Innovatsion ta’lim jarayonida o‘zbek tili darslariga qo‘yiladigan talablarning uzviyligi


Download 14.42 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi14.42 Kb.
#1326986
Bog'liq
8 INNOVASION TA\'LIM JARAYONIDA O\'ZBEK TILI DARSLARIGA QO\'YILADIGAN (2)


INNOVATSION TA’LIM JARAYONIDA O‘ZBEK TILI DARSLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLARNING UZVIYLIGI

N.R. Amanlikova, TDTrU, dotsent v.b.,


B.N. Eshpoʻlatov, TDTrU, talaba


Annotatsiya: Ta'lim muassasalarida ona tili darslarning tashkil qilishdan asosiy maqsad, o'quvchilarning darsdan keyingi bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli rivojlantirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash va amalda ko'llash ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ta'lim muassasalarida o'quvchilarning muayyan tartib-qoidalarga rioya qilishlari talab etiladi. O'quvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadigan mazkur tartib-qoidalar ijtimoiy-huquqiy me'yorlar o'ziga xos ko'rinishlaridan biri sanaladi.
Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiya, noan'anaviy, zamonaviy, innovasion dars, milliy istiqlol mafkurasi, o'z tarixi, til, urf-odatlar, boy madaniyat, o'quv fanlari.
Zamonaviy ona tili darsiga qo'yiladigan talablar jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta'lim mazmuniga, dars tuzilishiga qarab belgilanadi, shuningdek, insonning kelajak faoliyatiga albatta o'z ijobiy ta'sirini o'tkazadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlarning shakllanishi, milliy mafkuraning vujudga kelishi, tilimiz, tariximiz va qadriyatlarimizning tiklanishi, axborotlar hajmining keskin ko'payishi, fan va texnika taraqqiyoti ta'lim tizimini, ayniqsa, ona tili darslarini mazmunan isloh qilishni taqozo etmoqda. SHu bois pedagogik adabiyotlarda, ilg'or pedagogik texnologiyalarga asoslangan, noan'anaviy, zamonaviy, innovasion dars kabi atamalar tez va ko'p uchramoqda. Xo'sh, innovasiya, noan'anviy, texnologiyalarga asoslangan zamonaviy darsning o'zi nima? Innovasiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. Zamonaviy ona tili darsi haqida mutaxassislar «o'quv jarayonini faollashtirish», «nazariy tafakkurni rivojlantirish», «muammoli ta'lim», «har bir o'quvchini va hammani o'qitish» kabi fikrlarni ifodalashmoqda. Demak, zamonaviy darsga «. . . eng avvalo, o'quvchi shaxsining ta'lim olish ehtiyojlarini mustaqil tarzda qondirishga o'rgatuvchi usullar majmui» deb ta'rif berish maqsadga muvofiq. Davr ona tili darslarida asosiy e'tiborni o'qituvchi faoliyatidan o'quvchi faoliyatiga, uning ta'lim olish jarayoniga ko'chirishni taqozo qilmoqda. O'qituvchi bilim olish yo'lini ko'rsatish bilan birga bu jarayonda o'quvchiga hamkor-yo'naltiruvchi bo'lishi zarur.
Innovasion ta'lim jarayoniga asoslangan o'zbek tili darsiga qo'yiladigan umumiy talablar:
1. Tarbiyaviy talablar. O'quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, eng yaxshi axloqiy sifatlarini, olgan bilimini hayot bilan bog'lay olishni, vatanni, uning tarixi, madaniyati, urf-odatlarini, eng asosiysi, insonni hurmat qilishni, ilmiy dunyoqarashni, estetik didni, kasb-hunarga qiziqishni, iqtisodiy, huquqiy, ekologik madaniyatni tarkib toptirish.
2. Psixologik talablar. O'quvchilarning individual - psixologik xususiyatlarini bilgan holda ularda xotira, ongli idrok etishni, mustahkam irodani, tasavvur qila olishni, mavhum hodisalarni tafakkurlay olishni, o'quvchilarda davlat ta'lim standartlari qo'ygan talablarni, ular yoshiga mosligini hisobga olishni ta'minlashdan iboratdir.
3. Didaktik talablar. Dars maqsadi, metodi, vositalarini aniq belgilash, mavzuni qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish, mavzu mohiyatini o'quvchining o'zi mustaqil fikrlab o'zlashtirishiga erishish, barcha o'quvchilarning faolligini ta'minlash, o'quv materialini o'quvchilarning sodda tarzda qabul qilishiga, hayot bilan chambarchas bog'lashiga erishish, milliy istiqlol mafkurasi, o'z tarixi, tili, urf-odatlari hamda boy madaniyatimiz bilan faxrlanishga o'pgatish, o'quv fanlari bilan bog'liqligini ta'minlash, yaxlit ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, iqtisodiy, xuquqiy, ekologik madaniyatni tarkib toptirish, standartlarga mos bilim, ko'nikma va malakalarni ta'minlash, o'zlashtirilgan bilim sifatini xolisona baholashga erishish kabilar.
Zamonaviy ona tili darslarida yuqoridagi umumiy talablar bilan bir qatorda pedagogik texnologiyalarga asoslangan quyidagi talablar ham o'zaro uzviy tarzda amalga oshirilishi talab qilinadi;
- o'quvchi faolligini ta'minlash;
- maqsad va vazifalar uzviyligi;
- axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish;
- dars loyihasining maqsadga erishishdagi kafolatini ta'minlashi.
Innovasion ta'lim jarayoniga asoslangan o'zbek tili ta'limi jarayonining samarali bo'lishini ta'minlashda har bir pedagog ta'lim mazmuni tarkibiy qismlarini mukammal bilishi va ular orasidagi uzviylikka to'la amal qilishi juda muhim. Ta'lim mazmuni tarkibiy qismlari bir-birini taqozo qiladi hamda til o'qitishining muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Uzviylikning buzilishi til ta'limi samarasining pasayishiga olib keladi. Mavzularni o'quvchilar ongiga singdirishda o'qituvchi ta'lim mazmuni komponentlarini alohida-alohida qismlar sifatida emas, balki yaxlit bir tizim sifatida anglash tavsiya etiladi. Uzviylikni ta'minlashni zamonaviy pedagogika, psixologiya fani asoslari hamda o'z mutaxassisligi yuzasidan puxta fundamental bilimga ega bo'lgan, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan qurollangan o'qituvchisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Milliy istiqlol o‘zbek millatining muhim shakllantiruvchi omillaridan biri, belgisi sifatida o‘zbek tili yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Bugun o‘zbek tilining mavqeyi va ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Hozirgi kunda o‘zbek tilida elektronika, kibernetika, informatika va hisoblash matematikasi bo‘yicha, tibbiyot, kimyo, yadro fizikasi, internet tarmoqlariga oid o‘nlab o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmoqda. Demak, o‘zbek tilida ma’no shu sohalarda ilmiy nutq shakllanmoqda va rivojlanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, globallashuv jarayonida ijtimoiy nutq tabiati o‘ziga bundan-buyon ham o‘z tadqiqotchilarini tobora ko‘proq tortishi qonuniy bir holdir. Zero, har bir xalq, millat, hatto, ijtimoiy guruh yoki toifa, qolaversa xalq, millat uchun odat tusiga kirgan qator urf-odatlar, rasm-rusmlar, ya’ni etnografik tomonlar bir-birlari bilan bog‘langan bo‘lib, u faqat o‘z aksini nutqda, ya’ni muloqot jarayonida o‘z aksini topadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
Download 14.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling