Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 - Mavzu: Kasb-hunar ta’limini tashkil qilishda o‘qituvchining asosiy vazifalari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

18 - Mavzu: Kasb-hunar ta’limini tashkil qilishda o‘qituvchining asosiy vazifalari. 
Reja: 
1. O‘qituvchining lavozim vazifalari. 
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalar. 
3. Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari. 
4 O‘qituvchining metodik ishlari. 
 1.O‘qituvchining lavozim vazifalari.
O‘quv jarayonida o‘qituvchi raxbarlik vazifasini bajaradi. Bu umumiy qoida kasb ta’limi 
o‘qituvchisiga xam ta’luqlidir. Kasb ta’limida vaqtning qismini o‘quvchilarning mustaqil amaliy 
ishlari egallashi o‘qituvchining rolini yanada oshiradi. Chunki xamma narsa o‘qituvchi tomonidan 
oldindan puxta o‘ylansa va yaxshi rejalashtirilsagina o‘quvchilar mustaqil ishlay olishlari mumkin. 
Bu borada kasbiy ta’lim o‘qituvchisining metodik pedagogik va maxsus tayyorgarliklari 
yuqori pog‘onaga ko‘tarilishi lozim. Unda kasbiy ta’lim o‘qituvchisi o‘z fanining ilmiy asoslarini 
mukammal bilish bilan birga, mustaqil mexnat ko‘nikmalari va malakalarni egallangan bo‘lishi, 
ularni o‘quvchilarga moxirlik bilan yetkazib bera olishi kerak. Shu munosabat Bilan aytish zarurki, 
faqat o‘z soxasida yaxshi malaka orttirgan va ishining ustasi bo‘lgan kishigina o‘quvchilarga o‘z 
ishini egallashda yordam bera oladi. 
Kasb ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:

o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini rivojlantirish;

tanlangan kasb va ixtisosligi o‘quv fanlari bo‘yicha chuqur bilimlarni, ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirish; 

ta’lim jarayonida o‘qitishning samarali usullari, vositalari va shakllarini, yangi pedagogik 
texnologiyalarni keng qo‘llash; 


81 

o‘qitadigan fani bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni, to‘garak mashg‘ulotlarni tashkil 
qilish;

o‘quvchilarni bilim sifati, o‘zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish

o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash;

o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash;

o‘quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida jihozlashda qatnashish; 

ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va qo‘llash;

muntazam ravishda malakasini oshirish.
Kasb ta’limi o‘qituvchilari bundan tashqari mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqarish 
texnologiyalarini, iqtisod asoslari, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish asoslarini bilishi 
kerak. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling