Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)-Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat 
bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar 
kiritish.
Majburiy umumiy o‘rta va.o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek o‘quvchilarning 
qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish to‘liq amalga oshiriladi. 
Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish 
ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi. 
Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom 
ettiriladi, o‘quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik 
texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi. 
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)-to‘plangan tajribani tahlil etish va 
umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar 
tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, 
o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq 
ta’minlanadi. Milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga 
oshiriladi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o‘zini o‘zi 
boshqarishi shakllari mustahkamlanadi. 
"Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog‘iga 
ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olinadi. 
3. Kadrlar tayyorlash miliy modelining tarkibiy qismlari.
Ular quyidagilardan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab 
chiqarish. 


37 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling