Insonda ko‘plab yaxshi odatlar bo‘ladi. Masalan, men ertangi kunim uchun bajarishim kerak bo‘lgan ishlarni daftarga yozib olaman. Bu men uchun odat tusiga kirib qolgan. Ushbu ishlarni yozishda 4 guruhga bo‘lib ajrataman. Bu guruhlar quyidagicha: Shoshilinch va muhim; Muhim, ammo shoshilinch emas; Shoshilinch, ammo juda muhim emas; Ahamiyatsiz va shoshilinch bo‘lmagan. Odatimga ko‘ra, bajariladigan ishlarni ushbu kategoriyalar bo‘yicha bo‘lib chiqaman va kun oxirida ushbu ishlarni holatini tekshiraman. Bu menga foydali deb o‘ylayman. Oʼqishda va hayotda koʼzlangan maqsadga erishishda o‘z o‘ziga bo‘lgan ishonch ham muhim deb o‘ylayman. Bu mening muvaffaqiyatga erishishga yordam bergan. Msalan, universitetga kirishda ham o‘zimga bo‘lgan ishonch hissi katta yordam bergan.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mualliflar jamoasi. Shaxsiy rivojlanish. Darslik. – Т.: ТДЮУ, 2019. – 255 b. Internet manbaalari: 1.
www.distant.tsul.uz
2. www.tsullibrary.uz
3. www.ziyonet.uz
Download 367.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling