Tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi. Ilg‘or o‘qituvchilar tarbiyani ijtimoiy institut sifatida
tushunganlar. Turli davrlarda yo ijtimoiy,yo davlat, yoki shaxsiy yo‘nalish kasb etib, uning
mazmun prinsiplari o‘zgargan. Mazkur prinsip o‘qituvchining barcha faoliyati tarbiyaning davlat
strategiyasiga mos holda o‘sib kelayotgan avlodini tarbiya vazifalariga bo‘ysundirishni talab qiladi
va tarbiyachilar faoliyatini shaxsni ijtimoiylashtirishga yo‘naltiradi. Bu prinsiplarni amalga
oshirishning asosiy qoidalari tarbiyaviy (mehnat, ijtimoiy, o‘yin va b.) faoliyat jarayonida
o‘quvchilarda faoliyatning ijtimoiy qimmat va muhim sababga molik, ijtimoiylashtirish suratini
tezlashtirishni tashkillashtirish zaruriyati bilan bog‘langan.
Tarbiyani insonparvarlashtirish Prinsipiga qo‘yiladigan asosiy talablar:
tarbiyalanuvchi shaxsiga insoniy munosabat;
uning huquqi va erkinligini hurmat qilish;
tarbiyalanuvchiga kuchi yetadigan va oqilona shakllantirilgan talablarni qo‘yish;
tarbiyalanuvchining holatini hatto u taqdim etilgan talablarni bajarishidan bosh tortgan
paytda ham tushunish;
kishining o‘zi bilan o‘zi bo‘lish huquqini hurmat qilish;
tarbiyalanuvchilar ongiga tarbiyaning maqsad va vazifalarini yetkazish;
talab etilayotgan sifatlarni majburiy shakllantirmaslikG’
Shaxsiy yondoshish. Bunday yondoshish tarbiyalanuvchilarning shaxsiy sifatlariga
tayanishni ko‘zlaydi va tarbiyachidan quyidagilarni talab etadi:
shaxsning individual xususiyatlarini (xarakteri, mijozi(temperamenti), qarashlari, odatlari
va b.) muntazam o‘rganish va yaxshi bilish;
mohirona tashxislash va shaxsiy sifatlarning real shakllanganlik darajasini bilish;
tarbiyalanuvchini shaxsning rivojlanishini ta’minlovchi murakkablashib boradigan
faoliyatga tortish;
shaxsning aktivligiga tayanish;
shaxsni tarbiyalashdan o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish, maqsadni, mazmuni, metodlarni o‘z
–o‘zini tarbiyalashning shakllarini belgilash maxoratini hosil qilish;
faoliyatning muvaffaqiyatga olib keluvchi mustaqillik, tashabbus, tarbiyalanuvchilarning
tashabbuskorligini, mohirona tashkil etish va yo‘naltirishni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |