Aqli zaif bolalar talaffuzi va idrokida kuzatiladigan qiyinchiliklar


Download 37.5 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi37.5 Kb.
#1023571
Bog'liq
Aqli zaif o‘quvchilar nutqining rivojlanish hususiyatlari


Aqli zaif o‘quvchilar nutqining rivojlanish hususiyatlari
Reja:



  1. Aqli zaif bolalar talaffuzi va idrokida kuzatiladigan qiyinchiliklar.

  2. Aqli zaif bolalar lug‘at boyligi, leksik komponet holati

  3. Aqli zaif bolalarning gap tuzishida kuzatiladigan qiyinchiliklar.

4. Bog‘langan nutqning rivojlanish hususiyatlari.
5. Nutqdagi kamchiliklarning boshqa psihik jarayonlarning tarkib topishiga ta’siri.
Nutkni o‘z vaktida to‘g‘ri egallash bolaga atrofdagi odamlar bilan erkin muloqatda bo‘lish imkonini beradi, o‘z hulkini boshkarishga yordamlashadi, psihik faoliyatining rivojlanishiga ko‘maklashadi va nihoyat, maktabda ta’lim tarbiya berish jarayonini ancha yengillashtiradi.
Akli zaif bolalar o‘zlarining me’yorda rivojlangan tengdoshlariga karaganda birmuncha kech tilga kiradilar, birinchi so‘zni aytish muddati uch ba’zan esa besh yoshigacha kechikadi.
Gnezdilov M.F., Petrova V.G.., Kashe O.V., Orlova YE.V., Voronkova V.V., Rahmanova V.S. va boshqa olimlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra birinchi sinfga kelgan akli zaif bolalarning 66%ida talaffuz nuksonlari uchraydi. Aksariyat bolalarda fonematik eshitish kobiliyati buzilgan, nutk a’zolari va ularning harakatidagi nuksonlar ko‘plab uchraydi. Lugat boyligini egallashda jiddiy kiyinchiliklar kuzatiladi. Impressiv-ichki nutk ekspressiv-tashqi nutk tarakkiyotidan ancha orkada koladi. Mavhum hususiyatdagi, umumlashtiruvchi tushunchalarni ifodalovchi ko‘pgina so‘zlarni tushunmaydilar, ko‘chma ma’noda ko‘llanilgan tushunchalarni anglashda kiynaladilar, ularni aynan idrok etadilar.
Akli zaif o‘kuvchilarning gap tuzishida ham kiyinchiliklar kuzatiladi. Tuzgan gaplari sodda bo‘lib, so‘zlarning o‘zaro moslashuvida ko‘plab hatolar uchraydi, murakkab bog‘lanishli gaplar juda kam ko‘llaniladi. Li zaif bolalar tovush va so‘zlarni aniq va to‘g‘ri talaffuz eta olmaydilar, rasmga qarab gap tuzishda qiynaladi, o‘qituvchi yordamidan to‘g‘ri foydalana olmaydilar. Ertak va hikoyani tinglash, mazmunini tushinish darajasi ham dastur talablariga javob bermaydi. Eshitgan kichik ertak va hikoyani qayta so‘zlab berishda ham ancha qiynaldilar. Ular alohida so‘zlarni eslab, aytadilar. Biroq to‘g‘ri tuzilgan gaplar asosida ertak mazmunini qayta so‘zlab bera olmaydilar. Aqli zaif bolalar tevarak-atrof, tabiat manzarasi haqida qisqacha so‘zlab berishda ham qiynaldilar. O‘qituvchi tavsiyasi bilan hayotiy mavzular bo‘yicha qisqacha hikoya tuzish topshirig‘ini ko‘pchilik bolalar bajara olmaydilar. Yordamchi maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi kattalar va o‘rtoqlari bilan suhbatda faol ishtirok etmadilar, savollarga ha, yo‘q deb javob berib, suhbatda gaplardan deyarli foydalana olmaydilar. Alohida so‘zlar, imo-ishora, anaqa kabi so‘zlar ko‘p ishlatildi. Berilgan savolga to‘liq, to‘g‘ri tuzilgan gap orqali javob bera oladigan bolalar ular orasida kuzatilmadi.
Aqli zaif bolalarning tafakkuri, fonematik eshitishi, analiz va sintez kilish malakalari, kurish idroki, fazoviy idroki yahshi rivojlanmagan, tovushlar talaffuzida sirg‘aluvchi, sanor tovushlarning noto‘g‘ri talaffuz etilishi yoki yo‘qligi keng tarqalgan, nutqning leksik va grammatik tomonlari rivojlanmagan. Bog‘langan nutqining rivojlanishida vaziyatli rasmga qarab gap tuzish, birlikdagi otlarni ko‘plikdagi otlarga aylantirish, otning kichraytish-erkalatish shaklini hosil qilish , berilgan andozaga qarab gap tuzish qobiliyatlari ham shakllanmagan. Mustaqil nutqini kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ular sujetli rasm yordamida hikoya tuzishda, ko‘rgan narsalarini gapirib berish, ular uchun o‘qib berilgan matnni so‘zlab berish, o‘z ko‘rgan-kechirganlarini izchillik bilan bayon etib berish kabi topshiriqlarni juda katta qiyinchiliklar bilan bajarar ekanlar.
Akli zaif bolalar og‘zaki nutkidagi barcha nuksonlar ularni o‘kitish jarayonida kiyinchilik tug‘diradi.
Yordamchi maktabda ta’lim jarayoni akli zaif o‘kuvchi shahsini har tomonlama shakllantirish, uni orkada kolishlikka olib keluvchi ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi turli hil nuksonlarni tuzatish, yengillashtirish, korreksiya kilishga yo‘naltirilgan chora tadbilarni amalga oshirishga karatilgan. Turli sabablarga ko‘ra sinfdagi frontal ishdan orkada qolgan, ulgurmovchi o‘kuvchilarga logopedik yordam ko‘rsatilishi tufayli, ular dastur talablariga mos ravishda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Adabiyotlar



  1. G‘oziyev E.Bolalar psihologiyasi. -Toshkent,2002

  2. Ayupova M.YU., Muminova L.R. va boshqalar. Logopediya T.,1993

  3. Doshkolnaya oligofrenopedagogika Moskva, «Vlados»1998

  4. Krutetskiy V.A.Psihologiya.-Moskva 1980

  5. Leontyev A.A, Psiholingvistika.- «Nauka» Leningrad, 1987

  6. Mamedov K.Shoumarov G.Akli zaif bolalar psihologiyasi.- Toshkent. 1994

  7. Muminova L.R. Kahramonova M.T. Logopediya terminlarining ruscha-uzbekcha izohli lugati. - T. «Uqituvchi» - 1985 y.

  8. Negnevitskaya YE.I.,Shahnarovich A.M.Yazik i deti.-Izdatelstvo "Nauka"»Moskva 1981

  9. Nurkeldiyeva D.A. Bolalarning maktabga tayyorgarligini aniqlash.- Nizomiy nomli TDPU, T., 1997

10. Lalayeva R.I. Narusheniye protsessa ovladeniya chteniyem u detey. M., Prosvesheniye,2000 .

  1. Petrova V.G. Osobennosti razvitiya rechi umstvenno otstalix shkolnikov.- Moskva, 1984

  2. Rahmanova V.S. Mahsus pedagogika.- Gofur G‘ulom, Toshkent,2004

  3. Sadovnikova I.N. Narusheniye pismennoy rechi u mladshix shkolnikov.- M., Prosveshyeniye, 2001.

Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling