Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari
DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi
Download 361.83 Kb.
|
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari
2.DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. О‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yо‘qligi XX asrning 80-yillarida kо‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bо‘lishiga olib keldi. Davlat ta’lim standartlarini yaratish bо‘yicha ishlar О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab о‘tiladi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) О‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan sо‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bо‘yicha о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi. Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga kо‘ra quyidagilardan iboratdir: Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning о‘rganish obyektlari va asosiy mazmunli yо‘nalishlari kо‘zda tutiladigan о‘quv fanining umumiy ta’rifi. О‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash. Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni о‘quvchilarning о‘quv tayyorgarliklari zarur bо‘lgan minimal darajasiga talablar. Bilim, kо‘nikma va malakalarga qо‘yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining “о‘lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab о‘quvchilar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bо‘ladi. DTSni, uning talablarini bajarish О‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat kо‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bо‘ysunishdan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi: DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi; о‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi; umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi; ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi; umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg‘or) texnologiya yutuqlariga tayanish; pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi; ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch о‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch о‘quv reja ta’lim sohalarini meyorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bо‘luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch о‘quv rejasi о‘quv predmetlari bо‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini о‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan о‘quv soatlarining manimum hajmidagi miqdorini belgilaydi. Mazkur hujjat muayyan sinfda ma’lum о‘quv predmeti bо‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bо‘ladi. Har bir sinf yakunida о‘quvchilar tomonidan egallanishi lozim bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar ta’lim (о‘quv) predmetlari bо‘yicha ishlab chiqilgan о‘kuv rejasi va dasturlarida о‘z ifodasini topadi. DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bо‘lib xizmat qiladi DTSni, uning talablarini bajarish О‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat kо‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bо‘ysunishdan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi: DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi о‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi; umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg‘or) texnologiya yutuqlariga tayanish pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish Download 361.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling