1.2. Oʻqituvchilarda notiqlik san’ati va nutq madaniyatini rivojlantirish.
Oʻquvchilarga notiqlik san’ati va nutq madaniyatini shakllantirish omillari, usullari va metodlarini oʻrgatish.
1.3. Oʻqituvchilarda insonparvarlik, Vatanga sadoqatlilik, mehnatsevarlik fazilatlarini, sogʻlom turmush tarzining namunali shaklini hosil qilish. Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi
1.4. Oʻqituvchilarni oʻquvchilarda milliy qadriyatlar, milliy an’analar va urf odatlarga amal qilishishni oʻrgatish usullari. Oila, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi munosabatlar.
1.5.Oʻquvchilarni Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan ulugʻ allomalar va ularning ma’naviy merosdan faxrlanish, gʻururlanish koʻnikmasini hosil qilish.
Markaziy Osiyo mutafakirlarining dunyo ma’naviyati tarixida tutgan o’rni va ahamiyati. Forobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Burxoniddin Margʻinoniy, Motrudiy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Boburlarning ijtimoiy- falsafiy qarashlari. Uchinchi Renesans davriga poydevor qo’yilishi masalasi. Ilmiy va ijodiy Prezident maktablarini tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |