Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Akademiy lisey – davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi. 
O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual 
kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv 
muassasasi xisoblanadi. 
Kasb-hunar kolleji - tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi beradiuvchi, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur 
rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini 
beradigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasasi xisoblanadi. Kasb-hunar kollejlari 
jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibini tanlanganligi, o‘quv jaaryoniining tashkil etilish 
jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. 
Akademiy lisey va kasb-hunar kollejlaridagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
mazmuni. 
Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
yo‘nalishi – akademik lisey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. 
Akademik lisey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi. 
O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual 
rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini 
ta’minlaydi. 
Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi beradi; o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur 
rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini 
beradi. 
Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan 
chuqur nazariy bilimi olish imkonini beradi. 
Akademik liselar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimilarini 
chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling