Prinsip – rahbar g‘oya, asosiy qoida, faoliyatga, xulqqa nisbatan qо‘yilgan asosiy talabdir.
Ta’lim prinsipi – ta’lim jarayoniga quyiladigan asosiy talabdir.
Ta’limning tarbiyaviy xususiyatli prinsipi.
Ta’limning ilmiyligi prinsipi.
Ta’limning tizimlilik prinsipi.
Ta’limning tushinarliligi prinsipi.
Ta’limning kо‘rgazmalilik prinsipi.
Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi.
Ta’limning puxtaligi prinsipi.
Ta’limni alohidalashtirish prinsipi.
1-jadval Ta’lim prinsiplariga quyidagilar kiradi
Ta’limning kо‘rgazmalilik prinsipi
|
|
-
Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi
|
|
Ta’limning tarbiyaviy xususiyati prinsipi. Bu prinsip bir qancha yо‘nalishlar bо‘yicha amalga oshiriladi:
material mazmunini Respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, mustaqil rivojlanish yо‘lidagi muvaffaqiyatlari, xalqning mehnatidagi yutuqlari, xozirgi zamon fani va texnikasi hamda madaniyati bilan bog‘lash;
-shaxsda ma’naviy fazilatlarni, intizomlilikni, qatiyatlilikni va mehnatsevarlikni tarbiyalash;
ta’lim jarayonida hosil bо‘ladigan hissiyotlar, kechinmalar va taassurotlarning hosil bо‘lish jarayonini boshqarish;
aqliy qobiliyatlarining rivojlantirilishi va shakillantirilishini amalga oshirish.
Bu yо‘nalishlarni amalga oshirish uchun о‘qituvchi о‘ziga quyilgan quyidagi talablarga tо‘liq rioya qilishi kerak:
Birinchidan. О‘quvchining dunyoqarashi, uning nuqtai nazari, e’tiqodi qanday shakillanishini bilishi kerak. О‘quvchi faqatgina darslik doirasida о‘ralib qolmasligi uchun, keng doirada fikrlash, tasavvur qilish qobiliyatini shakllantirish zarur.
Ikkinchidan. О‘quvchi shaxsining ma’naviy, mehnatsevarlik, nafosatlilik fazilatlarini takomillashtirishda har bir darsning ahamiyatini tushuntirib borishi kerak.
Uchinchidan. О‘quv jarayonida о‘quvchilarda his -tuygularning paydo bо‘lishi, yuzaga chiqishi va ifoda etilishini ta’minlash lozim.
Tо‘rtinchidan. О‘quvchilardagi qobiliyatlarni yuzaga chiqishini kо‘ra bilish va ularni takomillashishi uchun shart-sharoitlar yaratishi zarur.
Har bir о‘qituvchi mashg‘ulotni yuqorida aytilgan talablarga rioya qilgan holda tashkil etsa, ta’limning tarbiyaviy xususiyati maktab о‘kuvchisi shaxsini shakllantirishda asosiy ta’sirchan omil bо‘lishi amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |