Yo’l qoidasi-umr foydasi


Download 44.88 Kb.
Sana05.01.2023
Hajmi44.88 Kb.
#1080663
Bog'liq
Temir yo‘l kesishuvlaridagi harakat (yo‘l harakati qoidalari)


12-Mavzu: Temir yo‘l kesishuvlaridagi harakat (yo‘l harakati qoidalari)
Kun shiori: “Yo’l qoidasi-umr foydasi”
ta’limiy: o’quvchilarga yo’l belgilari haqida tushunchalar berish, ko’chada yurish qoidalarini orgatish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
tarbiyaviy: ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish;
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
A sosiy qism:
Mamlakatimizda temir yo'l tarmoqlari keng quloch yozgan har yili yangi temir yo'l izlari qurilmoqda, poyezdlarning harakati tezlashmoqda. Ma'lumki, temir yo'l izlari shaharlar va qishloqlar orqali o'tadi, ko'cha va yo'llar bilan kesishadi. Bilasizki, temir yo'li izlari atrofi to'silmaydi, buning iloji ham yo'q. Shuning uchun piyodalar va transport vositalariga katta xavf tug'diradi.
Bitta poyezdda 10... 15 tadan bir necha o'ntagacha vagon bo'lishi mumkin. Poyezdlar katta tezlikda harakatlanadi. Siz bilasizki, tramvayni to'xtatib qolish avtomobilni to'xtatib qolishdan ancha qiyin. Poyezdni to'x¬tatib qolish esa avtomobil va tramvayni to'xtatib qolishdan ancha qiyin. Shuning uchun temir yo'l izlari yaqinida ayniqsa hushyor va e'tiborli bo'lish lozim. Temir yo'l izlari ustida yurish mumkin emas, bu juda xavfli. Temir yo'l izini maxsus ajratilgan joydan kesib o'tish lozim.
Ko'p temir yo'l bekatlarida temir yo'l izlari ustiga ko'prik quriladi yoki izlar tagidan piyodalar uchun tunnel qilinadi. Lekin ko'prik ham, tunnel ham yo'q bekatlar ham bor.
Bunday bekatlarda piyodalarning o'tishi uchun temir yo'l izlari ustiga taxta to'shalma qilinadi va "Temir yo'l orqali o'tish” belglsi qo'yiladi.
Temir yo'lni kesib o'tishdan oldin yaqinlashayotgan poyezd yo'qligiga ishonch hosil qilish lozim. 
Barcha transport vositalariga, shu jumladan volosipedchilarga temir yo'lni faqat temir yo'l kesishmasi orqali o'tlshga ruxsat beriladi.
Temir yo`l kesishmasi ikki xil: shlagbaumli va shlagbaumsiz bo`ladi. Poyezdlar ko`p harakatlanadigan, transport vositalari serqatnov bo`lgan joylarda avtomatik shlagbaumlar o`rnatiladi.. Bunday kesishuvlarga qizil chlrog'i o'chib-yonib tinadigan ikki bo'linmali yotiq svetoforlar o'rnatiladi, kesishuv chetidagi uychada esa temir yo'lchilar navbatchilik qiladi.
Piyodalar temir yo'l kesishmasiga yaqinlashganda svetoforning ishoralarini va navbatchining ishoralarini diqqat bilan kuzatishlari lozim. Poyezd yaqinlashganda
svetoforning goh u sektsiyasidagi, goh bu bo'linmadagi qizil chiroq yonadi va shlagbaum berkiladi. Ana shu paytdan boshlab temir yo'l kesishmasi orqaii o'tish taqiqlanadi. Poyezd o'tib ketganidan so'ng shlagbaum ochiladi va kesishma orqaii o'tishga ruxsat beriladi.
Shlagbaumsiz va navbatchisiz temir yo'l kesish- malaridan o'tishda juda ehtiyot bo'lish lozim. Oldin yaqinlashayotgan poyezd ko'rinmayotganligi va ovozi eshitilmayotganligiga ishonch hosil qilish lozim. Shundan keyingina kesishmadan o'tish mumkin.


Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
Download 44.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling