Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari


II. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi


Download 361.83 Kb.
bet60/67
Sana16.01.2023
Hajmi361.83 Kb.
#1095702
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
Bog'liq
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

II. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
10. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tuzilmasini takomillashtirish va boshqarish masalalari bo‘yicha takliflar kiritish;
hay’at majlislarida oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan respublika vazirliklari va idoralari rahbar xodimlarining axboroti (ma’ruzalari)ni ko‘rib chiqish;
davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan va mansabdor shaxslardan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan shartnoma asosida tayyorlangan mutaxassislarning ishga joylashtirilishi monitoringini yuritish uchun zarur bo‘lgan tahliliy materiallarni va boshqa materiallarni so‘rash va belgilangan tartibda olish;
idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, Vazirlikning normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishini nazorat qilish;
idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish masalalari bo‘yicha ekspert xulosalar berish;
barcha manbalar, ayniqsa o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish fakultetlari tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini belgilash;
respublika vazirliklari, idoralaridan va bevosita oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan Vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallarni hamda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘yicha belgilangan statistika hisobotini olish va Vazirlikning ta’lim muassasalarida hisob va hisobotning holati ustidan nazorat qilish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank muassasalarida va boshqa kredit muassasalarida valyuta hisob raqamlariga ega bo‘lish;
mutaxassislarni shartnoma asosida maqsadli tayyorlash uchun idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda maxsus kurslar, kafedralar, fakultetlar va laboratoriyalar ochish;
muammoli laboratoriyalar tashkil etish va ularni yopish hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda — Vazirlik tizimining oliy ta’lim muassasalarida tarmoq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari tashkil etish va ularni yopish;
Vazirlikda respublikaning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun yetakchi olimlar, yuqori malakali o‘qituvchilar va mutaxassislardan ilmiy-metodik kengashlar tashkil etish;
markaziy apparatning tasdiqlangan tuzilmasiga Vazirlikning mehnatga haq to‘lash fondi va apparat xodimlarining cheklangan soni doirasida boshqaruvning texnologiyasi va texnikasini takomillashtirish zaruriyati tufayli kelib chiqqan o‘zgartirishlar kiritish;
idoraviy mansub muassasalarning amaldagi qonun hujjatlari, Vazirlikning normativ-huquqiy hujjatlari buzilgan holda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish;
belgilangan tartibda Vazirlikning mukofotlari, ko‘krak belgilari va faxriy yorliqlarini ta’sis etish hamda ular bilan ilg‘or xodimlarni va professor-o‘qituvchilar tartibini, shuningdek eng yaxshi ilmiy va eksperimental konstruktorlik ishlari uchun oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining talabalari va o‘quvchilarini mukofotlash;
oliy ta’lim muassasalarining talabalarini belgilangan tartibda bir o‘quv muassasasidan boshqasiga o‘tkazish, talabalikka tiklash va talabalikdan chiqarish, yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirishga ruxsatnoma berish;
oliy ta’lim muassasalari faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish.
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bajarishi majburiy bo‘lgan, ta’lim sifatini oshirishga, raqobatbarbosh kadrlar tayyorlashga, pedagog xodimlarning samarali ishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir.
12. Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
13. Vazirlik oliy ta’lim sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi, Vazirlik mablag‘laridan samarali foydalanilishi, shuningdek o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



Download 361.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling