Guliston davlat universiteti matematika kafedrasi «tasdiqlayman»
Download 39.15 Kb.
|
Дастур Малака
- Bu sahifa navigatsiya:
- «TASDIQLAYMAN»
- Taqrizchilar
- Yangi uyg’onish davri(Renosans)”
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA KAFEDRASI
matematika fani oʻqituvchilari malakasini oshirish kursining OʻQUV dasturi Guliston-2020 Tuzuvchilar: X.Norjigitov “Matematika” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi, D.X.Turdiboyev “Matematika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Taqrizchilar: Q.Moʻminov OʻzMU professori, fizika-matematika fanlari doktori. T.Joʻrayev TDPU dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Oʻquv dasturi Guliston davlat universitetining 2020 yil, 23 noyabrdagi № 5 sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. KIRISH Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻg’risida”gi PF-5712- son Farmoni, 2020 yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi PQ-4708 son Farmoni hamda 2020-yil 24-oktyabrdagi “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojini jadallashtirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar toʻg’risida” gi PFL-549/20 son Farmonlarida belgilangan asosiy vazifalar: uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; oʻqitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish; maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional, oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalar oʻrtasidagi yaqin hamkorlikni ta’minlovchi yaxlit tizimni shakllantirish; ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish boʻyicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish; matematika fani boʻyicha kadrlarni, xususan qishloq joylardagi maktablarning kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, matematika fani boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarni takomillashtirish; iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning matematika fani boʻyicha mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini hamda sovrinli oʻrinlarni egallashini ta’minlash; ta’lim berishning onlayn platformasini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, masofadan oʻqitish tizimi samaradorligini oshirish, baholash tizimining shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy qilish; matematika fanini bilish darajasini baholash boʻyicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, oliy ta’limning tegishli yoʻnalishlari va mutaxassisliklarida matematika fani boʻyicha mashg‘ulotlarni koʻpaytirish hamda ta’lim berish sifatini oshirish;
Malaka oshrish kursining oʻquv dasturi quyidagi qismlardan iborat: Download 39.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling