Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Ta’lim standartlari iste’molchilari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Давлат таълим стандартлари, тармоқ таълим стандартлари
- O‘quv rejasi
Ta’lim standartlari iste’molchilari
1-chizma kasbiy maslahat, kasbga yo‘naltirish, kasbiy tanlash ishlari tashkil etiladi; mutaxassislarning malakasini oshirish shakllari aniqlanadi; Иш берувчилар Давлат ва жамият Таълим берувчилар Таълим олувчилар Ота-оналар Давлат таълим стандартлари, тармоқ таълим стандартлари 29 DTS ning o‘zi esa tasniflagich asosida ishlab chiqiladi; DTSni ishlab chiqishni tashkil etish. DTSning amaliy muhimligini hisobga olib, uni quyidagi tartibda ishlab chiqish tavsiya etiladi: mualliflik jamoalarini tuzish; alohida bo‘limlarni ishlab chiqish, ularni dastlabki baholash va o‘zgartirishlar kiritish; DTS loyihasini tuzish uni ekspert baholash; yakuniy ishlov berish, tahrirlash, rasmiylashtirish va tasdiqlash; DTSni ishlab chiqish bo‘yicha mualliflar jamoasiga amaliyotchilar, soha va pedagogika fani namoyondalari, mehnat bo‘yicha mutaxassislar, psixologlar, fiziologlar kiritilishi maqsadga muvofiq. DTS ustida ishlashning asosiy bosqichi ekspert baholash bosqichidir. Ekspert baholashning asosiy vazifasi xatolarni aniqlash mohiyati, mazmuni, terminologik noaniqliklarini aniqlash va ularni kelgusida tuzatish yo‘llarini ko‘rsatishdir. DTSning mazmuni quyidagilar asosida aniqlanadi: Davlat va soha meyoriy, texnik va texnologik hujjatlarni tahlil etish; mehnat bozori talablari; mutaxassis mehnat faoliyati mazmuni: ilmiy texnik taraqqiyot va bozor munosabatlarining rivojlanishi ta’sirida ushbu sohadagi mehnatlarini rivojlanishi; mavjud tarifikasiya va attestasiya tuzilmalari; chet el kasbiy ta’lim standartlarini o‘rganish, tahlil etish va shu kabilar. Tahlil o‘z navbatida quyidagilar asosida amalga oshiriladi: hujjatlarni bevosita o‘rganish; intervyu olish; maslahat berish, ekspert so‘rovnomasi o‘tkazish, mutaxassislar amaliy faoliyatini kuzatish. Bunda quyidagilar tahlil obyektlari bo‘lib xizmat qilishi mumkin: mehnat qurollari, mehnat vositalari, mehnat mahsuloti, mehnat jarayoni, vazifalari, shart- sharoitlari va uni tashkil etish shakllari. O‘quv rejasi O‘quv rejasi ta’lim oluvchi bilimi va kasbiy tayyorgarlik mazmunining yetarli va zarur darajasini ta’minlaydigan o‘quv jarayoni va o‘quv yuklamalari hajmi, muddatlari va tayyorlanuvchi mutaxassis sifati, nazorati shakllarini belgilab beruvchi huquqiy-meyoriy hujjatdir. Kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar uchun mo‘ljallangan yangi o‘quv rejalari quyidagi 7 ta blokdan iborat qilib tuzilgan (bloklar va ularga ajratilgan vaqt miqdori ish beruvchilarning talablari, fan-texnika taraqqiyoti, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari, talim muassasalarining mustaqillik darajalari va boshqa shu kabi omillarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin): Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling