Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash shakllari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

 Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash shakllari 
 1. Dars 
2. Seminar mashg‘ulotlari 
3. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar 
4. Sayohat (ekskursiya) 
5. O‘quvchilar bilan qo‘shimcha ishlash 
6. O‘quvchilarning uy ishlari 
7. O‘quv sexlari va maydonlarida ta’lim berish 
8. Ustoz shogird tarkibida ta’lim berish 
9. Xususiy (shaxsiy) ish o‘rinlarida o‘quvchilarni o‘rgatish 
10. Korxonadagi ishchilar o‘rnida ishlab chiqarish amaliyoti. 
Ravshanki, bularning barchasi kollej ta’lim-tarbiya mazmuni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, 
ular ma’lum ta’limiy, tarbiyaviy maqsadga erishish uchun xizmat qiladi. Bu ishlarning
barchasini uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil eta olish uchun pedagog-tarbiyachi juda ko‘p narsalarni 
bilishi va uddalashi kerak. Yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab va ehtiyojning
tobora ortib borishi o‘rta maxsus, kasb-hunar tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha rahbar
muhandis-pedagog, o‘qituvchi va tarbiyachilarning zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi. 
23-Mavzu: Kasb-hunar ta’limida ta’lim tarbiya jarayoni sifatini nazorat qilish.
Reja: 
1. Kasb - hunar ta’limida ta’lim – tarbiya jarayonini nazorat qilishning maqsad va 
vazifalari.
2. Kasb - hunar ta’limida ta’lim jarayonini nazorat qilish.
3. Kasb - hunar ta’limida tarbiya jarayonini nazorat qilish. 


101 
1.Kasb-hunar ta’limida ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat qilishning maqsad va 
vazifalari.
Har qanday ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyati va uni nazorat qilishning maqsadlari bir-
birini taqozo etuvchi va uzviy aloqador: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko‘zda 
tutadi. Bu maqsadlar bir-birlari bilan uzviy aloqadorligi sababli ularning har birini shartli ravishda 
alohida-alohida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 
I. Ta’limiy maqsad - mavzu bo‘yicha o‘quv materiali mazmuniga ko‘ra aniqlanib, 
o‘quvchilarda o‘rganilayotgan obyektning muhim xususiyat (jihat)lari, namoyon bo‘lish shakllari 
haqida bilim va ulardan amaliyotda (kasbiy faoliyatda yoki umuman hayotda) foydalanish 
bo‘yicha ish-harakat usullarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. 
II. 
Tarbiyaviy maqsad - o‘rganilayotgan obyektni jamiyat va tabiat hayoti, manfaati 
uchun qanday ahamiyatga egaligini ko‘zda tutib, o‘quvchi shaxsida shakllanishi lozim bo‘lgan 
shaxsiy (ijobiy va salbiy) xislat hamda fazilatlarni ko‘zda tutadi. 
III. Rivojlantiruvchi maqsad - tahsil oluvchining dasturiy materialni o‘zlashtirishi natijasida 
bilimi, tajribasi, odob-ahloqi va shu kabi shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish bilan 
bir vaqtda mantiqiy tafakkur (fikr yuritish) qobiliyatlariningshakllantirilishini ko‘zda tutadi. Fikr
yuritish o‘rganilayotgan obyektni muhim o‘ziga xos xususiyatlarini anglab olish idrok 
etish va mushohada yuritish uchun diqqatni qaratilishini talab etadi. 
Ta’lim-tarbiya ishini o‘quvchilarning yoshi va boshqa individual xususiyatlariga ko‘ra 
tashkil etish — individual va tabaqalashgan yondoshuv) bu sohadagi muhim masala bo‘lib, 
maqsadga erishish shart-sharoitlari, metodlari, vositalarini tanlashga imkon beradi. 
Ta’lim-tarbiya ishida quyidagilar hisobga olinmog‘i zarur: 
1. Ta’lim-tarbiya ishini yakka va jamoaviy shakllarini uyg‘unlashtirish. 
2. Har bir o‘quvchining kuchli va kuchsiz jihatlarini hisobga olish va undan oqilona 
foydalanish. 
3. Har 
bir 
o‘quvchiga 
mos 
keladigan 
vazifalarni 
berib 
o‘z 
kuchiga ishontirish. 
4. 
O‘quv 
masalalarining 
muammolilik 
va 
qiyinlik 
darajasini 
asta-sekinlik bilan oshirib borish. 
5. Mashg‘ulotlarda barcha o‘quvchilarning faolligiga erishish. 
6.Ko‘zlangan 
umumiy 
maqsadga 
har 
bir 
o‘quvchining 
o‘z 
kuchi 
bilan 
erishish 
shart-sharoiti 
metodlari 
va 
vositalarini 
oldindan topish. 
7. Dars vaqtidan unumli foydalanishga erishish. 
8. O‘zlashtirilgan bilim va ish-harakat usullarini mustahkamlash va qo‘llash maqsadlarida 
o‘quvchilarni ijodiy mustaqil ishlarini tashkil etish va shu kabilar. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling