Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Hamdo‘stlik mamlakatlarida kasbiy ta’lim
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rossiyada kasbiy ta’lim
- 11-Mavzu: Kasb-hunar ta’limining qonuniyatlari va tamoyillari. Reja: 1. Kasb-hunar ta’limi jarayonining qonuniyatlari, tarkibiy qismlari.
3.Hamdo‘stlik mamlakatlarida kasbiy ta’lim.
1.Rossiyada umumiy o‘rta ta’lim tizimi 2.Rossiyada kasbiy ta’lim 3.Oliy ta’limdan keyingi o‘qish. Rossiyada umumiy ta’lim o‘z ichiga boshlang‘ich, asosiy va o‘rta (to‘liq) ta’limni qamrab oladi. O‘rta maktabda o‘qish muddati 11 yilni tashkil etib, bundan 1-4-sinflar boshlang‘ich, 5-9 sinflar-asosiy, 10-11-sinflar to‘liq o‘rta ta’lim dasturi asosida ta’lim oladilar. Ishchi yoshlar uchun kechki maktablar tizimi ham saqlanib qolgan. Keyingi yillarda bunday ta’lim ancha qisqargan. Shu bilan birga ikki yoki undan ortiq smenadagi maktablar ham qisqargan. Rossiyada kasbiy ta’lim Rossiyada kasbiy ta’limning uchta darajasi bor: Boshlang‘ich daraja - boshlang‘ich kasbiy ta’lim beruvchi o‘quv yurtlari (PTU) kvalifikatsiyali ishchi va xizmatchilarni yetishtirib chiqaradi. Bularda o‘qish muddati, o‘quvchining ma’lumot darajasiga bog‘liq. 9-sinfni tugatganlar 2-3 yil, 11-sinfni bitirib kelganlar 1 yoki 2 yil tahsil olishadi. Texnikum maqomiga teng bo‘lgan 3-4 yillik o‘quv yurtlari ham mavjud. O‘rta daraja - amaliyotchi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. U ikki asosiy ta’limiy dastur: bazaviy va oshirilgan darajada amalga oshiriladi. Bazoviy daraja dasturini egallagandan so‘ng bitiruvchiga "texnik" ixtisosligi beriladi. Oshirilgan darajada yana 1 yil chuqurlashtirilgan holda o‘qib chiqadi, unga "katta texnik" ixtisoslgi beriladi. Bunday ixtisoslik beradigan o‘quv muassasalari texnikum yoki kollejlardir. 11-Mavzu: Kasb-hunar ta’limining qonuniyatlari va tamoyillari. Reja: 1. Kasb-hunar ta’limi jarayonining qonuniyatlari, tarkibiy qismlari. 2. Pedagogik jarayonning prinsiplari. 1. Kasb-hunar ta’limi jarayonining qonuniyatlari, tarkibiy qismlari. Umuman pedagogik, shu jumladan kasb-hunar ta’limi jarayonining qonuniyatlari ta’lim-tarbiya va o‘quvchi shaxsini rivojlantirish jarayonida obyektiv ravishda mavjud aloqadorlik va o‘zaro munosabatlarda o‘z ifodasini topadi. Rus pedagog olimi L.D. Stolyarenko va uning maslakdoshlari tomonidan 49 quyidagi ta’lim qonuniyatlari e’tirof etilgan bo‘lib, ular bevosita kasb-hunar ta’limiga ham tegishlidir. Kasb-hunar ta’limi jarayonining tizim shaklida yaxlit va uzviy aloqador hamda ma’lum o‘zaro munosabatda bo‘lgan komponentlardan iborat ekanligi; Ta’limning tarkibiy qismlari: maqsadi, mazmuni, metodlari, vosita va natijalarining ijtimoiy tuzumga bog‘liqligi, ya’ni: ijtimoiy munosabatlar, jamiyatning mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji va talablari, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish texnologiyalari, madaniyat kabilarni pedagogik jarayonning barcha tashkil etuvchi komponentlarini shakllantirishga ta’siri; - ta’limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi tavsifga ega ekanligi; - ta’lim natijalarining o‘quvchilarning ongli, faol o‘quv-bilish faoliyatlariga bog‘liqligi; - kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik va ishlab chiqarish qonuniyatlarining hisobga olinishi, ularning birligi va o‘zaro aloqadorligi; - kasbiy tayyorgarlik jarayonining o‘zaro bog‘liq nazariy va amaliy ta’lim integrasiyasidan iboratligi; - kasbiy tayyorgarlik jarayonida o‘quvchilarning yakkama-yakka (individual) va jamoaviy faoliyatlarining tashkil etilishi kabilar. Uzluksiz ta’lim, shu jumladan kasb-hunar ta’limi quyidagi pedagogik qonuniyatlarga asoslanadi: - kasbiy ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi (muhandis-pedagog) va o‘quvchilar hamda o‘rganilayotgan obyektlarning o‘zaro ta’siri; - kasbiy ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning ongliligi, mustaqilligi va faolligi; - kasbiy ta’lim-tarbiya jarayonida uning ishtirokchilari (o‘qituvchi va o‘quvchilari) maqsadlarining bir-biriga mushtarakligi; - kasbiy ta’lim-tarbiya ishi natijalarining o‘quvchilar, faol o‘quv-bilish faoliyatiga bog‘liqligi; - kasbiy ta’lim-tarbiya, ya’ni pedagogik jarayonni tashkil etuvchi maqsad, mazmun, metod, vosita, shakl, natija va ishtirokchilar orasida o‘zaro bog‘liqlik hamda munosabatlarning mavjudligi; - kasbiy ta’lim maqsadi, uning mazmuni va metodlari, metod va mazmuni maqsadga erishilganlik darajasini belgilashi; - kasbiy ta’lim mazmuni (o‘quv materiali)ning vaqt, o‘quvchilar yoshi, tayyorgarlik darajasi va boshqa individual xususiyatlariga mos holda tashkil etilganda maqbul o‘zlashtirilishi; - kasbiy (ko‘nikma va malakalar) ning asosi hisoblangan bilimlar mohiyatini anglagan holda ish-harakat operasiyalarini takror bajarish orqali shakllanishi; - o‘quv materialini puxta o‘zlashtirilishi avval o‘zlashtirganlariga tayanganligi va muntazam ravishda takrorlanganligiga bog‘liqligi; - o‘quv materialining maqsadga muvofiq holda shakllantirilganligi va o‘quvchilarga yetkazilishi; - o‘zlashtirish sifat va darajasining o‘quvchilar imkoniyatlari, qiziqishi, idroki, tafakkuri, qobiliyati, o‘qituvchi tomonidan uning ahamiyatli jihatlarini yoritilishi kabilarga bog‘liqligi; - o‘zlashtirish maromi va puxtaligini o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialini aniq, lo‘nda hamda qiziqarli yetkazilishiga bog‘liqligi; - o‘quvchining aqliy rivojlanganligi, o‘zlashtirgan bilim, hayotiy tajribalariga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi; - kasb–hunar ta’limining muvaffaqiyati, tezligi va natijalarining o‘quvchilar individual xususiyatlariga bog‘liqligi. - o‘quvchilarda mustaqil ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish va rivojlantirishning ular oldiga muhim ahamiyatga ega hayotiy dolzarb muammolar yechimini topish vazifasining qo‘yilganligiga bog‘liqligi kabilar. Kasb-hunar ta’limi jarayonida ishlab chiqarishning quyidagi qonuniyatlarini hisobga olinishi zarur. ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari tavsifiga mosligi; - mulkchilik munosabatlari; - mehnat xarakteridagi o‘zgarishlar; 50 - talab va ehtiyojning ishlab chiqarish darajasidan yuqoriligi; - mehnatga yarasha taqsimot; - ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarishga nisbatan o‘sishi; - rejali, proporsional rivojlanish; - moddiy ne’matlar yaratuvchi odamlar o‘zlarining ongi, xulq-atvori va his-tuyg‘ularini qayta ishlab chiqishi; - yirik mashinasozlik sanoatining uzluksiz ortib borishi; - ishlab chiqarish jarayonlarini tabaqalashtirish va integrasiyalashtirish; - ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperasiyalashtirish; - ishlab chiqarishni majmuaviy mexanizasiyalash, avtomatlashtirish va robotlashtirish; - ishlab chiqarishning intellektuallashuvi; - mehnat resurslarining o‘zaro taqsimlanish sur’atini ortishi; - xo‘jalik hisobi, o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash; - sanoat sohasi bilan mashg‘ul mutaxassislar sonini qisqarishi; - mehnatni jamoaviy tashkil etishning ortishi, demokratiyalash, o‘zi-o‘zini boshqarish va shu kabilar. Kasb-hunar ta’limi didaktikasining asosiy masalalaridan biri – ta’lim prinsiplaridir. Biz o‘z ishimizda ta’lim qoidalari, tamoyillari va prinsiplarini sinonim sifatida e’tirof etib, xalqaro ko‘lamda prinsip deb yuritganligi bois ushbu iboradan foydalanamiz. Ta’lim prinsiplari – bu pedagogik jarayon ishtirokchilarining o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarini belgilovchi asosiy qoidalar tizimidir. Bu qoidalar tizimini bilmaslik yoki ularga asoslanishda no‘noqlikka yo‘l qo‘yish butun yaxlit kasbiy ta’lim-tarbiya ishiga to‘sqinlik qiladi. Ta’lim prinsiplari tizimini birinchi bo‘lib Y.A. Komenskiy ilmiy asosda ishlab chiqdi. U bu prinsiplarni o‘quv jarayonini tashkil etilishi uchun asos bo‘ladigan qoidalar deb atagan edi. Pedagogik jarayon amal qilishi zarur bo‘lgan qoidalar, ya’ni prinsiplarning mohiyatini bilish ushbu jarayon haqida aniq bilimga ega bo‘lish imkonini beradi. Shu bois, biz quyida ularning ba’zi birlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling